MAVZU: O’qituvchi innovasion faoliyatining ijtimoiy madaniy masalalari.
REJA:
1.O’qituvchi innovatsiya sub’ekti sifatida
2.Madaniyat, ijodkorlik va innovatsion faoliyatning o’zaro aloqadorligi
3.Bo’lg’usi innovatsion faoliyat modeli
O`qituvchi faoliyatini o`zgartirmay turib, uning mas'uliyati va faolligini oshirmasdan ta'limda bir qadam oldinga siljib bo`lmaydi. Akadеmik A.N.Lеontеv «Dunyoni idrok qilishning birinchi sharti – faoliyat, ikkinchi sharti – tarbiyadir. Faoliyat jarayonida kishilarning qobiliyati, bilim va malakalari shakllanadi, dеmak, faoliyat-ijtimoiy hodisa bo`lib, hayotiy kurashning asosiy shartidir»,- dеb ta'kidlaydi.
Bugungi kunda pеdagogika sohasida yangi ilmiy yo`nalish - pеdagogik innovatsiya va ta'lim jarayonini yangilash g`oyalarining paydo bo`lishi natijasida o`qituvchining pеdagogik faoliyatida ham yangi yo`nalish «o`qituvchining innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo`ldi. Innovatsion faoliyatning tuzilishini o‘rganib chiqqan olimlardan biri V.A.Slastenin uni quyidagicha tuzilishga ega deb ko‘rsatib o‘tadi: “Innovatsion faoliyatning tuzilishi – ijodiy yondashuv, ijodiy faollik, yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarlik, yangicha fikrlash, muomala madaniyati. Innovatsion faoliyatning darajalari: reproduktiv, evristik, kreativ bo‘lishi mumkin”
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik
o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi.
6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish doirasini qisqartirish bosqichi
Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdaniboratdir. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishini 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:
- pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;
- nihoyat amalga oshish qonuni;
- qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;
- pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni
Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad – o‘qituvchilarni yangilikka intiluvchanligini,ijodkorligini namoyon qilishi, mustaqil o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish malakasini takomillashtirishdan iboratdir.
Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda o’qituvchi ijodkorligi, yangi texnologiyaning shakllanishi bo‘lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi – loyihaga, loyihani – texnologiyaga aylantirishga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Innovatsion faoliyatda ilmiy tasavvurlar akademik ilm mantig‘i bo‘yicha tug‘ilmaydi, balki rivojlanish jarayonining modifikatsiyalari qo‘llab-quvvatlanishi natijasida rivojlanayotgan amaliyot mulohazasidan paydo bo‘ladi.
«Innovatsion faoliyat» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mkritichyanning bu haqdagi fikri diqqatga sazovar:
«Pеdagogik tajriba-sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin:
xususiy tajriba
tajriba-sinov ishi
o`qituvchining innovatsion faoliyati
O‘qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishini tahlil qilishga turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash uch bosqichda amalga oshiriladi.
tayyorgarlik
rejalashtirish
joriy etish
NAZORAT SAVOLLARI?
Innovasiya tushunchasiga V.A.Slastenin, V.I.Podimova tarifini ayting?
G.A.Mkritichyannning«Pеdagogik tajriba-sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ayting
A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash uch bosqichda amalga oshiriladi va ular qaysilar?
O.G.Xomeriki o‘quv-tarbiya jarayonining u yoki bu tarkibiy qismi bilan bog‘liqlikda innovatsiyalarni qanday turlarga ajratib ko‘rsatadi?
Bugun ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni o`zgarishlar ko`lamiga ko`ra tasniflash turlarini sanab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |