Reja: Oʻsimliklarni oziqlanishi haqidagi nazariyalar



Download 69,24 Kb.
bet1/6
Sana05.07.2022
Hajmi69,24 Kb.
#741863
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
x.r


TOSHKENT DAVLAT AGRAR


UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISHI




Mavzu: O’simliklarga oziq elementlarni kirishi;


Bajardi:Xayrullayev R.S
Qabul qiluvchi: Mirxaydarova G.S
Toshkent 2022
REJA:

  1. Oʻsimliklarni oziqlanishi haqidagi nazariyalar

  2. Oʻsimliklarga oziq elementlarining oʻtishi

  3. O’simliklarning havodan oziqlanishi

  4. Oʻsimliklarning ildizdan oziqlanishi



Oʻsimliklarni oziqlanishi haqidagi nazariyalar

«Oʻsimliklar qanday qilib va nima bilan oziqlanadi?» degan savolga birinchi boʻlib eramizdan avvalgi IV-III - asrlarda yashagan buyuk yunon mutaffakiri Arastu toʻgʻri javob berdi. U oʻsimliklar kerakli oziq moddalarni tuproqdan ildizlari yerdamida oʻzlashtiradi degan xulosaga keldi. Arastuning iqtidorli shogirdi Feofrast ustoziga qarshi oʻlaroq, oʻsimliklar faqat yashil barglari orqali oziqlanadi, ildizlar esa, oʻsimliklarni substratda tutib turish uchun xizmat qiladi degan gʻoya asoschisi edi.


Mazkur ikki tahmin (gipoteza) keyinchalik oʻsimliklar oziq lanishidagi bitta jarayonning ikki tomoni - ildizdan (mineral) va havodan (fotosintez) oziqlanishlarning rivojlanishiga asos boʻldi. Miloddan avvalgi II-asrda rimlik Katon «Dehqonchilik» asarida «tuproq unumdorligi nima?» degan savolga «yerni yumshatish, yumshatish va goʻnglash» deb javob berdi. Eramiz boshlariga kelib Italiyada ayrim ekinlar (sabzi, karam, bugʻdoy, tok va boshqalar) ni oʻgʻitlashga oid maxsus asarlar yozildi. Kolumella oʻz asarlarida oʻgʻitlashga jiddiy e’tibor berib, goʻng va koʻkat oʻgʻitlardan tashqari yerga yogʻoch kuli va eski tuproqlarni kiritish ekinlar hosildorligiga ijobiy ta’sir koʻrsatishini ta’kidladi. Shu asosda oʻsimliklarning oziqlanishiga oid ma’lumotlar asta-sekin toʻplana bordi, lekin ularni jamlash va tartibga solish uchun muayyan dastur yoʻqligi bois yaxlit nazariya yaratishning imkoni boʻlmadi. Qadimgi faylasuflar suv, yer, havo va olov (harorat va yorugʻlik) oʻsimliklarning asosiy hayotiy omillari ekanligini ta’kidlagani holda tuproqlar tarkibidagi «yogʻ» ularni semirtiradi, «semiz» tuproqlar esa unumdor boʻladi deb hisoblar edilar. Bu fikr keyinchalik oʻsimliklarning chirindi bilan oziqlanishi nazariyasiga asos boʻlgan boʻlsa, ajab emas. Yevropada cherkovning reaksion ta’siri oʻrta asrlarda oʻsimliklar oziqlanishini oʻrganish imkonini bermadi. Bu davrda tadqiqotchilar qadimgi faylasuflarning fikrlarini takrorlash bilan birga koʻproq «Oy nurini goʻngning samaradorligiga ta’siri»ni oʻrganish bilan shugʻullandilar, xolos. Faqat 1563 yilda Bernar Palissi (1510-1589) «Qishloq xoʻjaligidagi turli tuzlar haqida traktat» nomli asarida «goʻngning oʻgʻit sifatidagi ahamiyati tarkibidagi somon va pichan qoldiqlarining chirishidan hosil boʻladigan tuzdadir» deb ta’kidladi. Fikrlarni davom ettirib,«yakkaziroatchilik sharo itida hosil bilan tuproqdan tuzlarning chiqib ketishi natijasida hosildorlik pasayadi. Shu bois tuproqni oʻgʻitlash, biron yil dam berish, hyech boʻlmasa, gʻalla somonlarini dalaning oʻzida yoqib yuborish lozim»- degan xulosaga keldi. Bu - tuproq mineral moddalar manbai deb e’tirof etilgan toʻgʻri yozma ma’lumot boʻlib, unda tuproq unumdorligi pasayib borishining oldini olish uchun hosil bilan olib chiqib ketiladigan oziq moddalar albatta tuproqqa qaytarilishi lozimligi bayon qilindi. B.Palissining fikrlari zamondoshlari va keyingi tadqiqotchilar tomonidan qoʻllabquvvatlanmadi (chunki asar uning vafotidan ancha keyin Anatol Frans tomonidan nashr qilindi) va toʻgʻriligi faqat oradan uch yuz yil oʻtgach, isbotlandi. Oʻsimliklar oziqlanishi haqida toʻgʻri va notoʻgʻri talqinlar ning yuzaga kelishi fanining rivojlanishini bir necha yuz yil orqaga surib yubordi. Masalan, de Serr (1600) Palissiga qarshi oʻlaroq, «goʻng oʻzidan ajratadigan issiqlik bilangina oʻsimliklarga ijobiy ta’sir koʻrsatadi»- deb ta’kidladi. Oʻtgan asrlarda u yoki bu gʻoyaning omma orasida keng tarqalmasligi va tezda e’tirof etilmasligini tadqiqotlarda miq doriy analiz qoʻllanilmasligi bilan izohlash mumkin. Oʻsimliklarning «suv bilan oziqlanishi» nazariyasi. Yan Baptist Van-Gelmont (1579-1644) besh yil davomida boshlangʻich ogʻirligi ma’lum boʻlgan tol niholini
ma’lum miqdor (200 funt) tuproq toʻldirilgan idishda, faqat yomgʻir suvi bilan sugʻorib, tajriba oʻtkazdi. Besh yildan keyin (1629 y) niholning ogʻirligi qariyb 33 marta oshgani holda (164 funt 2 unsiya), idishdagi tuproqning massasi atigi 2 unsiyaga kamayganganligi ma’lum boʻldi va u oʻsimliklarning oziqlanishi uchun faqat suvning oʻzi yetarlidir degan xulosaga keldi. Chiqarilgan xulosa notoʻgʻri boʻlsada, amalga oshirilgan birinchi analitik tajriba sifatida katta ahamiyatga egadir. Robert Boyl shu tajribani oshqovoq oʻsimligi ustida amalga oshirdi (1661 y) va Van-Gelmont nazariyasining «toʻgʻriligini» tasdiqladi. Bu nazariya deyarli bir yarim asr davomida oʻz nufuzini saqlab turdi, uning yangicha talqini uchun nemis olimi Shrader 1800 yilda Berlin Akademiyasining medaliga sazovor boʻldi. 1650 yilda nemis kimyogari Glauber kuzatish va tajribalar asosida oʻsimliklarning «selitra bilan oziqlanishi» nazariyasini ilgari surdi. Glauber - selitra hayvon ahlati tarkibida uchraydi, demak, chorva mollari uni oʻsimliklardan, ular esa oʻz navbatida tuproqdan oladi degan xulosasi bilan B.Palissi fikrlariga yaqin keldi. Lekin u ham davrning notoʻgʻri ammo nufuzli gʻoyalari ichida gʻarq boʻlib ketdi. Shunday boʻlsada, oʻsimliklar oziqlanishi muammolarini tajribalar asosida hal qilish takomillashib boraverdi. Oʻsimliklarning havodan oziqlanishi toʻgʻrisidagi ilk fikr 1756 yilda M.V.Lomonosov (1711-1765) tomonidan ilgari surildi. 1772 yilda Jozef Pristli (1733-1804) oʻsimliklar nafas olish jarayonida buzilgan havoni tozalashini aniqladi. Antuan Loran Lavuazye (1774 y) atmosferaning miqdoriy tarkibini aniqladi, kislorodning oksidlanish va yonish jarayonlaridagi rolini asosladi (uning oʻsimliklarni mineral oziqlanishiga oid ma’lumotlari vafotidan yarim asr oʻtgach nashr qilindi). Yan Ingenxauz 1779 yilda yashil oʻsimliklar yorugʻda havoni tozalashi, qorongʻuda esa buzishini kuzatdi. Jan Senebye (1742-1809) va Nikola Teodor Sossyur (1767-1845) lar «havoning tozalanishi» nafas olish emas, balki oziqlanish jarayoni ekanligini ilmiy dalillar asosida isbotladilar. Lekin fotosintez jarayoni mexanizmini tushintirish uchun keyinchalik juda koʻp tadqiqotlar amalga oshirildi. Oʻsimliklarning «havodan oziqlanishi» nazariyasi insoniyat tafakkurining yirik ilmiy yutuqlaridan hisoblansada, «suv bilan oziqlanish» nazariyasi kabi dehqonchilikning rivojiga turtki bera olmadi. Har ikki nazariya ham «aksariyat joyda suv va havo miqdori bir xil boʻlgani holda nima uchun ekinlar hosildorligi turlicha?» - degan savolni oʻrtaga qoʻya olmadi. XVIII asrda oʻsimliklarning mineral oziqlanishi masalasida toʻgʻri fikrlar paydo boʻla boshladi. Jon Vudvort (1665-1728) yalpiz daryo suvida yomgʻir suvidagidan yaxshiroq, tuproq aralashtirilgan suvda esa, yanada yaxshi rivojlanishini aniqladi. U tuproq tarkibida oʻsimliklarning rivojlanishi uchun zarur moddalar mavjudligini ta’kidlab, Van-Gelmont tajribasidagi nuqsonlarni koʻrsatib berdi. Dyugamel (1758) Sena daryosidan olingan suvda tajriba oʻtkazib, yana bir bor oʻsimliklar suvning oʻzida ham me’yorida oʻsib-rivojlana oladi degan xulosaga keldi, lekin bunda u daryo suvining teri oshlash korxonasi chiqindilari bilan ifloslanganligini hisobga olmadi. Ryukkert (1789) turli ekinlar turli tuproqlarni «xush koʻrishini», surunkasiga bitta maydonda yetishtirilgan ekin tuproqning madorini quritib qoʻyishini, unumdorlikni faqat oʻgʻit qoʻllash yoʻli bilan tiklash mumkinligini aniqladi. Vallerius (1709-1785) 1761 yilda oʻsimlik ildizi organik moddalarni toʻgʻridantoʻgʻri oʻzlashtiradi, tuproqning boshqa tarkibiy qismlari esa gumusning yogʻsimon moddalarini eritib beradi degan fikri bilan oʻsimliklarning «chirindi bilan oziqlanishi» haqidagi gʻoyani ilgari surdi. Bu gʻoyani Albrext Daniel Teyer (1752-1828) «Qishloq xoʻjaligining mantiqiy asoslari» nomli asarida «tuproq unumdorligi toʻla-toʻkis gumusga bogʻliq, faqat gumus va suv oʻsimliklarga oziq manbai boʻlib xizmat qiladi» deya rivojlantirdi. Keyinchalik Libix oʻz asarlarida gumusning tuproq unumdorligida tutgan ahamiyatini kamsitmagan holda, oʻsimliklar tuproq tarkibidagi moddalarni asosan mineral holatda oʻzlashtirishini isbotladi. Jan Batist Bussengo (1802-1887) avvaldan kuydirib olingan qumga ma’lum miqdorda kul qoʻshib, chirindisiz muhitda oʻsimliklik oʻstirdi va oʻsimliklar uglerodni tuproqdan emas, balki havodan olishini isbotladi. U 1836-1838 yillarda oʻtkazgan tadqiqotlari asosida gumus nazariyasi oʻrniga oʻsimliklarning «azot bilan oziqlanishi» nazariyasini ilgari surdi. Almashlab ekish sharoitida oʻtkazilgan dala tajribalarida dukkakli ekinlarning tuproqdagi azotga ijobiy ta’sir etishini, shuningdek, hosil bilan goʻng tarkibida tuproqqa tushadigandan koʻra ancha koʻp uglerod chiqib ketishini koʻrsatib berdi, dunyoda birinchi boʻlib tashkil etilgan agrokimyo tajriba stansiyasida (1834) azot oʻsimliklar hayotida birinchi darajali oziq elementi ekanligini isbotladi. XIX asrning oʻrtalaridan boshlab Yevropa va Amerika dalalarida Chili selitrasining keng koʻlamda qoʻllanilishi ham Bussengo gʻoyalarining ishlab chiqarishga amaliy tadbigʻidir. Bussengo haqli ravishda agrokimyo fanining asoschisi boʻlishi mumkin edi. Lekin undagi «yetti oʻlchab-bir kesish» tajribalar asosida olgan ma’lumotlarini keng ommaga kech yetib borishiga sabab boʻldi. Yustus Libix - agrokimyo fanining asoschisi. 1840 yilda nemis kimyogari - Yustus Libix (1803-1873) «Kimyoning dehqonchilik va fiziologiyaga tadbigʻi» nomli kitobini yozdi va u 1847 yilgacha Olmoniya va Britaniyada toʻrt martadan, Amerika va Fransiyada ikki martadan, shuningdek, Daniya, Italiya, Polsha va Rusiyada koʻp nusxada nashr qilindi. Asarda oʻsimliklarning «gumus bilan oziqlanish» nazariyasi tanqid qilingan, mineral oziqlanish nazariyasi asoslangan boʻlib, u oziqlanishga doir qarashlarni tubdan oʻzgartirib yubordi. Libix yakka ziroatchilik sharoitida tuproq unumdorligining pasayib borishi sabablarini ishonarli tarzda tushintirib, ekinlar hosildorligini oshirish uchun tuproqqa oʻgʻit kiritish lozimligini ta’kidladi. Gʻoyada azotli oʻgʻitlarga e’tibor bermaslik, goʻngni kuydirib kulini ishlatish, tuproqqa oʻsimliklar tomonidan olib ketiladigan barcha elementlarni qaytarib berish, oʻgʻitlarni faqat qiyin eriydigan shakllarda qoʻllash kabi notoʻgʻri fikrlar ham mavjud edi. Ayni kamchilik va nuqsonlar olimning shogird va muxoliflari tanqidiga uchradi va tezda tuzatildi. Olimning fikrlari kuchli munozara va tanqidlarga uchragan boʻlsada, agrokimyo fanining tez sur’atlarda rivojlanishiga sabab boʻldi.
Libixning tavsiyasi asosida Jon Bennet Looz (1814-1900) tomonidan Rotamsted stansiyasida (1843) birinchi sun’iy mineral oʻgʻit - superfosfat (suyak talqonini sulfat kislota yordamida ishlash yoʻli bilan) olindi. 1857 yilda Saksoniyaning Stasfurt shahri yaqinidan kaliy tuzlari koni topildi va 1861 yilda oʻgʻit zavodi ishga tushirildi. Lekin azotli oʻgʻitlar masalasi ancha vaqtgacha muammoligicha qolaverdi. Yarim asr davomida Chili dehqonlarni tabiiy selitra bilan ta’minladi, lekin XIX-asr oxiriga kelib uning ham intihosi koʻrindi.Uzoq urinishlardan keyin Fris Gaber ammiak sintezini amalga oshirdi va Karl Bush (1916) birinchi sintetik ammiak zavodini ishga tushirdi. Akademik K.A.Timiryazev Libixning fanga qoʻshgan xizmatlariga toʻgʻri va xolisona baho berib «Ahamiyatini cheklashga boʻlgan har qanday urinishlardan qat’iy nazar, Libixning oziq elementlarni tuproqqa qaytarib berish haqidagi ta’limoti fanning eng katta yutuqlaridan biridir» degan edi. Shu boisdan Yustus Libix haqli ravishda agrokimyo fanining asoschisi hisoblanadi. 1842 yilda nemis tadqiqotchilari Vigman va Polstrof oʻsimlik urugʻini platina sim qiyqimlari va kislota yordamida yuvilgan qumda undirib, nihol tarkibidagi kul elementlari miqdori urugʻ tarkibidagiga teng boʻlishini va muhitga qoʻshimcha kul elementlari hamda azotli birikmalar kiritilmasa, nihollar nobud boʻlishini isbotladilar. 1846 yilda Salm Gorstmar organik moddalardan toʻla mosuvo qilingnan muhitda (avvaldan kuydirib, NPK birikmalari qoʻshilgan qumda) suli oʻsimligidlan «risoladagiday» hosil yetishtirdi. U shuningdek, oziq elementlari alohida-alohida ishlatilganda, hosildorlik sezilarli darajada kamayishini kuzatdi. 1859 yilda Knop (1817-1897) va Saks (1832-1897) oʻsimliklarning meyorida oʻsib-rivojlanishini ta’minlaydigan toʻliq oziq aralashmasini yaratdilar. Fan rivojiga Rusiyalik olimlar salmoqli hissa qoʻshdilar. M.V.Lomonosov (17111765) «Yer qatlamlari haqida» (1741) asarida rus qora tuproqlarining tadrijiy rivojlanishi, tuproqlarning kimyoviy va fizikaviy xossalarini ilmiy asosda talqin qilib, qora tuproqlar oʻsimlik va hayvon qoldiqlarining chirishidan hosil boʻlishini va tarkibidagi gumus oʻsimliklar oziqlanishida muhim oʻrin tutishini ta’kidladi. Rusiyada oʻsimliklar oziqlanishi va oʻgʻit qoʻllash masalalarini oʻrganish XVIII asr oxiri - XIX asrning boshlariga toʻgʻri keladi. Bu davrda tuproq unumdorligini oshirish uchun goʻng, kompostlar, kul, ohak va boshqa mahalliy oʻgʻitlarni ishlatishga katta e’tibor berildi. Masalan, A.T.Bolotov «Yerni oʻgʻitlash» nomli asarida (1770) oʻsimliklar tuproqdan oziq sifatida «...suv va ayrim mineral zarrachalarni oladi...» deb yozgan edi. 1770 yilda Moskva universiteti professori M.I.Afonin birinchi agronomiya oʻquvini tashkil qildi. I.M.Komov (1750-1792) «Dehqonchilik toʻgʻrisida» (1789) nomli asarida dehqonchilik masalalarini ilmiy asoslashga harakat qildi. A.Poshmanning 1809 yilda nashr qilingan qoʻllanmasida oʻsimliklar oziqlanishida «ishqoriy tuz moddalari» zarurligi va ular koʻp miqdorda goʻng va oʻsimlik kulida boʻlishi ta’kidlangan. Professor M.G.Pavlov Rusiyada birinchi dehqonchilik bilim yurtini (1825) va Butir xutorida oʻquv xoʻjaligini tashkil qildi. U «Dehqonchilik kimyosi» nomli asarida oʻgʻit(siderat)larning tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishdagi ahamiyatini keng bayon qildi. Ilmiy faoliyatini Teyer nazariyasini Rusiyada targʻib
qilishdan boshlagan boʻlsada, tezda bu nazariyaning nuqsonlarini anglab yetdi va uni ayovsiz tanqid qildi. Agrokimyoning keyingi rivojlanishi bevosita ulugʻ kimyogar D.I.Mendeleyev (1834-1907) nomi bilan bogʻliq. U Rusiyaning Moskva, Peterburg, Simbirsk va Smolensk guberniyalarida bitta dasturga asoslangan geografiyaviy-tarmoq dala tajribalarini oʻtkazdi (1867-1869) va oʻgʻit bilan bir qatorda tuproq va hosil sifatini ham chuqur tahlil qildi. Tajriba natijalari dunyoda birinchi marta statistik tahlil qilinib, haqqoniy ilmiy ma’lumotlar e’lon qilindi. D.I.Mendeleyev oʻzining Peterburg ayollar Oliy kursida oʻqigan ma’ruzalarida (1880) Yustus Libixning «toʻla qaytarib berish» qonunini tahlil qilib, dehqonchilikning rivoji bevosita kimyo va oʻgʻit ishlab chiqarish sanoati taraqqiyoti bilan bogʻliq ligini koʻrsatib berdi. Agrokimyoning nazariy asoslarini yaratishda K. A. Timiryazevning (1843-1920) fotosintez va oʻsimliklarning mineral oziqlanishiga doir mumtoz ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi. Uning loyihasi asosida qurilgan (1872 va 1876 yillar) «vegetasiya uychalari» hozirgi kunda ham qishloq xoʻjalik Akademiyasida faoliyat koʻrsatmoqda. XIX-asrning 60-yillaridan boshlab A.N.Engelgardt va P.A.Kostichev kabi olimlarning sa’y-harakatlari asosida oʻsimliklar oziqlanishi va oʻgʻitlarni ishlatishga doir ilmiy tadqiqotlar ma’lum tizim asosida oʻtkazildi.«Qishloqdan maktublar» va «Dehqonchilikning kimyoviy asoslari» kabi asarlar muallifi, mineral oʻgʻit, goʻng, ohak, koʻkat oʻgʻitlar ishlatishning otashin targʻibotchisi AN.Engelgardt Rusiya fosforit konlarini oʻrgandi va fosforit talqoni tuproqlar unumdorligini oshirishda katta samara berishini tajribalar asosida isbotladi. D.N.Pryanishnikov oʻsimliklarda azot moddalari almashinuviga oid muammolarni oʻrgandi, oʻsimliklarning ammiak va nitrat shakldagi azot bilan oziqlanishi nazariyasini yaratdi. U sun’iy ammiak sintezidan ancha ilgari ammiakli azotli oʻgʻitlarni ishlatish boʻyicha tavsiyanomalar yaratdi.



Download 69,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish