qilib aytish mumkinki, jamiyat fuqarolarining ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda, nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati katta. Har bir nodavlat notijorat tashkilotlar yoki ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyati kelajak avlod kamolotiga ta’sir etuvchi muhim omillaridan biri boʻlib hisoblanadi. Jamiyatning ma’naviy salohiyati va davlat taraqqiyoti va farovonligiga oʻz hissasini qoʻshayotgan bu tashkilot va institutlarning kun sayin ortib borayotgani quvonarli hol, albatta. Lekin, shunga qaramay yoshlar ma’naviyatiga oid yuzaga kelayotgan muammolar ham yoʻq emas. Bu narsaga koʻz yumib ham boʻlmaydi. Chunki, birgina e’tiborsizlik, keyinchalik koʻpchilllikka tarqalishi va oxir-oqibat salbiy holatlarga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun, ijtimoiy-siyosiy institutlardan yanada ogohlik talab etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |