3. Iqtisodiyot tarmoqlari, binolari, inshoatlari va qurilish materiallarining yong‘inga
qarshi bardoshlilik darajalari.
Agar iqtisodiyot tarmoqlarini, binolarni, inshoatlarni va sanoat korxonalarini loyihalash va
qurishda, unda bajariladigan ishlarning mohiyatidan kelib chiqadigan talablardan, unga texnik
mustahkamlik, sanitariya-gigienia va iqtisodiy talablardan tashqari, unga yong'in xavfi va
yong'inga qarshi tura olish talablari ham qo'yiladi.
QMQ 2.01.02-92 ga asosan hamma qurilish konstruksiyalari yonishi bo'yicha uch guruhga
bo'linadi.
Yonmaydigan konstruksiyalar—bularga katta harorat ta'sirida yoki alanga ta'sirida yonib,
kulga yoki ko'mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari kiradi (masalan, metall
konstruksiyalar va mineral materiallar).
Qiyin yonadigan konstruksiyalar—bunga katta harorat yoki ku-chli alanga doimiy ta'sir
etganda tutab yonadigan, alanga ta'siri yo'qolishi bilan uchadigan sanoat konstruksiyalari kiradi
(o'tga qarshi vositalar bilan ishlov berilgan yog'och konstalksiyalar va sanoat chiqindilardan
tayyorlangan—yarim organik va yarim mineral moddalardan tayyorlangan konstruksiyalar).
Yonadigan konstruksiyalar—bularga alanga yoki katta harorat yondiruvchi vosita bo'lib,
keyin alanga olib ketilgandan keyin ham yonishda davom etadigan sanoat konstruksiyalari kiradi
(yog'och materiallar, qurilishda ishlatiladigan turli-tuman plastmassa materiallari).
Bino qurilishida ishlatiladigan qurilish konstruksiyalarining yong'inga chidamliligini yoki
yonishi ularning qanday materialdan tayyorlanganligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Ammo
ba'zi bir hollardan konstruksiyalarning o'tga chidamligiga uning tarkibiga kiradigan
materiallarning o'tga chidamligiga nisbatan ko'proq bo'lishi mumkin (Masalan, issiq saqlovchi
izolatsiya vositalarini metall tunuka bilan qoplab, uning o'tga chidamligini oshirish mumkin).
Yong'in sharoitida qurilish konstmksiyalariga katta harorat ta'siridan tashqari boshqa kuchlar
ham ta'sir ko'rsatadi. Masalan, konstruksiyaning o'z og'irligi, u ko'tarib turgan umumiy og'irlikdan
tashqari yana qo'shimcha statik va dinamik kuchlar ta'sir ko'rsatishi mumkin, bu sochilayotgan
suvning, yig'ilayotgan va bosim tushayotgan bino qismlarining og'irligi va hokazo. Shuning uchun
ham bunday kuchlar ta'sirida konstruksiyalar egilishi, buqilishi va mustahkamligini yo'qotib,
ko'tarish qobiliyatiga putur etishi mumkin.
Bundan tashqari, yong'in vaqtida qurilish konstruksiyalari xavfli darajadagi katta haroratda
qizishi, erib yoki kuyib ketishi, shuningdek, yoriqlar hosil bo'lishi mumkin, bu yoriqlar orqali
yong'inning qo'shni xonalarga tarqalish xavfi kuchayib ketadi. Shuning uchun ham sanoat
konstruksiyalarining ma'lum muddat o'tga chidash berish holatlari belgilanadi va bu ishlatish
imkoniyati sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |