Reja: O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning rivojlanishi



Download 267,03 Kb.
bet1/7
Sana25.03.2022
Hajmi267,03 Kb.
#510519
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7- mavzu. Ozbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari





REJA:

1. O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning rivojlanishi.

2. Milliy pul tizimi elementlarining shakllanishi.

3.Milliy valyuta sumning muomalaga kiritilishi.

4.Milliy valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar.

5.Pul tizimi barqarorligini ta’minlash yo‘llari.




7- mavzu. O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari



1.O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning rivojlanishi.



U

zoq yillar mobaynida o’zgarishsiz qoldirilgan, eskirgan va samarasiz bo’lib qolgan iqtisodiy mexanizm ta’sirida 1980-yillarning oxirida shakllangan holat va sobiq Ittifoq hukumati tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning samarasizligi ham vaziyatni yanada murakkablashtirar edi.


Xususan, 1986 yilda boshlangan xalq xo’jaligini qayta qurish mexanizmi mustahkam asosga ega emas, uning mazmun-mohiyati azaldan tushunarli bo’lmagan holda rasman mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sur’atlarini oshirishga qaratilgan edi, xolos.
Natijada, sobiq Ittifoqning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari pasayib, 1989 yilning boshida davlat byudjetining daromad va xarajatlari nomutanosibligi (taqchilligi) 140 mlrd. rublni tashkil etgan va pul emissiyasi miqdori maqbul darajadan ancha yuqorilab ketgan edi, aholining pul shaklidagi jamg’armalari tovarlar zaxiralariga nisbatan 5 baravardan ortiqni tashkil etar edi.
Oqibatda 1989-1991 yillarda ko’plab mahsulotlarning narxlari osha boshladi, inflyatsiya jarayonlari kuchaydi, sanoat va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish hajmlari qisqardi. Nomutanosibliklar yanada chuqurlashgan holda to’lovga qobiliyatli talabning taklif bilan ta’minlanishi darajasi tobora pasayib, aholi real daromadlarining o’sishi to’xtagan, turg’unlik yanada yaqqol namoyon bo’la boshlagan edi.
Qator tashqi va ichki omillar ta’sirida vujudga kelgan makroiqtisodiy beqarorlikning o’sishiga barham berishning iloji bo’lmadi. Agar 1985-1988 yillarda O’zbekiston YaIM o’sishi o’rtacha 5,2 foiz bo’lgan bo’lsa, 1989-1991 yillarda ushbu ko’rsatkich o’rtacha 1,6 foizni tashkil qildi. 1992 yildan esa turli omillar ta’sirida YaIMning kamayishi kuzatila boshlandi.
Xususan, 1992 yilda O’zbekiston YaIM pasayishining eng katta ko’rsatkichi (11,1 foiz) qayd etildi. Lekin, mamlakat rahbariyatining oqilona va samarali iqtisodiy siyosati natijasida keyingi uch yilda, ya’ni 1993-1995 yillarda respublikada YaIM ning keskin kamayish tendentsiyasi jilovlandi. Masalan, ushbu davr mobaynida YaIM Rossiyada 39, Ukrainada 40, Qozog’istonda 43, Qirg’izistonda 48 foizga kamaygan bir sharoitda, respublikada ushbu kamayish bor-yo’g’i 7,8 foiz darajasida edi1.
Hukumatning o’tish davridagi dastlabki qadamlari markazlashtirilgan rejalashtirishga asoslangan boshqarish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechishda, xususiylashtirish va narxlarni erkinlashtirish jarayonlarida o’z aksini topdi. Bunda, bir tomondan, strategik va hayot uchun zarur mahsulotlar narxlari, ish haqi, ichki va tashqi bitimlar hamda savdo faoliyati nazorat qilingan bo’lsa, ikkinchi tomondan, qolgan boshqa tovarlar narxlari erkinlashtirildi, xo’jalik yuritish bozor tizimining institutsional va huquqiy asoslarini yaratish ustida ulkan ishlar olib borildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida muayyan ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar va nomutanosibliklar yuzaga kelgan edi.
Jumladan, narxlar nomutanosibligi xomashyo va qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarining pasayganligida hamda yakuniy mahsulotlar va iste’mol mollari narxlarining oshganligida namoyon bo’ldi. Aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida ayrim tovarlarga narxlar belgilash tartibining saqlanganligi ushbu nomutanosiblikning yuzaga kelishining sabablaridan biri bo’ldi. Chunki, ayrim tovarlarga cheklangan narxlarning saqlanishi katta miqdordagi byudjet mablag’larini talab qilar edi.
Bu kabi hal etilishi muayyan vaqt, tuzilmaviy islohotlar va katta mablag’lar talab qiluvchi muammolarni bartaraf etishda mamlakatimiz Prezidentining vazminlik va vaziyatni puxta o’rganib chiqqan holda qaror qabul qilishlari o’zining ijobiy natijalarini berdi.
Iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich, izchil ravishda o’tkazish O’zbekistonga MDH dagi boshqa mamlakatlardagiga nisbatan xo’jalik sharoitlarining keskin yomonlashib ketishiga yo’l qo’ymaslik imkonini berdi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida milliy valyuta «so’m» muomalaga kiritilgunga qadar rejali iqtisodiyot yillarida to’planib qolgan yashirin makroiqtisodiy beqarorlikning o’sishi, afsuski, ob’ektiv ravishda davom etdi.
Shu bilan birga, O’zbekiston Prezidenti belgilab bergan o’tish tamoyillariga muvofiq holda davlat buyurtmalari va subsidiyalarning boshqa mamlakatlardan farqli ravishda ehtiyotkorona va bosqichma-bosqich bekor qilinishi bilan birga, ko’pgina tarmoqlar va sohalarda markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va nazoratning saqlab turilganligi islohotlar muvaffaqiyatining muhim omili bo’ldi. Bunday maqbul iqtisodiy siyosat yosh mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiy o’pirilishlarning oldini olishga yordam berdi.
1991-1993 yillarda inflyatsiya darajasi ancha yuqori bo’lib turdi, bu, avvalo, MDH ning iqtisodiy makoni doirasidagi tashqi omillar bilan, shuningdek, byudjetdagi engil cheklashlar sharoitida ichki narxlarning erkinlashtirilishi bilan bog’liq edi.
Shuni qayd etish lozimki, MDH mamlakatlarining hukumatlari hamda ularning markaziy banklari, o’z davlatlari ichida o’zaro muvofiqlashmagan moliyaviy tadbirlarni amalga oshirish bilai, sobiq Ittifoqning butun hududida ko’chib yuradigan inflyatsiya tendentsiyalarining yuzaga kelishiga sababchi bo’ldi.
Bundan tashqarn, 1991 yilning aprelida amalga oshirilgan 50 va 100 rubllik qog’oz pullarning almashtirilish kampaniyasi inflyatsiya darajasining yanada oshishiga qo’shimcha omil bo’lgan edi.
Mustaqillikka erishilgandan keyingi dastlabki bosqichda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo’jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, samarali va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish, aholida yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish kabi yo’nalishlar iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi strategik maqsadlar sifatida belgilangan edi.
Ushbu bosqichning murakkabligi shundan iborat ediki, bunda ikki muhim vazifani birdaniga hal etish lozim edi. Bularning birinchisi ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og’ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish bo’lsa, ikkinchisi respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish edi.
Prezidentimiz iqtisodiy islohotlar va makroiqtisodiy beqarorlik sharoitida mustaqillikning dastlabki yilidan boshlab aholini ijtimoiy muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratdi va yangilanishlarning har bir chora-tadbirini belgilashda ushbu omilni qat’iy inobatga oldi.
Narx islohotlarini izchil davom ettirish tadbirlari doirasida 1992 yil 10 yanvardan boshlab respublikada ishlab chiqarish-texnik maqsadidagi mollarga, xalq iste’mol mollariga, ishlar va xizmatlarga nisbatan asosan shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarga o’tildi. Respublika hukumati aholini himoya qilish maqsadida, ba’zi sanoat mollariga narxlar va aholiga ko’rsatiladigan xizmatlarning ayrim turlariga tariflarning cheklab qo’yilgan miqdorlarini belgiladi.
Ishlab chiqaruvchilarga donni import qilish, non, un va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlarning bir qismi, shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalarining maktab o’quvchilari va talabalarga bepul nonushtalar berish hamda imtiyozli ovqatlantirishi yuzasidan vujudga keladigan xarajatlar respublika byudjetidan qoplanadigan bo’ldn. Bu chakana narxlarni 1992 yil davomida ushlab turishga yordam berdi.
1993 yilda narxlarning keskin o’sishi, muomaladagi pul miqdori va kredit mablag’lari hajmining jadal ko’payishi, korxonalarning keng miqyosdagi subsidiyalar bilan ta’minlanishi yagona rubl zonasining barbod bo’lishini tezlashtirdi.
Respublikada uning o’z moliya tizimini barpo etish jarayoni bilan bir qatorda, Ittifoq byudjetidan ajratmalarning to’xtatilishi, shuningdek byudjetdan dotatsiyalar va ajratmalarga xarajatlarning oshishi natijasida yuzaga kelgan davlat byudjeti taqchilligining o’sishi ham sodir bo’ldi.
Umumittifoq byudjetidan mablag’ tushishi to’xtab qolganligiga va amalda ishlab chiqarish hajmi kamayganligiga qaramasdan, moliyaviy ahvolning barqarorligi ta’minlandi, amalda davlat sarf-xarajatlarini cheklashga erishib, respublikada davlat byudjetida etishmovchilikning o’sishiga yo’l qo’yilmadi. Buning uchun soliq-byudjet, pul-kredit siyosatlari qat’iylashtirildi.
Byudjetdan mablag’lar oyma-oy ajratilib borildi va u faqat tushgan mablag’lar doirasida amalga oshirildi. Amalga oshirilgan izchil va keskin chora-tadbirlar natijasida davlat byudjeti taqchilligi ushbu yillarda yalpi ichki mahsulotning 4 foizidan past darajada bo’lishiga, xususan, 1994 yil davomida uning o’sishini 1,7 baravarga kamaytirishga erishildi.
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 40 foizdan 225 foizga qadar oshirildi, rezerv talablar 10 foizdan 30 foizga qadar ko’paytirildi, kredit va naqd pul emissiyasi keskin kamaytirildi.
Ishlab chiqarishning moddiy hajmlari o’sib borishiga qarab ish haqi fondini tartibga solib borishning joriy qilinishi, aholining shaxsiy hisobraqamlari bo’yicha depozit stavkalarining oshirilishi pul massasi ortib borishining sekinlashuviga olib keldi.
Bunga misol tariqasida shuni ko’rsatish mumkinki, mustaqilligimizning dastlabki yilida, ya’ni 1992 yil 5 mayda respublika hukumatining 223-sonli qaroriga muvofiq narxlarning erkinlashtirilishi munosabati bilan aholi jamg’armalarining o’z qiymatini yo’qotishdan muhofaza qilish va aholi pul mablag’larini qo’shimcha ravishda jalb etish maqsadida omonatlar bo’yicha to’lanadigan foizlar mikdori oshirib belgilandi.
Xususan, omonatlar bo’yicha foizlar O’zbekiston davlat tijorat jamg’arma banki muassasalarida saqlanayotgan talab qilinguncha omonatlar bo’yicha 2 foizdan 3 foizga, saqlanish muddati 1 yildan 3 yilgacha 5 foizdan 7 foizga, 3 yildan 5 yilgacha 7 foizdan 10 foizga va 5 yildan ortiq muddatga qo’yilgan depozitlar uchun 9 foizdan 15 foizga oshirildi. Ushbu tadbir nafaqat depozitlarning bank tizimidan chiqib ketishining oldini oldi, balki shu bilan birga ular hajmining kengayishiga hamda bank depozitlariga bo’lgan talabning oshishiga xizmat qildi.
Sobiq Ittifoqning tarqalishi sababli 1992 yilda respublikalararo va tashqi savdo hajmlari pasaydi. O’zbekistonning sobiq ittifokdosh respublikalar bilan savdo bitimlarining 80% ga yaqini ikki tomonlama savdo bitimlari asosida amalga oshirilar edi. Ular neft va neft mahsulotlari, nodir metallar, paxta va kimyoviy mahsulotlarga taalluqli edi. Paxta tolasi asosiy eksport mahsuloti bo’lib, neft va neft mahsulotlari, gazlama, o’g’itlar, dastgohlar va uskunalar import qilinar edi. Bu esa kvotalar, litsenziyalar va davlat taqsimoti tizimi singari ma’muriy tartibga solish va nazorat mexanizmlaridan keng foydalanish zaruratini keltirib chiqardi.


Download 267,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish