. Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325)—
xamsa janrining yuqorida eslatganimiz nozik nuqtalarini to‘g‘ri ilg‘agan va uni
nazariy jihatdan amalda asoslagan ikkinchi xamsanavisdir. . Shoir «Xamsa»sining
ilk dostoni
«Matla' ul -anvor» («Nurlarning boshlanishi»), «Shirin va Xusrav»,
«Majnun va Layli», «Hasht behisht* («Sakkiz jannat*), «Oyinai Iskandariy»
(«Iskandar oynasi»)
singari keyingi masnaviylari uchun ma'naviy sarchashma,
kengaytirilgan rejanoma vazifasini o‘tadi.
Turkiy adabiyotni jahoniy mavqega ko‘targan ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher
Navoiyning ham qutlug‘ nomi «Panj ganj»ga to‘la javobiya yozgan shoirlar
qatoridan munosib o‘rin oldi. «Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur, muayyan
turk ulusi xud meningdur»,-deya iftixor bilan e'tirof etgan ulug‘ shoir «Xamsa»si
turkiy qavmlar ma'naviy ehtiyojini qondirgan yagona shoh asar bo‘lganligi bilan
boshqa xamsalardan tubdan farq qiladi. «Panj ganj»ga to‘la javobiya yozgan
shoirlar qatorida fors—tojik adabiyotining ulug‘ namoyandasi Nuriddin
Abdurahmon Jomiyning
nomi ham yuksak ehtiromga sazovor. Bu buyuk so‘z
san'atkori
«Haft avrang»
ining ayrim dostonlari Alisher Navoiyning ba'zi
masnaviylari bilan oldinma—keyin yozilgan bo‘lib, har ikkala zamondoshning shoh
asarlari xamsanavislikda yana bir yuksak pag‘onaning zabt etilishiga sabab bo‘ldi.
Hoji Kirmoniy (1281- 1352), Mavlono Ashraf (vafoti 1450), Abdulla Xotifiy (vafoti
1521) kabi ijodkorlar ham Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj»iga to‘la javob aytish
baxtiga muyassar bo‘ldilar. Biroq xamsachilik tarixida bu qalamkashlarning
hammasi ham birday mavqega ega emas. Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy xamsalarining shuhrati ancha baland bo‘ldi.
«Panj ganj»ning ayrim dostonlariga javob yozgan shoirlar. Bu guruhga mansub
ijodkorlar o‘z oldida yaxlit «Panj ganj»ga emas, balki uning tarkibidagi u yoki bu
dostonga javob aytishni maqsad qilib qo‘yishdi. O‘sha harakat tufayli Sharq
xalqlari adabiyotida sayyor mavzu, voqea- qahramonlar guruhi shakllanib,
musulmon olami badiiy adabiyotida keng tarqaldi. Faqatgina Layli va
Majnunlarning fojiaviy sevgi sarguzashtlari bilan bog‘liq voqealar asosida arab,
fors—tojik va turkiy tillarda yuz ellikdan ortiq nomdosh, biroq bir—birini mutlaqo
aynan takrorlamaydigan dostonlarning bunyodga kelganligi Shayx Nizomiyga
izdoshlik qilish ikkinchi yo‘nalishining ancha faol kechganligidan yorqin nishonadir
(Ageh Sirri Levend. Arap, fars ve turk edebiyatlarinda Leyli ve Mejnun hikayesi.
Ankara. 1957).
«Panj ganj» dostonlarini erkin—ijodiy tarjima qilish. O‘zbek ijodkorlari Qutb va
Haydar Xorazmiylarning (XV asrning birinchi yarmida yashashgan) ana shu yo‘ldagi
xayrli qadamlari g‘oyat ibratlidir.
«Hayrat ul-abror»-Alisher Navoiy «Xamsa»sining birinchi muqaddimaviy-
rejanoma dostoni. Doston 63 bobdan tarkib topgan bo‘lib, uning 21 faslini
an'anaviy muqaddimaviy boblar, 40 bobini—20 maqolat va 20 hikoyat, qolgan ikki
bobini esa—xotima va bir hikoyat tashkil etadi. Asarning o‘z ichki bo‘linishlariga
ega bo‘lgan an'anaviy — muqaddimaviy boblari, insonning ijtimoiy hayotdagi o‘rni
va ma'naviy kamolotiga bag‘ishlangan maqolat hamda ulardagi fikrlarning tasdig‘i
uchun keltirilgan hikoyatlari ham mohiyat e'tibori bilan butun «Xamsa»ning
boshlanmasi sanaladi. Muqaddimaviy boblar bir-biri bilan mantiqan chambarchas
bog‘liq bo‘lib, ularni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
l.Hamd, munojot va na'tlar (1-11-boblar ) Bunda ikki hamd, to‘rt munojot va besh
na'tga o‘rin berilgan.
2.Ulug‘ salaflar, zamon hukmdori va so‘z ta'rifi (12-16-boblar). Mazkur boblarning
dastlabkisida ikki ulug‘ xamsanavis Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviy,
keyingi to‘rttasida esa Nuriddin Abdurahmon Jomiy, so‘z ta'rifi va Sulton Husayn
Boyqaro haqida fikr yuritiladi.
3.Ko‘ngil ta’rifi,uch hayrat va Bahouddin Naqshband hamda Xoja Ubaydulloh Valiy
vasfi.
Dostondagi maqolatlar sarlavhalarining o‘zi asarda komil inson ulug‘langanligidan
dalolat beradi:
1-maqolat: «Iymon sharhida».
2-maqolat: «Islom bobida».
3-maqolat: «Salotin zikrida».
4-maqolat: «Riyokorlik—firibgarlik haqida».
5-maqolat: «Xayr-u ehson vasfida».
6-maqolat: «Adablilik odati haqida».
7-maqolat: «Qandat haqida».
8-maqolat: «Vafo haqida».
9-maqolat: «Ishq o‘ti ta'rifida».
10-maqolat: «Rostlik haqida».
11-maqolat: «Ilm osmonining yulduzlaridek baland martabaliligi haqida».
12-maqolat: «Qalam va qalam ahllari haqida».
13-maqolat: «Bulutdek foyda keltiruvchi odamlar haqida».
14- maqolat: «Osmonning tuzilishidan shikoyat».
15-maqolat: «Jaholat mayi».
16-maqolat: «Xunosasifat oliftalar».
17-maqolat: «Bahor yigitligining sofligi haqida».
18-maqolat: «Falak g‘amxonasi haqida».
19-maqolat: «Xurosonning misli yo‘q viloyati haqida».
20-maqolat: «Maqsadning o‘talganligi haqida».
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Navоiyning «Hayrat ul-abror» dostonida falsafiy, ijtimоiy-siyosiy va ta’limiy
masalalarning qo‘yilishi qanday?
2. Navоiyning «Hayrat ul-abror» dostonida hikоya va masallarning badiiy
хususiyatlari haqida so‘zlang.
3. Navоiyning «Hayrat ul-abror» dostonidagi оbrazlar: lirik qahramоnlar оbrazi,
tavsifiy va epik оbrazlar haqida so‘zlang.
4. Navоiyning «Hayrat ul-abror» dostonining tuzilishi, janr xususiyatlari haqida
so‘zlang.
«Navoiy» videofilmidan lavha. Navoiy rolida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
artist Saidkomil Umarov
kunda shavkatli Hirot shahrida mudarrislik lavozimida faoli- yat ko‘rsatish
sharafiga muyassardirlar. Ulardan ayrimlarining nomlari «Xulosat ul-axbor»ning
xotima qismida keltirilgan.
* *
She’rning o‘zi qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy va masnaviy singari bir necha turga
bo‘linadi. Shoirlardan bir guruhi kuchli qobiliyatga ega bo‘lganliklari sababidan
ushbu she’r turlarining barchasida she’r yozishgan, ulardan boshqa bir guruhi esa
ta’blarining o‘tmasligi sababli bu turlarning ayrim- laridagina she’r aytishga
harakat qilish bilan cheklanganlar.
Allohga hamd va shukrlar bo‘lsinki, «Hazrat Sultonning yaqin kishisi» degan daraja
va martabaga ega bo‘lgan ul oliy hazratning ushbu she’r turlarining barchasidagi
mahorati shu darajaga yetgandiki, agar ilgarigi davrlarda yashab o‘tgan shoirlar ul
hazratning muborak zamonlarigacha yetib kelishganida va ushbu saodatli zamonni
ko‘rishganida] edi, she’r yozadigan daftarlarini yopib (ya’ni she’r yozishni
yig‘ishtirib), dunyoning turli tomonlaridan uning fazilat makoni bo‘lgan ostonasi
tomon shoshilgan bo‘lardilar.
* * *
... Mavlono Lutfiy ul hazratning endigina unib-o‘sib bo- rayotgan va yaxshi-
yomonni ajratib boshlayotgan [o‘spirinlik] chog‘larida kunlardan bir kuni uning
huzuriga borib, undan:
Biror g‘azal o‘qib berish orqali o‘z tafakkuringiz mah- sullarining yangi
namunalaridan meni bahramand eting, — deb iltimos qildi.
Ul hazrat matla’i quyidagicha bo‘lgan bir g‘azalni o‘qib berdi.
She’r:
Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Guruhlar uchun topshiriq
1-kichik guruh “Navoiyning epik asarlari” jadvalini to’ldiring.
2-kichik guruh “Xamsa yozish shartlari” dostoni tahlili.
3-kichik guruh. “Hayrat ul-abror” dostonidan savol-javob tuzish
1-o’quv topshiriqni bajarish yuzasidan yo’riqnoma .
“Farhod va Shirin”
“Hayrat ul-abror”
“Xamsa”
“Layli va
Majnun”
“Sab’ayi
sayyor”
“Saddi
Iskandariy”
2-guruh. “Xamsa” yozish shartlari jadvali
Alisher Navoiy mohir epik sifatida ko‘plab asarlar yaratdi. Uning “Holoti Sayyid
Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Xamsat ul-mutahayyirin” kabi
3 ta memuar xotiralardan iborat nasriy asari bunga misol bo‘la oladi. Z.M.Bobur
Alisher Navoiy haqida shunday yozadi: “…olti masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi
“Xamsa” javobida, yana biri “Mantiq ut-tayr” vaznida “Lison ut-tayr” otliq”.
Alisher Navoiy mohir so‘z san`atkori, lirik shoir, shu bilan birga buyuk dostonnavis
ham edi. U eng katta orzusi – “Xamsa”ni 1483-1485- yillarda yaratdi.
Chiqish an’anasiga ko‘ra, she’rning qadri buyuk edi. “Xamsa” an’anaviy masnaviy
shaklida yaratilgan.
Masnaviy arabchada ikkilik ma`nosini anglatadi. She`riy asarda misralarning a-a, b-
b, v-v, g-g kabi qofiyalanib kelishi ko‘zda tutiladi. Fors tilidagi masnaviylarning ilk
namunasi mashhur shoir Firdavsiyning “Shohnoma” asaridir. Turkiy tildagi ilk
badiiy doston “Qutadg‘u bilig” asari ham masnaviyda yozilgan.
Dostonlar, ya’ni keng qamrovli epik asarlar masnaviyda yoziladi. Navoiy
masnaviyni “vase maydon” – “keng maydon” deb ta’riflaydi.
1-shart
3-shart
2-shart
5-shart
“Xamsa” yozish shartlari
4-shart
Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari adabiyotida xamsachilik adabiy an’ana sifatida
mavjud edi.
Xamsanavis shoirlar sirasiga Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon
Jomiy va Alisher Navoiylarni kiritamiz. Xamsachilik an’anasini
boshlab bergan ozarbayjon shoiri
Do'stlaringiz bilan baham: |