Reja: O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturini talablari


- Ma’ruza Radiopriyomniklarning tarkibiy tuzilishi



Download 1,68 Mb.
bet40/44
Sana13.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#355476
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
2 5276374719069688284

45- Ma’ruza

Radiopriyomniklarning tarkibiy tuzilishi
Radiopriyomniklar tarkibiy tuzilishi bo‘yicha asosan ikki turga bo‘linadi. Ulardan birinchi to‘g‘ridan – to‘g‘ri kuchaytirgichli, ikkinchisini esa supergeterodinli deb ataladi. 5.3- rasmda to‘g‘ridan to‘g‘ri kuchaytirgichli

priyomnikning tuzilish sxemasi keltirilgan.


5.3- rasm.

Bu erda 1 - antenna, 2 - kirish zanjiri, 3 - yuqori chastota

kuchaytirgichi, 4 – detektor (demodulyator), 5 – past chastota kuchaytirgichi; 6 –

chiqish qurilmasi.

Kirish zanjiri kerakli stansiya signalini ajratadi va yuqori chastota kuchaytirgichga (YUCHK) uzatadi. YUCHK da ajratilgan signal kerakli miqdorgacha kuchaytiriladi va detektorga (demodulyatorga) beriladi. Detektor (demodulyator) yuqori chastotali signal tarkibidagi axborot (ovoz, tasvir) signalini ajratib oladi va past chastota kuchaytirgichiga (PCHK) uzatadi. PCHK signalni kuchaytirib chiqish qurilmasiga uzatadi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri kuchaytirgichli priyomnikning asosiy kamchiligi:

1) nisbatan past sezgirligi;

2) chastota oshgan sari kuchaytirish va tanlash xususiyati kamayishi.

Bu kamchiliklardan ozod bo‘lgan qurilmalar – supergeterodin radiopriyomniklari.


5.4 - rasm. Supergeterodinli priyomnik tuzilish sxemasi.

Supergeterodin radiopriyomniklari quyidagi tashkil etuvchilardan

tashkil topgan (5.4 - rasm):

1. Antenna. Fazodagi elektromagnit to‘lqinlarini qabul qilib, ularni elektr signaliga aylantirib berish uchun xizmat qiladi.

2. Kirish zanjiri (KZ). KZ, antenna tomonidan qabul qilingan radiosignallar orasidan chastota bo‘yicha foydalisini tanlash, hamda kirish qurilmalarini o‘zidan keyingi keladigan zanjirning kirishi bilan moslashtirish uchun xizmat qiladi.

3. YUqori chastotali radiosignal kuchaytirgichi (YUCHK). YUCHK, qabul qilingan radiosignallarni kuchaytirib berish uchun xizmat qiladi.

4. Geterodin. Kam quvvatli generator bo‘lib, oraliq chastotani shakllantiruvchi yuqori chastotali garmonik signal avtogeneratori.

5. Aralashtirgich. Aralashtirgich, radiosignal chastotasi va geterodin shakllantirgan chastotalarini o‘zaro aralashtirib ular orasidan oraliq chastota signallarini ajratib berish uchun xizmat qiladi. Bu har ikkala tashkil etuvchilar (geterodin va aralashtirgich) o‘zaro birgalikda chastota o‘zgartirgichi (CHO‘) deb ataladi.

6. Oraliq chastotasi kuchaytirgichi (OCHK). Bu kuchaytirgich YUCHK larga o‘xshash signallarni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Ammo YUCHKlar istalgan chastotali radiosignallarni kuchaytiraversa, OCHKlar esa, faqat bitta, ya’ni oldindan belgilab qo‘yilgan oraliq chastotali signallarni kuchaytiradi.

7. Detektor. Detektor, yuqori chastotali, modulyasilangan radiosignallar orasidan ma’lumot signallarini ajratib berish uchun xizmat qiladi.

8. Past chastotali kuchaytirgich – PCHK. PCHK lar detektordan chiqqan signallarni kuchaytirib berish uchun xizmat qiladi.

9. CHiqish qurilmasi. Qabul qilingan signallarni ovozga, tasvirga yoki boshqa ma’lumot turiga aylantirib beradi. Supergeterodinli priyomnikning ishlash prinsipi quyidagicha. Aralashtirgichning birinchi kirishiga YUCHK dan ajralgan va kuchaytirligan

tanlagan signal fs keladi. Ikkinchi kirishiga esa geterodindan fg chastotasi beriladi. Geterodin chastotasi tanlangan signal chastotasidan har doyim foch ga farq qiladi:



fg=fs + foch, (5.3)

bu erda foch- oraliq chastota.

Natijada aralashtirgichda fs ± kfg (k=1,2,3 ... ) kombinatsion chastotalar paydo bo‘ladi. Aralshtirgichning filtri (yuklamasi) faqat bitta chastotaga sozlagan, ya’ni foch oraliq chastotasiga.

Radiopriyomnikda boshqa chastotalarga sozlangan paytda oraliq chastotasi doimiy bo‘ladi, chunki fs o‘zgarganda fg ham proporsional ravishda o‘zgaradi va foch o‘zgarmay qoladi.

Supergeterodinli priyomnikning afzalliklari.

1. Signal tanlash xususiyati yaxshilanadi. Buning sababi shundaki, oraliq chastota qabul kilingan chastotadan nisbatan pastroq va OCHKlarning ACHX si “P” shakliga yaqinroq bo‘ladi.

2. YUqori sezgirlikka ega. Supergeterodinli priyomnikda OCHK lar faqat bitta va nisbatan past chastotani kuchaytiradi. OCHK yuklamasidagi filtrlari ishlab chiqariladi, va OCHK kuchaytirish koeffitsienti YUCHK dan ancha katta bo‘ladi. OCHK kaskadlarini kerakli miqdorda ko‘paytirish mumkin. Priyomnikning umumiy kuchaytirish koeffitsienti oshadi va sezgirligi ham oshadi.

3. Tanlash va sezgirlik chastota diapazoni bo‘yicha kam o‘zgaradi, chunki bu ko‘rsatkichlarni asosan OCHK ta’minlaydi.




Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish