Reja: O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati Tashqi tasirlarga qaratilgan davlat siyosati


Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar



Download 47,23 Kb.
bet6/11
Sana26.04.2022
Hajmi47,23 Kb.
#582947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati

Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalarTashqi ta’sirga javoban xatti-harakatni tartibga solish o`rniga, davlat ijtimoiy samaradorlik bilan xususiy rag`batlantirishlarni moslashtirishda bozorga asoslangan siyosatdan foydalanishi mumkin. Masalan, biz avval ko`rganimizdek, hukumat salbiy tashqi ta’siri bor faoliyatni soliqqa tortish va ijobiy tashqi ta’siri bor faoliyatni subsidiya qilish orqali tashqi ta’sirlarni o`zlashtirishi mumkin. Salbiy tashqi ta'sirlar bilan shug`ullanish uchun kuchga kirgan soliqlar tuzatuvchi soliqlar deyiladi. Ular, shuningdek, ulardan foydalanish tarafdori bo`lgan iqtisodchi Artur Pigu (1877-1959) nomiga Pigu soliqlari deb ham yuritiladi. Ideal tuzatuvchi soliq salbiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi harajatlariga teng bo`ladi va ideal tuzatuvchi subsidiya ijobiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi foydasiga teng bo`ladi.Iqtisodchilar odatda ifloslanishni bartaraf qilish yo`li sifatida tuzatuvchi soliqlarni afzal ko`rishadi, chunki ular jamiyat uchun kam harajatda ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Nima uchunligini ko`rish uchun, keling bir misolni ko`rib chiqaylik.Faraz qilaylik, ikkita korxona – qog`oz ishlab chiqaruvchi va po`lat ishlab chiqaruvchi, har yili bir daryoga 500 tonna chiqindi chiqaradi. EPA bu ifloslanish darajasini kamaytirishni xohlaydi. U ikki yechimni ko`rib chiqadi:
Tartibga solish: EPA ifloslanishini kamaytirish uchun har bir zavodga yiliga 300 tonna chiqindi chiqarishini aytishi mumkin.Tuzatuvchi soliq: EPAhar bir zavod chiqaradigan chiqindining har bir tonnasi uchun so`m50,000 dan soliq undirishi mumkin.
Tartibga solish ifloslanish darajasini belgilaydi, soliq esa ifloslanishni kamaytirish uchun zavod egalariga qaratilgan iqtisodiy tayanch bo`ladi. Qaysi yechimni yaxshiroq deb, o`ylaysiz?Ko`pchilik iqtisodchilar soliqni afzal ko`radi. Bu afzallikni tushuntirish uchun, ular birinchi soliq ifloslanish umumiy darajasini kamaytirishda tartibga solish kabi samarali ekanligiga ishora qilishadi. EPA tegishli darajada soliq joriy etish orqali o`zi istagan ifloslanish darajasiga erishishi mumkin. Soliq qancha yuqori bo`lsa, ifloslanishni kamaytirish shuncha katta bo`ladi. Soliq yetarlicha yuqori bo`lsa, fabrikalar ifloslanishi nolga tushirib umuman zavodni yopadilar.Tartibga solish va tuzatuvchi soliqlar ifloslanishni kamaytirishga qodir bo`lsa-da, soliq bu vazifani yanada samaraliroq amalga oshiradi. Tartibga solish har bir zavoddan bir xil miqdorda ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Ammo teng kamaytirish suvni tozalash uchun arzon yo`l emas. Qog`oz zavodi po`lat zavoddan ko`ra ancha past harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Agar shunday bo`lsa, qog`oz zavodi soliq to`lashning oldini olish uchun ifloslanishni katta miqdorda kamaytirishi mumkin, po`lat zavodi ifloslanishni kamaytirishga kam harakat qilib, soliqni to`lab qo`ya qoladi.Odatda, tuzatuvchi soliq ifloslantirishga narx qo`yadi. Bozorlar tovarlarni eng yuqori baholaydigan xaridorlarga sotgani kabi, tuzatuvchi soliq ham ifloslanishni kamaytirishda eng yuqori narxga ko`nadigan fabrikalar ifloslantirish stavkalarini ajratadi. EPA qaysi ifloslanish darajasini tanlashidan qat’iy nazar, u soliq yordamida eng past umumiy harajat bilan bu maqsadga erishishi mumkin.Iqtisodchilar tuzatuvchi soliqlar atrof-muhit uchun ham yaxshiroqdir deb aytishadi. Buyruq-va-nazorat tartibga solish siyosati ostida, fabrikalar uchun ular 300 tonna chiqindidan boshqa yana chiqindi chiqarishni kamaytirish uchun hech qanday sabab yo`q. Aksincha, soliq fabrikalarni toza texnologiyalarni rivojlantirishga undaydi, chunki toza texnologiya zavod to`lashi kerak soliq miqdorini kamaytiradi.Tuzatuvchi soliqlar boshqa soliqlardan farq qiladi. muhokama qilinganidek, aksariyat soliqlar rag`batlantirishni buzadi va resurslar taqsimotini ​​ijtimoiy maqbul darajadan uzoqlashtirib yuboradi. iqtisodiy farovonlikdagi kamayishi, ya’ni iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligida, hukumat ko`taradigan daromadlar miqdoridan oshib ketadi, natijada yo`qotishlarga sabab bo`ladi. Aksincha, tashqi ta’sirlar mavjud paytda, jamiyat ham zarar ko`rgan boshqa odamlar farovonligi haqida ham qayg`uradi. Tuzatuvchisoliqlar tashqi ta’sirlar borligini hisobga olib, natijada resurslarni taqsimoti ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashishini ta’minlaydi. Shunday qilib, tuzatuvchi soliqlar hukumat uchun daromad oshirish bilan bir vaqtda, ular iqtisodiy samaradorlikni ham oshiradi. Ko`p mamlakatlarda, benzin eng og`ir soliqqa tortiladigan tovarlardan biridir. Gaz solig`i avtomobil bilan bog`liq uch salbiy tashqi ta’sirga qaratilgan tuzatuvchi soliq sifatida ko`rilishi mumkin:
Tirbandlik: siz hech bir yuzma-yuz tirbandlikda bo`lgan bo`lsangiz, siz ehtimol yo`lda kam mashina bo`lishini istagansiz. Benzin solig`i odamlarni jamoat transportidan foydalanish va ishga yaqin joyda yashashga undab tirbandlikni kamaytiradi.Baxtsiz hodisalar: odamlar katta avtomobil yoki sport-kommunal xizmat transport vositalarini sotib olganda, o`zlarini xavfsizroq qilishi mumkin, lekin ular qo`shnilarini xavf ostiga qo`yadi. Milliy Avtomobil Yo`l Xavfsizligi Boshqarmasi (National Highway Traffic Safety Administration) ma’lumotiga ko`ra, boshqa mashinaga urilgandan ko`ra, sport-kommunal xizmat avtomobiliga urilganda, odatda, oddiy mashina haydovchilari vafot etishi ehtimoli besh marta ko`p bo`ladi. Gaz solig`i odamlarni katta, gaz-yoqilg`isidan foydalanqan transport vositalari boshqalarga xavf solganda to`lashga majbur qilishning bilvosita yo`lidir, bu esa o`z navbatida ularni qanday avtomobil sotib olishni tanlashda ushbu xavfni ham hisobga olishga undaydi.
Ifloslanish: benzinga o`xshash yoqilg`ilarni yoqish global isishi sababi deb ko`pchilik ishonadi. Mutaxassislar bu tahdid unchalik xavfli emasligini ta’kidlashsa-da, lekin gaz solig`i benzindan foydalanishni kamaytirib xavfni shubhasiz kamaytiradi.Shunday qilib, gaz solig`i ko`pchilik soliqlar kabi ijtimoiy zarar o`rniga, yaxshi iqtisodiyotni tashkil qiladi. Bu kam tirbandlik, xavfsiz yo`llar va toza muhitni anglatadi.Benzinga soliq qanchalik yuqori bo`lishi kerak? Ko`pchilik Yevropa davlatlari, Qo`shma Shtatlarga qaraganda ancha yuqori benzin soliqlarini kiritadi. Ko`pchilik kuzatuvchilar Amerika Qo`shma Shtatlari ham og`irroq benzin solig`ini joriy qilishni taklif qilgan. Iqtisodiy adabiyot jurnalida chop etilgan, 2007-yilgi izlanish avtomobil bilan bog`liq turli tashqi ta’sir miqdori bo`yicha tadqiqotlarni xulosa qiladi. Xulosaga ko`ra, benzinga maqbul tuzatuvchi soliq bir bochkaga so`m2.10 edi, Qo`shma Shtatlarda esa amaldagi soliq 40 sent bo`lgan.Benzin solig`idan keladigan soliq daromadi rag`batlantirishlarni buzadigan va ijtimoiy yo`qotishlarga olib keladigan soliqlarni pasaytirish uchun foydalanish mumkin. Bundan tashqari, yanada tejamkor avtomobil ishlab chiqarishni talab qiladigan og`ir hukumat qoidalari keraksizday edi. Ammo bu fikr siyosiy jihatdan hech qachon mashhur bo`lmadi.

Download 47,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish