Reja O’zbekiston tarixi predmeti



Download 430,38 Kb.
bet30/98
Sana20.06.2022
Hajmi430,38 Kb.
#683385
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98
Bog'liq
O\'zb Tarix To\'liq Xolmanov

Birinchi farq shundaki, awal ko‘rganimizdek, Oliy Majlisga saylov ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazildi. Har bir saylov okxugi- da 2-3 nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilarga amal- da ana shu nomzodlardan tanlab olish huquqi berildi. Shunday ko‘ppartiyaviylik tamoyili Oliy Majlis ishida ham joriy etildi.
Ikkinchidan, Oliy Majlisga, mahalliy hokimiyat vakillik organ- lariga saylovlami tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi.
Awalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayoni- da ishchilar sinfi, kolxozchi dehqonlar, xalq ziyolilarining o‘mi va soni oldindan belgilab qo‘yilar edi. Buning ustiga, Parlamentda va
Mahalliy Kengashlarda vazifasi bo‘yicha, albatta, deputat bo‘luvchi o'tinlar ham mavjud edi. Keyingi saylovlarda bunday yondashuvdan voz kechildi.
Oliy Majlis deputatlari turli partiya va harakatlaming vakillari- dan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylandi. Respub- lika fuqarolari saylovlarda, eng avvalo, nomzodlaming ijtimoiy kelib chiqishiga emas, aksincha, ulaming ishchanlik va axloqiy sifatlariga, cng muhim dasturlarining mazmun-mohiyatiga katta e'tibor berdilar.
Uchinchidan, Parlamentning kuchi deputatlaming o‘z saylov- chilari bilan kundalik munosabatida, yaqin muloqotida ekanligidan kelib chiqib, Oliy Majlis saylovchilar bilan uzviy aloqada bo‘ldi. Avvalgi Parlamentda bu masalaga uncha ettiboi' berilmagan edi. Ha- yot shuni ko‘rsatdiki, saylovchilar Oliy Majlisda qanday qonunlar muhokama qilinayotgani va qabul etilayotganidan xabardor bo‘lib turishi, deputat esa hayotning eng dolzarb, qaynoq nuqtalarida aho- li bilan birga bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham muhim davlat ahamiyatiga ega masalalar muhokama qilinayotganda Oliy Majlis deputatlari o‘z saylovchilari huzurida boidilar. Masalan, 1996-yil 25-mart kuni 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi «Ros- siya Federatsiyasi Davlat Dumasining 1996-yil 15-martidagi qarori to‘g‘risida»gi masalani ko‘rib, unga o‘z munosabatini bildirdi va: «Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining 1996-yil 15-martida qa- bul qilgan sobiq SSSRni qayta tiklashga qaratilgan qarori muhoka- maga loyiq emas», «Davlatlar ustida tumvchi har qanday tuzilmalar tashkil qilishni nazarda tutadigan integratsiya jarayoni 0‘zbekiston uchun maqbul bo‘la olmaydi», - deb qaror qabul qildi.
Mana shunday o‘ta dolzarb va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ()‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining qarori- ni saylovchilarga tushuntirish uchun har bir deputat o‘z okmgida boidi, mehnatkashlar bilan uchrashdi, ulaming fikr-mulohazalarini o‘rgandi. Xalqning Rossiya davlat Dumasi qaroriga munosaba- li shunday boidiki, 0‘zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyot yoiidan, dono Prezidenti I. Karimov rahnamoligida dadil, sobitqadamlik bi- lan bormoqda, uning mustaqillik yoiidagi ishlariga hech kim to‘siq boimasligi, biron-bir tashqi yoki boshqa kuch xalaqit bermasligi kcrak.
Oliy Majlis faoliyatidagi mana shunday izchillik, yangilik, shub- liasiz, xalqning huquqiy madaniyatini o‘stirish, demokratik ongini yuksaltirish imkonini bera boshladi, islohotlaming izchil va sobitqa- ilamlik bilan amalga oshishiga hamda jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy harqarorlikni ta’minlashga xizmat qila bordi.
Oliy Majlis faoliyatidagi muhim yo‘nalishlardan biri Davlat mu- kofotlarini ta’sis etish bo‘ldi. Ma'lumki, har bir mustaqil davlatning o‘ziga xos davlat ramzlari bo‘lganidek, uning o‘ziga mos mukofotla- ri ham bo‘lishi lozim. Shuning uchun 1995-yil 22-dekabrida birinchi chaqiriq 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida «Davlat mukofotlari to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Bu qonunga ko‘ra, respublika fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, sama- rali, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlanadigan bo‘ldilar. Ayrim hollarda 0‘zbekiston Respublikasi uchun xizmat ko‘rsatgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham 0‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlanishlari mumkin. Davlat mukofotlari Oliy Majlis tomonidan ta’sis etiladi. Mukofotlarga doir nizomlar va ulaming tavsiflari Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Davlat mukofotlari bilan 0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti taqdirlaydi. Davlat mukofotlari guvoh- nomalarining namunalari, mukofotlarga taqdim etish va ulami top- shirish tartibi ham Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
Bir shaxs ayni bir orden, medal yoki Faxriy yorliq bilan qoida tariqasida, bir marta taqdirlanadi. Faxriy unvonlar takroran beril- maydi.
Shaxslami vafotidan keyin ham davlat mukofotlari bilan taqdir- lash mumkin. Fuqarolar navbatdagi mukofotga avval mukofot bilan taqdirlangan vaqtidan keyin kamida 3 yil o‘tganidan keyin taqdim etiladilar. Favqulodda hollarda fuqarolar awal taqdirlangan vaqtidan qat'iy nazar navbatdagi mukofotga taqdim etiladi Davlat mukofotlarining nishonlarini taqib yurish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Mukofotlar bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar hamda pul mukofotini oladilar. Jumladan, 0‘zbekiston Respublikasida Oliy darajadagi mukofot sifatida 1994-yil may oyida «0‘zbekiston Qah- ramoni» unvoni va «01tin Yulduz» medali ta’sis etildi.
Ayni chog‘da 0‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida faollik ko‘rsatgan fuqarolar «Mustaqillik», «Amur Temir», «Buyuk xizmat- lari uchun», «El-yurt hurmati», I-II darajali «Sog‘lom avlod uchun», «Mehnat shuhrati», I-II darajali «Shon-sharaf» va «Do‘stlik» orden- lari, «Jasorat» hamda «Shuhrat» medallari bilan mukofotlanadigan boTdilar.
Shuningdek, quyidagi faxriy unvonlar ham ta’sis etildi: «0‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi»,
«0‘zbekiston Respublikasi fan arbobi»,
«0‘zbekiston Respublikasi xalq artisti»,
«0‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi»,
«0‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi»,
«0‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri»,
«0‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi»,
«0‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi»,
«0‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi»,
«0‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi»,
«0‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo so- hasida xizmat ko‘rsatgan xodim»,
«0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi», «0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist», «0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murab- biysi»,
«0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jumalist», «0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator», «0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ra- tsionalizator»,
«0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsi- yasi xodimi»,
«0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi», «0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xo- dimi»,
«0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor», «0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi», «0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi», «0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saq- lash xodimi»,
«0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi», «0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi», «0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodi-
mi»,
«0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xo- dimi»,
«0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador», «0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist», «0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi»,
«0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» va boshqalar.
Bundan tashqari 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlami rag‘batlantirish va qo‘llab-quwatlash, ulami adabiyot, san’at, fan, la'lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi maxsus farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi.
0‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulida qabul qilingan «Bayram kunlari haqida»gi Qonunga va 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 21-dekabrida qabul qilingan 0‘zbekiston Res- publikasining Mehnat Kodeksini 131-moddasiga muvofiq, 0‘zbe- kiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram (dam olish) kunlari deb belgilandi:
1 yanvar - Yangi yil.


  1. Download 430,38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish