1-bob.Avtomatika va telemexanika havo yo‘llari.
2-Ma’ruza
Havo liniyalarining tasniflari.
Reja:
Tayanchlarda o’rnatiladigan jixozlar.
Tayanch so’z va iboralar: Osilgan zanjirlar, Havo yo‘llari osilgan simlar, E-engillashtirilgan; N-normallashtirilgan; K-kuchaytirilgan va O‘K-o‘ta kuchaytirilgan, Avtomatika , telemexanika va aloqa
Osilgan zanjirlariga qarab havo yo‘llari uch sinfga bo‘linadi: birinchi sinfga-MPS va boshqarmalar orasidagi zanjirlar; ikkinchi sinfga-boshqarmalar va bo‘limlar orasidagi zanjirlar; uchinchi sinfga-maxalliy zanjirlar kiradi.
Havo yo‘llari osilgan simlarning qish faslida yaxlab qolish xususiyatiga qarab havo liniyalari to‘rt turga bo‘linadi: E-engillashtirilgan; N-normallashtirilgan; K-kuchaytirilgan va O‘K-o‘ta kuchaytirilgan.
Yuqorida qayd etilgan havo liniyalari simlarda xosil bo‘ladigan yaxning ekvivalent qalinligi bo‘yicha aniqlanadi. Havo yo‘llari qurilishida tayanchlar orasidagi masofalar yaxlash ekvivalenti bo‘yicha quyidagi jadvalga kiritilgan.
–jadval
Havo liniyalarining turlari
turi
|
Aloqa havo liniyalari
|
SSB Yuqori kuchlanish liniyasi
|
YAxlash
ning ekvivalent
qalinligi
Мm.
|
1 va 2 sinf
|
3 sinf
|
YAxlashning ekvivalent
qalinligi
Mm.
|
Tayanchlar
soni 1km
ga
|
Tayanchlar
Oralig‘i
M
|
Tayanch
lar
soni 1km ga
|
Tayanch
lar
oralig‘i
m
|
Tayanch
soni 1km ga
|
Tayanch
lar
oralig‘i
m
|
E
|
5
|
20
|
50
|
12
|
83.3
|
-
|
-
|
-
|
N
|
10
|
20
|
50
|
16
|
62.5
|
10
|
20
|
50
|
K
|
15
|
25
|
40
|
20
|
50
|
15
|
25
|
40
|
O‘K
|
20
|
28
|
35.7
|
20
|
50
|
20
|
28.5
|
35
|
Yuqori kuchlanishli havo liniyalari (HY) hamda avtomatika va telemexanikaning Yuqori kuchlanishli-signal liniyalari (SMB-HSY) uch turda quriladi: N, K, O‘K.
Avtomatika , telemexanika va aloqa (ATA) havo liniyalari izolyasiyasiz po‘lat, mis yoki bimetall simlardan tashkil topib, yog‘och yoki temir-beton tayanchlarga osiladi va ular orqali masofaga uzatiladi.
Havo liniyalariga, Yuqori kuchlanishli elektr uzatuvchi (EUY), Yuqori kuchlanishli-signal (SMB-YUKSY) yo‘llari kiradi.
Peregon va stansiyadagi SMB qurilmalarini elektr manbai bilan ta’minlash uchun, uch fazali 10 KV Yuqori kuchlanishli, kuchlanish va signal simlari osiladi.
Havo liniyalari atmosfera xodisalari ta’sirida bo‘lib, osilgan simlarga chaqmoq, korroziya va boshqalar zarar etkazishi mumkin. Xavo liniyalarini ulardan himoya etish uchun, chaqmoqqaytargichlar, razryadniklar va saqlagichlar o‘rnatiladi.
Bundan tashqari havo liniyalariga Yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish liniyalari, elektr tortish tizimining elektromagnit maydonlarining havfli xalaqit kuchlanishlarining ta’siri kuzatiladi. Ushbu ta’sirlardan ximoyalanish aloxida texnik tadbirlar yordamida normativ xolatga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |