Mavzu: Yuksak maʼnaviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari ilmiy merosining oʻrni
Reja:
1.O’rta Osiyo – sharqning yuksak ma’naviyat va yirik tafakkur markazi
2 . Ilmiy hamda adabiy meros
3.O’zbekistonda XVI-XIX asrlar davri ma’naviyat va ma’rifati.
1.O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy olka bolishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va manaviyatning markazlaridan biri bolib kelgan. Bu olka dunyoga manaviyat va marifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat marifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qoshganlar. Orta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va marifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Endilikda jahon manaviyati va marifati saltanatida oz orinlariga ega bolgan uluglarimizni teran anglash, organish va uluglash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, manaviy merosimizdan gofil etishga urindilar, - natijada ular oz xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan bahramand bolish, organishdan mahrum bolib keldi».
Ajdodlarimiz ezozlab kelgan, asrlar qaridan olib otilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni kozlab yurgizilgan siyosat qurboni boldi, etibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning manaviyatiga salbiy tasir otkazdi. Vaholanki, Islom Karimov «Ozbekistonning oz istiqlol va taraqqiyot yoli» kitobida takidlanidek: «...otmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning manaviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon tasir korsatmoqda».
Mustaqillik tufayli organish, tahlil etish imkoniyatiga ega bolgach, ona zaminimiz manaviy merosini chuqurroq organish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, oz tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bolmaydi.
IX-XV asrlarni Yaqin va Orta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» (uygonish) davri deb atashadi. Manaviyat va marifatning goyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bolgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez suratlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga tasir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Mamun davrida (813-133 yy.) Bagdodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga ogirildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Fargoniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol oynadilar.
Renessans uygonish davri madaniyati, manaviyati va marifati mohiyat-etibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning qayta uygonishni anglatadi. Uygonish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
Fanda Sharq va /arb uygonish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, oxshash tomonlari bilan birga, malum farq, oziga xos xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uygonish davri IX-XII asrlarni, songgi uygonish davri XIV-XV asrlarni oz ichiga olsa, /arb uygonish davri XV-XVII asrlarni oz ichiga olishi bilan farqlanadi. /arb uygonish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bolsa, Sharqda masalaning garbdagidek keskin qoyilishini kormaymiz.
Sharq va /arb uygonishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat qilish, uni qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallikni (qomusiylik), gumanizmni targib etish va boshqalarda namoyon boladi.
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunoslikgining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astranomiya, matematika, minerologiya, jugrofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda (metodologiya)- rastionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy dostlik, yuksak axloqiylikning targib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, sheriyat, ritorikaning (notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.
Bu davrga kelib, avvalo Orta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va madaniyatning yirik ochogiga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Fargoniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Maxmud az-Zamaxshariy kabi Orta Osiyolik olimlar va ulamolarning dongi butun dunyoga taralgan edi.
Orta Osiyoning qadimiy, qohna shaharlaridan Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlari, qadimda fan, madaniyat va manaviyatning markaxi bolib kelganligi bilan ajralib turadi.
Orta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-Fargoniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bogliqdir. Ularning har ikkovi ham Bagdoddagi Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda al-Fargoniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari Astranomiya va astralyabiyaga kirish, Falakdan boladigan sabablar, Astralyabiya fani usullari, Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi va boshqalardir. Fargoniyning Astranomiya asoslari kitobi osha davrdagi astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bolgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, kop asrlar davomida Evropada astronomiya boyicha qollanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. U Evropada al-Fraganus nomi bilan mashhur bolgan.
Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan.
Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng mashhuri Kitob al-jabr va al-muqobala asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan algebraning vujudga kelishiga zamin boldi. U tenglamalarni echishning ikki usulini al-jabr, yani qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-muqobala, yani bir hil hadlarni qarama-qarshi qoyishni kashf qildi.
Xorazmiy Sind Hind, Ziji Xorazmiy, Astrolyabiya boyicha risola, Quyosh soati haqida risola, Erning shakli haqida kitob, Trigonometrik jadvallar, Musiqa boyicha risola, Tarix haqida va boshqa asarlarning muallifi. Uning buyuk xizmatlaridan biri Evropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi hindlarning onlik tizimi bilan tanishtirish boldi. Uni Evropada Algaritmus deb yuritganlar.
Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950) tasavvur etish qiyin. U Sharq Aristoteli, Ikkinchi muallim degan unvonga sazovor bolgan mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel Birinchi muallim deb yuritilgan. Farobiy kop tillarni bilgan qomusiy olimdir. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bolib, uni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) qadimgi Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarini Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, targib qilish va organishga bagishlangan asarlar; 2) orta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar. Masalan, Aristotelning Metafizika asariga izoh, Aristotelning Osmon sistemasi kitobiga izoh, Aristotelning Etika kitobiga sharh, Substanstiya haqida soz, Masalalar manbai, Qonunlar haqida kitob, Boshlik haqida kitob, Musiqa haqida soz, Fozil odamlar shahri va boshqalarni korsatish mumkin.
Farobiyning fikricha insonning va jamoatning galabaga erishuvi, yaxshilikni qolga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka kotarilishi inson va jamoaning oz qolidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga boladi. Fazilatli shaharlarda ilm-fan, falsafa, axloq-marifat birinchi orinda bolmogi lozim deb biladi. Shunda jamiyat etuklikka erishadi. Fozil shahar boshligi bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolgon va yolgonchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxshi koruvchi va adolat uchun kurashuvchi bolishi kerak deb aytadi. Farobiy insonni kamoloti uchun xizmat qilgan, hayr-ehsonli ishlar, gozal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga tosqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bolmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan ogohlantiradi.
Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni organish, kasb-hunar va ilmlarni ozlashtirish marifatli bolish orqali erishadi deb qaraydi.
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani tarixida eng mashhur siymolar qatoridan joy olgan, oz davridagi deyarli hamma fanlarga katta hissa qoshgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik tabiatshunos va faylasufdir. U oz umri davomida 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Shulardan eng mashhurlari Qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar, Masud qonuni, Hindiston, Geodeziya, Mineralogiya, Saydana va boshqalardir. Garchi Beruniy falsafiy-axloqiy masalalarga oid asar yozmagan bolsada, ammo kopgina asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan.
Beruniy xalqlar ortasidagi dostlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Uni eng insoniy-axloqiy sifat deb maqtab, amalda ozi korsatgan. Bir necha yil Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi hind-sanskrit tilini organib, bu tilgan Evklidning Elementlar, Ptolomeyning Almajistiy asarlarini tarjima qildi va hind olimlarni yunon ilmi va falsafasi bilan tanishtirdi. Ozi esa hindlarning ilmi, adabiyoti, falsafasi va axloqini organdi.
Bu haqida Beruniyning ozi shunday deb yozadi: Ozimni ... ularning munajjimlari huzurida, ustoz huzurida turgan shogirddek tazim bilan tutar edim... Song hisob ilmining haqiqiy yollarini ularga ravshanlashtiradigan boldim... ularning kattalari meni oz tillari bilan Daryo deb maqtar edilar.
Beruniy fikricha, kishilar uchun dunyoda turli hollar bor. Bu maqtaluvchi yaxshilik va qoralanuvchi yomonlikdir. Maqtaluvchi yaxshi hollar bolib, ularning tayanchini poklik va tozalik deb korsatdi.
Beruniy oz davrining eng kozga koringan ilm-fan homiysi edi. U mamlakat ravnaqini fan, marifat ravnaqida korgan. Ilm-fan, marifat sahovatli xizmatni otashi mumkin deb hisoblaydi. U shunday yozadi: Mening butun fikru-yodim, qalbim bilimlarni targib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan bahramand boldim. Buni men ozim uchun katta baxt deb hisoblayman.
Insonning oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, kambagallar haqida gamxorlik qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning dost, inoq, ittifoq bolib yashashi uchun kurashib keldi. U insonga, u yaratgan madaniyatga qirgin keltiruvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-marifatning keng tarqalishiga katta etibor bergan allomadir.
Jahon madaniyati va marifatiga katta hissa qoshgan, Sharq va Evropada Shayx-ur-rais olimlar boshligi unvoniga ega bolgan alloma Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U oz umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning Tib qonunlari nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada medistina boyicha asosiy qollanma bolib xizmat qilib kelmoqda.
Ibn Sino yoshligida zor mehnat, izlanish, gayrat bilan ilmlarni organishga kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: Uyquga ketgan vaqtimda ham ongimdagi masalalarni korardim. Shu holatda kop masalalar tushumda menga ayon bolardi... shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning Metafizika”sini qirq bir marta qayta oqidim. U menga hatto yod bolib ham qoldi. Lekin shunday bolishiga qaramay, men uni va uning maqsadlarini tushuna olmasdim, - deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning Aristotel Metazifika”siga yozgan sharhini oqib hal qiladi.
Ibn Sino umrining kop qismini sarsonlikda otkazishga qaramay matematika, astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, psixologiya, filologiya, falsafa va tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir. Uning asarlaridan 100 tachasi bizgacha etib kelgan, xolos. Ular qatoriga orta asr ilmining barcha muhim sohalarini oz ichiga olgan, xususan mantiq, fizika, matematika, metafizikani toliq qamrab olgan Kitob ash-shifo, 20 tomdan iborat Kitob ul-insof, Donishnoma, Lison ut-tayr, Solomon va Ibsol, Hayy ibn Yaqzon kabi asarlari kiradi. U ozining falsafiy-axloqiy asarlarida hukmdorlarni qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga quloq solishga, adolat yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni inson xatti-harakatining eng yaxshi bezagi deb korsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |