Reja: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari


O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari



Download 178,4 Kb.
bet2/3
Sana30.12.2021
Hajmi178,4 Kb.
#95549
1   2   3
Bog'liq
DDzfBgyLZSVvnc9IJuPf-Vpjy90hiM3h

O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Bolalarni to'g'ri tarbiyalash uchun ular organizmining o'sishi va rivojlanishi kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O'sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o'sishi va rivojlanishi uning paydo bo'lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog'langandir.

O 'sish deganda tana hujayralarining ko'payishi natijasida tirik organizm oichamlarining ortishi, ya’ni bo'yning cho'zilishi, og'irlikning ortishi tushuniladi.

Bola ma’lum yoshgacha to'xtovsiz, ammo o'sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o'sishi (bosh, oyoq, qo'l suyaklari, ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i ichki organlari) turli yoshda har xil jadallikda bo’lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to'qima va hujaylarda ya’ni organlarda o'sish bir vaqtda, ayollarda o'rtacha 18-19 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi.

O'sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda o'sayotgan organizm to'qima, hujayra va organlarining shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o'smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo’lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo'lishiga aytiladi. Bunga, voyaga yetgan davrdan boshlanadigan qarish jarayonlari ham kiradi va qoidaga binoan, organizmni qayta rivojlanishi boshlanadi.

Rivojlanish jarayoni a’zolar va ularning tizimlari faoliyatini funksional differensiyalanishi va takomillan ishida namoyon bo'ladi. Masalan, markaziy asab tizimining reflektor faoliyatini ichki kortikal aloqalarni, yurak-to m ir, ovqat hazm qilish, tayanch-harak atlan ishi va boshqa tizmlarning murakkablashuvi va rivojlanishi hisobiga takomillashuvida bilinadi.

O'sish va rivojlanish tirik materiyaning umumiy biologik xususiyatlari hisoblanadi, uzluksizilgarilovchi jarayon ko'rinishida bo'ladi. U yoki bu fiziologik tizimlarning tuzilishida yoki f ao liyatida yoshga oid xususiyatlarning mavjudligi, bola organizmini alohida yoshga oid davrida to'laqonli rivojlanganligini ko'rsatm aydi. Aynan shunday o'ziga xos xususiyatlar majmui u yoki bu yosh davrini tavsiflaydi.

Organizm o'sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o'smirlik, yoshlik, yetuklik davrlarini bosib o'tadi. O'sish bu organizmning m iqdor ko'rsatk ichi rivojlanish esa sifat ko'rsatkichi bo'lib, bu ikki jarayon notekislik y a’ni geteroxroniya, uzluksizlik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.

Notekis rivojlanish yoki geteroxroniya. Organizmning normal holatida o'sish va rivojlanish bir-biri bilan juda yaqin aloqada va hamkorlikda bo'lsa ham, ular bir vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo'lmaydi, chunki biron-bir a’zo massasining kattalashishi uni bir vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirm aydi. Ontogenezda birinchi navbatda , ontogenezning ushbu bosqichida yoki yaqin kelajagida organizmni yashashi uchun zarur bo’lgan a’zo va tizimlarning rivojlanish tezligi o'zgaradi. Ushbu bosqichda zarur bo'lmagan funksional tizimlarning rivojlanishi esa, aksincha orqada qoladi.

Geteroxroniyaga misollardan ayrimlarini k o'rib chiqamiz. Go‘dakni tug’ilgan momentda yashashini ta’minlash uchun, ontogenezning birinchi bosqichida hayot uchun muhim aham iyatga ega bo’lgan funksional tizimlari uning embriogenez jar ayonida oldindan yetiladi. Bunga, go‘dakning sut emish, yo’nalish,

ko‘zini ochib-yumish va shu kabi uni ovqatlanishi, muhitning zararli ta’sirlaridan himoyalanish funksiyalarini ta’minlovchi reflekslari kiradi. Ushbu reflekslarning biologik faolligi muhimdir. Agar chaqaloq tug'ilgan vaqtda, uning so’rish funksional tizimi yetilmagan bo’Isa (bola muddatidan ancha ilgari tug'ilgan holatda yuzaga keladi) unda so’rish refleksini chiqarish uchun choralar ko'rish zarurati kelib chiqadi. Aksirish, yo’talish va ko’zni ochib-yumish reflekslari yordamida go’dakning nafas yo’lari hamda ko’z soqqasidagi uning hayoti uchun xavfli holatni yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan zarrachalar va changlar chiqarib yuboriladi.

Tug’ilish vaqtida yetilmagan yoki to’liq yetilmagan funksional tizimlar mavjud. Go'dak kallasi terisida asab oxirlariga ega bo'lgan uchlamchi asab, tug'ilish vaqtida o'ziga xos bo'lgan funksiyalarni bajarishga tuzilmaviy va funksional jihatdan tayyor bo'lmas ekan. Buyrak innervatsiyasida geteroxroniya, simpatik innervatsiyaning yetilishini, ilgarilab ketishi ko'rinishida namoyon bo'ladi, parasimpatik innervatsiya (adashgan asab) esa, faqatgina 15-16 yoshga kelib yurak faoliyatini boshqarishda to'liq qatnasha boshlaydi.

Asosiy adabiyotlar

1. Алматов К.Т. Алламуратов Ш.И. Одам ва ҳайвонлар физиологияси. Тошкент: ЎзМУ, 2004. – 580 6.

2. Покровский В. М., Коротько Г. Ф. Физиология человека: Учебник в двух томах. - М.: Медицина, 2001. - 467с

3. Ноздрачев А.Д., Баранников И.А., Батуев А.С. и др.Общий курс физиологии человека и животных. - М.: Высщая школа, 1991. 1 кн. - 511с., 2 кн. - 527с.

4. E.N.Nuritdinov «Odam fiziologiyasi» .T. 2005y

5. Р.Х.Ҳайитов, З.Т.Ражамуродов. «Ҳайвонлар физиологияси.» Т. 2005й

6. 6. Z.T.Rajamurodov, B.Z.Zaripov, B.M.Bozorov. Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanidan laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’quv qo’llanma» T.2005

7. Z.T.Rajamurodov, A.E.Rajabov, B.M.Bozorov. «Odam va hayvonlar fiziologiyasi» Toshkent. Fan.2009.



Download 178,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish