O`quvchilarning reyting tizimi bo`yicha to`plagan umumiy ballarini hisoblash. Eng yaxshi o`quvchini aniqlash va o`quvchilar bilimini o`zaro takkoslash uchun har bir fanga o`quv jarayoni rejasida ajratilgan soatlarni ham hisobga olish kerak.
O`quvchilarning har bir fan bo`yicha to`plagan boshlangich maksimal bali quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Rb=Rjn+Ron+Ryan=45+40+15=100 (1)
O`quvchilarning har bir fan bo`yicha to`plagan boshlangich reyting bali quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Rub=Rujn+Ruon+Ruyan (2)
Bu erda Rujn – o`quvchining JN ta to`plagan real bali; Ruon – o`quvchilarning ONda to`plagan real bali; Ruyan – o`quvchining YAN ta to`plagan real bali.
O`quv jarayoni rejasida har bir fan uchun ajratilgan soatlarni hisobga olgan holda o`quvchining xakikiy reyting balini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
Rx=Rub+Rf (3)
Bu erda: Kf=S/100 – fan koeffisenti bo`lib, o`quv jarayoni rejasida ma`lum bir fan uchun ajratilgan soatlarga boғliq:
S – o`quv jarayoni rejasida ma`lum bir fan uchun semestrda ajrailgan soatlar soni.
O`quvchining ma`lum fanlar bo`yicha to`plagan reyting ballarini aniqlagandan sung barcha fanlar bo`yicha umumiy reyting balini quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ru=Rx1+Rx2+Rx3+…+Rxn (4)
bu erda: n – fanlar soni.
Bu formula guruhda eng yaxshi o`quvchini aniqlashga imkon beradi, lekin kursda, kollejda eng yaxshi o`quvchini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Rn=Rur/Rum.100 (5)
Bu erda Rn – o`quvchining nisbiy reyting bali:
Rur – o`quvchining fanlar bo`yicha to`plagan umumiy real bali.
Rur – o`quvchining fanlar bo`yicha to`plashi mumkin bo`lgan maksimal bali.
O`qituvchi o`quvchilarning bilimini baholaganda uning og`zaki javobini, uy vazifasini qay daraja bajarilganligini, yangi materialni o`rganishdagi faolligini, mustaqil va yozma-amaliy ishlarning qay tariqa bajarishini nazarda tutish lozim. Shuning bilan birga yozuvsiz xaritalarda bajargan ishiga ham vaqti-vaqti bilan baho qo`yish mumkin.
O`quvchilarning yozma ishlarini baholashda geografik termin va nomlarning to`g`ri yozilishini (geografik savodxonligini), ishlarning sistemali va bartartib bajarailganligini ham nazarda tutish lozim.
O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholashda, javobning ijodiy va salbiy tomonlarini o`quvchilarga aniq ko`rsatib berish shart. O`quvchilarning bilimi besh balli sistema bilan baholanadi.
· Besh - javob to`liq, to`g`ri, o`quvchi asosiy faktik materiallarni biladi, asosiy ilmiy tushunchalarni egallagan, geografik aloqadorlikni tushunadi va misollar keltiradi; xarita va boshqa ma`lumotlar manbalarning tarkibi va ular bilan ishlashning izchil usullarini biladi; ulardan mustaqil foydalana oladi va xaritalardagi obyektivlarni xatosiz ko`rsatadi. O`quvchilarning, xususan, o`quv masallarini hal etishda ijodiy yodashishi, eng yangi geografik voqealardan xabardorligi rag`batlantiriladi.
· To`rt - javob to`liq va to`g`ri, ammo faktlarni ifoda etishda, tunushchalarni aniqlashda, geografik aloqadorlik va xulosalarni tushuntirishda o`qituvchining qo`shimcha savollari asosida osongina to`g`rilash mumkin bo`lgan noaniqliklarga yo`l qo`yadi.
· Uch - javob to`g`ri, o`quvchi asosan materialni tushunadi, ammo tushuncha-larni aniq belgilay olmaydi, aloqadorliklarni mustaqil tushuntirishda qiynaladi yoki faktlarni izchillik bilan ifodalay olmaydi.
· Ikki – javob noto`g`ri, asosiy faktik materialni, geografik qonuniyatlarni bilmaydi, tushunchalarni belgilashda qo`pol xatolarga yo`l qo`yadi; darslik va xarita bilan ishlay olmaydi.
· Bir – og`zaki javob yoki yoki amaliy ish natijasi yo`q.
O`quvchilarning bilimini baholashda raqamlardagi, dasturlardan tashqari geografik nomlardagi arzimagan noaniqliklar uchun baho pasaytirilmaydi, statistik jadval, xaritalardagi zarur ma`lumotlardan foydalana olmaganligi uchun esa baho pasaytirilishi mumkin.
Chorak bahosi, o`rtacha arifmetik hisob bilan emas, balki barcha baholarning salmog`ini inobatga olib chiqariladi. Bundan o`quvchining og`zaki yoki yozma individual bahosi ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |