Akvinskiy ta'limoticha, dunyo ierarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida yer va 4 elementdan iborat bo'lgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo o'rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa, papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. Yerdan uzoqlashgan sari u ilohiylashib boradi. Sayyoramiz dunyosinning tepasida farishtalar dunyosi mavjuddir. Butun koinot tuzilishi uch shaxsni birlashtirgan yagona xudo tomonidan boshqarilib turadi. Akvinskiy ta'limotidan keyinchalik «tomizm» oqimi shakllandi va u «neotomizm» tarzida g’arbda hozir ham saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |