Bog'liq 1. Optik signallarni regeneratsiyalash. Regeneratorning tuzilish-fayllar.org
Regeneratorning tuzilish sxemasi va ish prinsipi CHK
CHQ
HQQ
SHQ
KAB
TCHA
1
2
3
4
5
6
Bu elementlarning vazifalarini regenerator ishining vaqt diagrammasidan ko'rish mumkin. Bu rasmdagi 1-6 signallar regeneratorning 1-6 nuqtalaridagi signal ko' rinishlaridir. Regenerator ishini ko'rib chiqamiz. QQF chiqishidan signallar chegaralovchi kuchaytirgichga (1) tushadi. ChK KAB sxemasidan ham boshqariladi. KAB HQQ yordamida «1» va «0» impulslarni to'g'ri hal qilish uchun signal sathini doimiyligini qo' shimcha ravishda saqlab turadi. ChKda signallar kuchaytiriladi va buzilishlarni ma'lum bir qismini bartaraf etish maqsadida signallarni amplitudalari chegaralanadi (2). ChK chiqishidan signal ChQ va TChA kirishiga tushadi. Signal sathi Ucheg dan oshsagina ChQ chiqishida signal hosil bo'ladi (3). TChA chiqishidan HQQ kirishiga (4) fT=1/T taktli chastota impulslarining davriy ketma-ketligi uzatiladi, bu yerda T-impulslar ketma-ketligi davri.
t t t t t t Ucheg
T T U 6
5
4
3
2
1
Signal+halaqit
Halaqit
Regenerator ishining vaqt diagrammasi
Agar HQQning birinchi kirishiga ChQ chiqishidan axborot signallari ketma-ketligi (3), ikkinchi kirishiga taktli impulslar ketma-ketligi (4) berilsa va ular bir-biri bilan mos tushsa, HQQ chiqishida ma'lum amplituda va davriylikka ega impulslar hosil bo'ladi (5). Bu impulslar ShQga uzatiladi. ShQda impulslar shakli to'liq regenerasiyalanib, boshlang'ich signallarga mos keluvchi impulslar shakllanadi. So'ng bu impulslar EOO' da optik nurlanish impulslari ketma-ketligiga o'zgartiriladi. Chegaraviy kuchlanishni o'zgarishi regeneratorning shovqinbardoshliligini kamaytiradi, bu chegaralovchi kuchaytirgich (ChK) chiqishidagi to'g'rilangan impulslarning maksimal qiymati va chegaralovchi qurilmaning chegaraviy kuchlanishi orasidagi optimal nisbatni buzilishiga olib keladi. Bunday optimal nisbatni doimiy ushlab turish uchun regeneratorlarda KAB qurilmasi qo'llaniladi. Regeneratorlarning yuqorida aytib o'tilgan imkoniyatlari tufayli signallar to'liq qayta tiklanadi, shovqinlarning ta'sir qilishi yo'qoladi, aloqa sifati yaxshilanadi, shovqindan himoyalanganlik oshadi.
Ko'p kanalli optik tizimlarni tuzish, shuningdek regeneratorlar orasidagi masofani uzaytirishga urinish optik kuchaytirgichlarni rivojlanishiga sabab bo'ldi. Optik kuchaytirgichlar nolga teng bo'lmagan sijigan dispersiyali bir modali NZDSF tolalarining afzalliklari tufayli qimmat regenerasiyalash tizimlarini qo'llamaslik imkonini yaratadi va optik tola bo'ylab uzatiladigan axborot xajmini keskin oshiradi. Shuningdek, optik kuchaytirgichlarni ishi uzatish tezligiga bog'liq emas, regeneratorlarda esa aksincha. Optik kuchaytirgichlarni quyidagi asoslarda ishlab chiqarish mumkin: - aralashma optik tolalar asosidagi kuchaytirgichlar, - yorug'likning Raman sochilishiga asoslangan optik kuchaytirgichlar, - yarim o'tkazgichli p-n o'tish asosidagi kuchaytirgichlar.