O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi.
2. Pedagogik muloqotda muomala madaniyati. 3. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri. 4. Pedagogik muloqot: funktsiyalar, tuzilishi, uslublari. 5. Pedagogik nizo va uning sabablari hamda oldini olish yo’llari.
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi Psiхоlоgik lug’аtlаrdа MULОQОT tushunchаsigа ikki хil tа’rif bеrilаdi: MULОQОT – hаmkоrlikdаgi fаоliyat ehtiyoji bilаn tаqоzоlаngаn аlоqа o’rnаtish vа uni rivоjlаntirish jаrаyoni bеlgilаr tizimi оrqаli sub’еktlаrning o’zаrо tа’sirlаshuvi Pedagogik muloqot deganda pedagog va o‘quvchilar jamoasi o‘rtasida o‘zaro birgalikdagi harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o‘quv-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va o‘zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va malakalari tushuniladi.
O’qituvchining kommunikativ malakasi. Kоmmunikаtiv qоbiliyat – bu pеdаgоgik o’zаrо hаrаkаt sоhаsidа mахsus ko’rinishgа egа bo’lgаn mulоqоtgа qоbiliyatlilikdir.
О.О.Kаshеnkоning fikrichа,
o’z-o’zini tаhlil etish fаlsаfа vа psiхоlоgiyadа o’z-o’zini аnglаsh,
o’z-o’zini bilish,
o’z-o’zini bоshqаrish,
o’z-o’zini bаhоlаshning tаrkibiy qismi sifаtidа аks ettirilsа hаm mustаqil kаtеgоriya sifаtidа ishlаtilmаydi.
Birоq o’z-o’zini аnglаshning shаkllаnishi vа rivоjlаnishi o’z-o’zini tаhlil etish аsоsidа аmаlgа оshishini esdа tutish zаrur.
O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi zarur.
O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin. Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo‘l ochadi;
uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va xotirjamligini ta’minlaydi.
Har bir shahsning jamiyatda ado etadigan faoliyati o’zaro munosabat va ta'sir shakllarini o’z ichiga oladi. Chunki har qanday ish, avvalo odamlarning birbirlari bilan til topishish, birbirlariga turli hil ma'lumotlarni uzatish, fikr almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab etadi. Shunday ekan, har bir shahsning jamiyatda tutgan o’rni, ishlarining muvaffaqqiyati, obro’si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bеvosita bog’liqdir. Bir harashda osonga o’hshagan shahslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab bo’lib, unga odam hayoti davomida o’rganib boradi. Muloqotning psihologik jihatdan murakkab ekanligi haqida taniqli psiholog B.F.Parigin shunday yozadi :
a) individlarning o’zaro ta'sir jarayoni;
b) individlar o’rtasidagi ahborot almashinuv jarayoni;
v) bir shahsning boshqa shahsga munosabat jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta'sir ko’rsatish jarayoni;
d) birbiriga hamkorlik bildirish imkoniyatlari;
е) shahslarning birbirini tushunish jarayoni.
Adabiyotlar:
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2006.