Reja: O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi



Download 226,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana27.04.2020
Hajmi226,75 Kb.
#47569
  1   2   3   4
Bog'liq
20 маъруза



20-

 MAVZU: 

SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI 

 

 

Reja: 

1. O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi.  

2. Sertifikatlash tashkilotlari.  

3. Chetdan keltirilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish. 



1. O’zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi 

«Sertifikatlashtirish»  iborasi  lotincha  so’zidan  olingan  bo’lib,  «to’g’ri 

qilingan»,  ya’ni  to’g’ri  bajarilgan  degan  ma’noni  bildiradi.  Amalda  mahsulot, 

xizmat  yoki  jarayonning  to’g’ri  qilinganligi  (bajarilganligi)  ularning  me’yoriy 

hujjatlarda  belgilangan  talablarga  mos  kelishini  ishlab  chiqaruvchi  va 

iste’molchidan  mustaqil  bo’lgan  uchinchi    tomon  yordamida  tekshirish  orqali 

amalga  oshiriladi.  Me’yoriy  hujjatlar  talablariga  to’liq  mos  keladigan  mahsulot, 

xizmat  yoki  jarayon  sertifikatlashtirishdan  to’siksiz  o’tadi.  Mahsulotdan  tashqari, 

amalda  shu  mahsulotni  ishlab  chiqarayotgan  korxonaning  sifat  tizimlari  ham, 

sertifikatlashtirishdan  o’tkaziladi.  Uning  asosiy  maqsadi  -  ushbu  korxonaning 

me’yoriy  hujjatlar  talablariga  yoki  iste’molchilar  bilan  to’zilgan  bitimlarda 

ko’rsatilgan  talablarga  javob  beradigan  mahsulotni  ishlab  chiqarish  imkoniyatiga 

ishonch hosil qilishdan iborat. Shu boisdan ham korxonalar mahsulotlarining va sifat 

tizimlarining sertifikatlashtirishdan o’tkazilishi milliy mahsulotning jahon bozorida 

raqobatbardoshligini ta’minlash shartlaridan eng asosiysi hisoblanadi. 

Mahsulot,  xizmat,  jarayon  va  boshqa  obyektlarni,  sertifikatlashtirishning 

xuquqiy,  iqtisodiy,  tashkiliy  asoslari  hamda  sertifikatlashtirishda  qatnashuvchi 

tomonlarning xuquqlari, vazifalari va javobgarliklari O’zbekiston Respublikasining 

«Mahsulot  va  xizmatlarni  sertifikatlashtirish  to’g’risida»gi  qonunida  va  O’z  RST 

5.0:1998da (O’z SMT. Asosiy qoidalar) ko’rsatilgan. Sertifikatlashtirish, tekshirish 

va nazorat idoralariga qo’yiladigan talablar, sinov laboratoriyalarini (markazlarini) 

akkreditlash  qoidalari,    O’zbekiston  Respublikasining  akkreditlash  tizimlari 

qoidalari,  sertifikatlashtirishning  asosiy  atama  va  tushunchalari  harakatdagi 

(amaldagi)  milliy standartlarda qo’yilgan sertifikatlashtirish  faoliyati bilan bog’liq 

milliy  standartlarning  indeksidan  (O’z  RST),  keyin  5-raqamidan  boshlanadi. 

Sertifikatlashtirish  bilan  bog’liq  bo’lgan  talablar,  appelyasiyalarni  ko’rib  chiqish, 

sifat  tizimlarini  sertifikatlashtirishdan  o’tkazish  tartiblari  va  shunga  o’xshagan 

proseduralar  O’zbekiston  rahbariy  hujjatlarida  o’z  aksini  topgan.  Raxbariy 

hujjatlarning shartli belgilari indeksidan (O’z RX), keyin 51 raqamidan boshlanadi. 

Sertifikatlashtirish milliy tizimi deganda sertifikatlashtirish bo’yicha o’zining 

boshqaruv  va  ijro  idoralariga  hamda  tartib-qoidalariga  ega  bo’lgan  va  davlat 

miqyosida  amal  qilinadigan  tizim  tushuniladi.  O’zbekiston  Respublikasida  

sertifikatlashtirish milliy tizimi to’liq shakllantirilgan. 

O’zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalari va tartiblari ISO/MEK, 

ISO  xalqaro  standartlari,  EN  45000  yevropa  standartlari,  sertifikatlashtirish  bilan 

shug’ullanadigan boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning mahsus hujjatlarida 

ko’rsatilgan  xalqaro  me’yorlar  va  qoidalar  bilan  uyg’unlashtirilgan.  Bu  esa 

sertifikatlashtirish  organlari  tomonidan  berilgan  muvofiqlik  sertifikatlarini  va 




belgilarini chet ellarda tan olishni ta’minlaydi. O’zbekiston sertifikatlashtirish milliy 

tizimi  qoidalari  va  «Mahsulot  va  xizmatlarni  sertifikatlashtirish  to’g’risida»gi 

qonun, milliy mahsulotlardan tashqari, chet eldan keltiriladigan mahsulotlarga ham 

tegishlidir. 

Sertifikatlashtirish  tizimining  asosiy  maqsadi  sertifikatlashtirish  sohasidagi 

asosiy 


atama 

va 


tushunchalarning 

asosiy 


mazmunini, 

respublikada 

sertifikatlashtirish jarayonini o’tkazishning tartib va qoidalarini belgilashdan iborat. 

Shu  boisdan  ham  sertifikatlashtirish  milliy  tizimining  asosiy  masalalari 

quyidagilardan iborat: 

-  sertifikatlashtirish  faoliyatida  ishlatiladigan  va  me’yoriy  hujjatlarda 

qo’llaniladigan  asosiy  atama  va  tushunchalarning  nomlarini  va  mazmunini 

belgilash; 

-  bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishning umumiy qoida va tartiblarini 

belgilash; 

-  sertifikatlashtirish uchun sinovlarni o’tkazish qoida va tartiblarini aniqlash; 

-  sertifikatlashtirish jarayonida qo’llaniladigan me’yoriy va rahbariy hujjatlarni 

belgilash; 

-  bir  turdagi  mahsulotlarni  sertifikatlashtirish  bo’yicha  idoralarni,  sinov 

laboratoriyalarini (markazlarini) akkreditlash qoidalarini o’rnatish; 

-  sertifikatlashtirish qatnashchilarining  davlat boshqaruv idoralari bilan o’zaro 

hamkorlik qilishini tashkil etish. 

Mahsulot  va  xizmatlarni  sertifikatlashtirish  O’zbekiston  sertifikatlashtirish 

milliy  tizimining  doirasida  amalga  oshiriladi.  Sertifikatlashtirish  mahsulotlar, 

jarayonlar va xizmatlarning me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini ta’minlashi 

kerak.    Sertifikatlashtirish  jarayonining  maqsadiga  faqat  shu  orqali  erishiladi. 

Ma’lumki, sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi inson hayoti va sog’lig’ini, atrof-

muhitni  turli  zararli  ta’sirlardan  saqlash  hamda  tovarlar  o’zaro  almashuvini  va 

muvofiqligi bo’yicha iste’molchilar manfaatini himoya qilish, xalqaro tijorat (savdo-

sotiq) ishlarida to’siqlarni bartaraf etish va milliy mahsulotning raqobatbardoshligini 

oshirishdan iborat. 

Qo’yilgan  maqsadga  erishish  uchun  sertifikatlashtirish  faoliyati  quyidagi 

asosiy vazifalarni hal qilishga yo’naltiriladi: 

-  inson hayoti va sog’lig’i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki, atrof-

muhit  uchun  xavfli  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  va  sotish  ustidan  qat’iy 

nazorat o’rnatish; 

-  jahon bozorida milliy mahsulot raqobatbardoshligini oshirish; 

-  milliy va qo’shma korxonalar hamda tadbirkorlarning xalqaro iqtisodiy, ilmiy-

texnikaviy hamkorligida va xalqaro tijorat (savdo-sotiq) ishlarida qatnashishi 

uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratish; 

-  iste’molchini 

mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  (sotuvchi,  bajaruvchi) 

vijdonsizligidan (noinsofsizligidan) himoya qilish; 

-  iste’molchilar  talabnomalarida  ko’rsatilgan  talablarni  mahsulot  sifati  orqali 

ta’minlash. 

Sertifikatlashtirishning  yuqorida  ko’rib  chiqilgan  maqsad  va  vazifalari 

birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlariga tegishlidir. 




O’zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 

-  sertifikatlashtirish obyekti hakidagi axborotning ishonchliligini va belgilangan 

darajadagi aniqligini ta’minlashga; 

-  sinov laboratoriyalarining (markazlarining) tayyorlovchi va iste’molchilardan 

mustaqilligiga; 

-  chet  el  iste’molchilariga  (so’rovchilariga)  nisbatan  kamsitishlarni  umuman 

bartaraf qilishga; 

-  arizachining  sertifikatlashtirish  idoralarini  va  sinov  laboratoriyalarini 

o’zlarining hohishiga ko’ra tanlashining xuquqi borligiga; 

-  sertifikatlashtirish tomonlarining va ekspert- auditorlarning noto’g’ri harakati 

uchun qonun oldida  

-  javobgarligiga; 

-  sertifikatlashtirish natijalari, uni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning o’ziga 

xos  xususiyatlariga  bog’liq  sinash  usullarining  xilma-xilligiga  va  aniqlik 

darajalariga (malakaviyligiga); 

-  sertifikatlashtirish  faoliyatida  ISO/MEK  tavsiyanomalari  va  qoidalaridan  va 

boshqa xalqaro hujjatlardan foydalanishga; 

-  O’zbekiston  Respublikasi  ishtiroqidagi  turli  kelishuvlar  va  bitimlar  asosida 

sertifikatlashtirish  bo’yicha  chet  el  idoralari  va  sinov  laboratoriyalarini 

akkreditlashga, ularning sertifikatlarini va muvofiqlik belgilarini tan olishga; 

-  tijorat siri bilan bog’liq axborotning maxfiyligiga rioya qilishga; 

-  kerak 

bo’lgan  vaqtlarda  sertifikatlashtirish  ishlariga  iste’molchilar 

jamiyatlarini jalb qilishga. 

Yuqorida ko’rsatilgan talab tamoyillariga amal qilgan holda sertifikatlashtirish 

faoliyatini olib borish O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan savdo-

sotiq ishlarining rivojlantirish garovi hisoblanadi. 

Sertifikatlashtirish bo’yicha ham standartlashtirilgan atamalar mavjud bo’lib, 

ular  ham  ilmiy,  texnikaviy,  o’quv  va  ma’lumotnoma  adabiyotlarida  aynan 

ishlatilishlari  zarur,  ularning  o’rniga  sinonimlarini  ishlatish  taqiqlanadi.  Shu  bilan 

birga ishlab chiqarish uchun mutaxassislarni tayyorlashda ta’lim sohasiga mansub 

boshqa  atamalarning  ham  ishlatilishi  mumkin.  O’zbekiston  Respublikasining 

sertifikatlashtirish milliy tizimida aynan qo’llanishi zarur bo’lgan atama va ta’riflar 

amaldagi  respublika  standartida  (O’zRST  5.5-93  O’zbekiston  Respublikasining 

sertifikatlashtirish milliy tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar) ko’rsatilgan. 

Atamalarning  mazmuni  talabalar  tomonidan  tez  va  chuqur  o’rganilishini 

ta’minlash  maqsadida  ularni  guruhlarga  bo’lib,  bir-birlari  bilan  bog’langan  holda 

ko’rib chiqilgan. 

Ushbu  fanning  standartlashtirish  bo’limida    ta’kidlanganidek,  standart  va 

standartlashtirish bo’yicha  me’yoriy  hujjatlarga qat’iy rioya qilingan tarzda ishlab 

chiqilgan  mahsulot  (xizmat)  ichki  va  tashqi  bozorda  raqobatbardosh  bo’la  oladi. 

Mahsulot,  jarayon  yoki  xizmatga  belgilangan  barcha  talablarga  rioya  qilish 

muvofiqlik deb ataladi. 

Berilgan  mahsulot,  jarayon  yoki  xizmatning  ma’lum  standartga  yoki  boshqa 

me’yoriy  xujjatlarga  mos  kelishini  yetarli  darajada  isbotlaydigan  uchinchi 

tomonning  faoliyatiga  muvofiqlikni  sertifikatlashtirish  deyiladi.  Muvofiqlikni 




sertifikatlashtirish faoliyatini o’tkazish uchun o’z tartibi va boshqarish qoidalariga 

ega  bo’lgan  tizim  esa  sertifikatlashtirish  tizimi  deb  ataladi.  Sertifikatlashtirish 

faoliyatini o’tkazish va boshqarish bo’yicha talab va qoidalar me’yoriy hujjatlarda 

belgilanadi. 

O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy 

ravishda amalga oshiriladi. Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish 

vakolatiga ega bo’lgan idora tomonidan mahsulot (xizmat)ning standartlardagi 

majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlashni tushunish kerak. 

Mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish tartibi «Mahsulotlar va 

xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining 

qonuniga asosan ishlab chiqilgan. Qonun  Xavfsizligini tasdiqlash talab etiladigan 

tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini, O’zbekiston Respublikasi 

hududiga keltirish va ularni tashqariga chiqarish qoidalarini belgilaydi. Majburiy 

sertifikatlashtirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 

bilan tasdiqlanadi.  


Download 226,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish