Saylanma diktant - Saylanma diktant ham ta`kidiy diktant kabi o`tkaziladi. Buning ta`kidiy diktantdan farqi shundan iboratki, tanlangan matn tahlil qilinib, o`rganilgan qoidalar takrorlab eslatilgach, o`qituvchi diktovka qilgan gapdan o`quvchilar o`rgangan qoidalarga mos bo`lgan so`z yoki so`z birikmasinigina tanlab olib yozadilar. Masalan, Saylanma diktant qaratqich kelishigidagi otning gapda boshqa otga bog`lanishini mustaxkamlash maqsadida o`tkazilsa, “maktabimizning shuxrati butun yoyilgan” gapi diktovka kilingach, o`quvchilar qoidaga mos “maktabimizning shuxrati” so`z birikmasinigina yozadilar va xokazo. Saylanma diktantda vaqt tejaladi, kerakli so`z yoki so`z birikmalarigina yoziladi. Matnga o`rganilgan mavzuni puxtalashga o`quvchilarning faol munosabati talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |