ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalangan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy
demokratik jamiyat qurish yo’lidagi murakkab va keng ko’lamli vazifalarni
hal etishga qodir bo’lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim
prinsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega”. Demak, konstitutsiya – kadrlar
tayyorlash milliy dasturining huquqiy asosi.
Har bir davlatning kuch – qudrati, taraqqiyoti ijtimoiy – iqtisodiy faktorlari
bilan bir qatorda aholisining, xususan, ziyoli qatlamining intellektual
imkoniyatlariga, tafakkur darajasiga bog‘liq. SHuning uchun ham davlat
mustaqilligining dastlabki yilidanoq yangicha, istiqloliy taffakurga ega bo‘lgan
milliy kadrlar tayyorlash masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Milliy, ijtimoiy – siyosiy faol, yuksak aql – zakovatli ziyolilar masalasi har bir jamiyatda, har bir zamonda dolzarb vazifa bo‘lib kelgan. Lekin O‘zbekiston mustaqilligi uni tamoman yangicha sifat, mazmun darajasida talab qildi. Zero, sovetcha ma‘muriy –
buyruqbozlik andozasidagi kadrlar nomenklaturasi O‘zbekiston mustaqilligining
ham, milliy davlatchiligimizning ham ijtimoiy tabiatiga, maqsad mohiyatiga zid
edi. Totalitarizmga, ulug‘ davlatchilikka asoslangan tuzum hech qachon kadrlar
siyosatini milliy manfaatlari yo‘nalishida qo‘ymasligi endi har bir ziyoliga
ma‘lum. Ana shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqilligi milliy kadr masalasini
davlat siyosati darajasida hal qilish vazifasini qo‘ydi. SHu munosabat bilan
prezident I.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997) “jamiyatni ma’naviy
jihatdan yangilamay turib respublika fuqarolarining yangi avlodini
voyaga yetkazmay turib, erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalamay turib, farovon, qudratli demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyat sari
ildamlab bo’lmaydi”, - deb ta‘kidlagan edilar. Milliy kadrlar tayyorlash borasida
1997 yilga kelib tub o‘zgarishlar qilindi.
Albatta, o‘tgan yillarda bu borada muhim tadbirlar, islohotlar amalga oshirilgan
bo‘lsada, ular vaqtinchalik o‘tish davriga mo‘ljallangan edi. Davlatning ―Ta‘lim
to‘g‘risida‖, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida‖ qonunlari kadrlar
tayyorlashning huquqiy asosi bo‘lishi bilan birga, uning milliy modelini, amalga
oshirish mexanizmini ham yaratdi. Mazkur xujjatlarni tayyorlash va hayotga tadbiq
etishda prezident I.Karimov tashkilotchi va ilxomchi bo‘ldi. Mustaqillikning
o‘tgan yillarida u kishining asar va maqolalarida yoshlar, ularning ta‘limi, tarbiyasi
muammosiga ko‘plab marta murojaat qilinganligini ko‘ramiz. ―Kadrlar tayyorash
milliy dasturi‖ o‘sha xalq ta‘limi to‘g‘risidagi g‘oyalar, demokratik islohotlarning
yangi, yaxlit ifodasi edi. O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida inson, uning ma‘naviy dunyosi, ijtimoiy – siyosiy faolligi masalasi dolzarblashdi. CHunki bu davrda davlatni, jamiyatni rivojlantirishning, mustahkamlashning birinchi faktori intellektual boylik
hisoblanadi. Istiqlol boshqa jamiyatlardan o‘zining shu sifati bilan farq qiladi.
Istiqlol beparvolik, loqaydlik, xudbinlik kabi holatlarga toqat qila olmaydi.
Prezident I.Karimov istiqlolning birinchi yilidayoq O‘zbekiston kelajagi buyuk
davlat deganda eng avval millatning ma‘naviy omilini nazarda tutgan edi. Xuddi
shu g‘oyani ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da ham ko‘ramiz. Uning markazida
shaxs, komil inson muammosi turadi. Zero, komil inson jamiyatni
harakatlantiruvchi yakkayu - yagona kuchdir. SHunday ekan shu kuchning o‘zini
yaxshilash, uni hozirgi zamon ilg‘or fan, texnikasi yutuqlari bilan qurollantirish,
ijtimoiy – siyosiy jihatdan chiniqtirish ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ning
uzoq muddatga mo‘ljallangan asosiy maqsadidir.
Har bir davlatning kuch – qudrati, taraqqiyoti ijtimoiy – iqtisodiy... faktorlari
bilan bir qatorda aholisining, xususan, ziyoli qatlamining intellektual
imkoniyatlariga, tafakkur qobiliyati va ma‘naviylik darajasiga bog‘liq.
Milliy, ijtimoiy – siyosiy faol, yuksak aql – zakovatli ziyolilar masalasi har bir
jamiyatda, har bir zamonda dolzarb masala bo‘lib kelgan. Lekin O‘zbekiston
mustaqilligi uni tamoman yangicha sifat, mazmun darajasida talab qildi. Ana
shuning uchun O‘zbekiston mutaqilligi mamlakatda milliy kadrlar masalasi davlat
siyosati darajasida hal qilish vazifasini qo‘ydi.
Biz professor – o‘qituvchilar shuni hech qachon unutmasligimiz kerakki,
oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati
tug‘ilmasin, gap oxir – oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqaladi,
taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz
mamlakatimizning kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda,
qanday kadrlar tayyorlashimizga bog‘liq.O‘zbekistonda ta‘lim sohasida olib borilayotgan
islohotlarni jahon miqyosida targ‘ib etish, bu borada jahon amaliyotidan
foydalanish va xalqaro hamjamiyat bilan bu borada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
maqsadida 2012 yil 16-17 fevral kunlari Toshkentda ―YUksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash
– mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim
sharti‖ mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada e‘tirof
etilganidek, mamlakatimizda 12 yillik majburiy bepul ta‘lim olish hamda
muhtaram Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, O‘zbekistonda ta‘lim sohasini
rivojlantirish va isloh etishga yo‘naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki
mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu tizimning Davlat byudjeti
xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortig‘ni tashkil etishi o‘z-o‘zidan mazkur sohaga
qaratilayotgan ulkan e‘tiborning yaqqol tasdig‘i hisoblanadi.
SHu ma‘noda Navoiy viloyatida oliy ta‘limning shakllanishi va rivojlanishi
tarixi masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27
yanvardagi PF-356-sonli farmoniga binoan Navoiy davlat konchilik instituti va
Navoiy davlat pedagogika instituti tashkil etildi.
Hozirgi kunda ushbu oliy o‘quv yurtlari nafaqat viloyat balki, respublika
uchun zarur malkali mutaxassislar tayyorlab, mamlakat kadrlarini safini
kengaytirib bormoqda. SHuningdek, ushbu oliygohlar xalqaro miqyosda ham
aloqlarni kengatirib bormoqdalar.
Maktabgacha pedagogika fanining maqsadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |