Klinik manzarasi. Kasallikning klinik belgilari kasalik formalariga, jarayonning og’ir-yengilligiga, me’da sekreter funksiyasiga qo’shilib, keladigan kasalliklarga bog’liq:
To’sh osti soxasida og’riq (xarakteri- simillagan, zirqiragan), odatda ovqat yeyilgandan keyin va och qolganda paydo bo’ladi, ovqat yeyilgandan keyin og’riqning yengillashuvi oshgan sekretsiyada, og’riqning tik turganda yoki yurganda kuchayishi, gastroptoz borligidan bo’ladi
To’sh osti soxasida alishish va to’siqlik xis etish
Me’da sekretsiyasining holatiga ko’ra nordon havo bilan yoki palakda tuxum xidi keladigan kekirish
Qorinda bosim yoki dam bo’lish sezgisi
Ishtaxa buzilishi- saqlanib qolgan, oshgan, pasaygan
Ko’ngil aynishi, qusish, ich buzilishi, qotib qolishi (qabziyat, ich ketar)
Yaxshi uxlay olmaslik, injiqlik va nerv sistemasi funksional buzilishining boshqa belgilari, nevrasteniyalar
Behollik, kayfiyat yomonligi, ish qobiliyati pasayib ketishi
Bosh og’rig’I, bosh aylanishi, keskin xolsizlik, ko’z oldi qorong’ilashuvi va gastrogen anemiya yoki kasallikning boshqa asoratlariga hos har xil shikoyatlar.
2. Sub’ektiv malumotlar analizi (bemor shikoyatlari va kasalliklar anamnezi)
3. Ob’ektiv ma’lumotlar:
– Umumiy holat, gavda tuzilishi, semiz-orriqlik jarayonlarining og’ir- yengilligiga. Kasallikning klinik formalariga ko’ra har xil (sekretsiya holati norma, pasaygan yoki oshgan, shilliq parda holati gipertorofik yoki atrofik)
Ovqat hazmi va surilishi yetishmovchiligi sindromi (distrofik o’zgarishlar)
Gipovitaminoz sindromi, turli vitaminlarning yetishmovchiligi – V gruppa vitaminlarining tanqisligi natijasida lab chetlarining bichilishi, terining ortiqcha po’st tashlashi va boshqalar.
Dielektrolit sindromi – asosiy belgi bo’lib, kaliy ionlari tanqisligi (qonni bioximik tekshirishda va EKG da aniqlanadi – 5-T intervali pasayishi va musbat T tishchasi), kaltsiy ionlari tanqisligi (suyak trabekulalari surilishi bilan distrofiya simptomlari va biriktiruvchi to’qimaning o’sib qalinlashuvi, alkazol simptomlari bilan yuzaga chiqadi), temir tanqisligi (odatda aniq ifodalanmagan temir tanqisligi anemiyasi bilan o’tadi).
Astenonevrostenik sindromi, vegetative tomirlar distoniyasi simptomlari, oyoq qo’llarning sovqotib turishi, gipotoniya, peresteziya shikoyatlari.
4.Zarur labaratoriya, bioximiyaviy va instrumental tekshirish metodlari:
– Me’da suyuqligini funksional tekshirish (sekretsiya nahorga aniqlash, ma’lum vaqt ichida sekretsiya, kislotalik, pepsinning kuchayishini aniqlash, cho’kmaning mikroskopik tekshirish)
Me’da chayindi suvlarini sistologik tekshirish yoki rakli aynishni istisno qilish uchun birmuncha ishonchli biopsiya metodi
Duodenal zondlash – o’t pufagi va o’t yo’llari kasalliklarini istisno qilish
Koprologik tekshirish: umumiy analiz, yashirin qonga (Gregersin reaksiyasi), gijja tuxumlariga va boshqalar.
Instrumental tekshiruvlar: me’da-ichak yo’li rengenoskopiyasi va rengenografiyasi, fibrogastrokopiya, laparoskopiya va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |