ў, қ, ғ, ҳ) qo'shilgan. Kirill yozuvida 2 ta belgi (ъ, ь) bo'lib, ular tovush bildirmaydi. Ayirish belgisi (ъ) unlidan keyin kelganda o'sha unlining cho'ziq aytilishi (маъно, эълон), undoshdan keyin kelganda bo'g'inlami ajratib aytilishini (суръат, журъат); yumshatish belgisi (ь) esa ruscha-intematsional so'zlarda o'zidan oldingi undoshning yumshoq aytilishi uchun (альбом, циркуль) xizmat qiladi. Alfavitdagi j harfi 2 tovushni, portlovchi j (jayron) va sirg'aluvchi j (jurnal) tovushini ifodalaydi. Alfavitdagi n va g harflari alohida n va g tovushlarini yozuvda ifodalash bilan birga, birikma shaklida sayoz til orqa burun tovushini (ng) ifodalash uchun ham xizmat qiladi (tong, bodring). - 1996-yildan boshlab amalga lotin alifbosi asosidagi o‘zbek yozuvi joriy etildi. Bu alifboda 29 ta shakl bo’lib, ular 30 ta tovushni ifodalash uchun xizmat qiladi: Aa, Bb, Dd, Ее, Ff Gg, Hh, li, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv, Xx, Yy, Zz, O' о G‘g ‘, Sh sh, Ch ch, Ng ng. Hozirgi o‘zbek yozuvidagi undosh harflar bir tovushni ifoda etadi. (Jj harfi bundan mustasno). Ikkita tovushni ifodalash uchun Jj ishlatiladi: 1) qorishiq, portlovchi j (d+j) tovushini (jo'ja, jayron, avj kabi) va 2) sirg‘aluvchi j tovushini (jurnal, jirafa) bildiradi. Mazkur yozuvda uchta harf birikmasi mavjud: ng, sh, ch. Ular so‘z tarkibida ajratilmaydi va bo‘linmas bir tovushni ifoda etadi: ng sayoz til orqa, portlovchi-sirg‘aluvchi, sonor undosh tovushini (tong, ohang, chang. manglay), ch til oldi, qorishiq portlovchi, jarangsiz undosh tovushni (charos, tinch, sinch, choynak), sh til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undoshni (shabada, shar, shahar,toshqin, bosh) ifodalaydi.
- Tovushlar ikki turga bo’linadi: 1) unli tovushlar, 2) undosh tovushlar. Ular unli va undosh harflar bilan belgilanadi. Hozirgi o‘zbek alifbosida 6 unli tovush va 6 ta unli harf bor (a, o, u, i, о’, e). 23 ta undosh tovush 22 ta undosh harf bilan belgilab ko‘rsatiladi (b, d, f, g, h, j, k, 1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, sh, ch, ng). Har bir harfning bosh va kichik, bosma va yozma shakllari bor. Harflaming alfavit taritibini bilish muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki turli lug‘atlar, davlat idora organlarida, arxivlarda saqlanadigan hujjatlar, ro‘yxatlar alfavit tartibida tuziladi.
- Yozuvda harflar bilan birga tinish belgilar: (.) (,) (?) (!) (:) (;) (...) («») (“) (’) ham qo’llanadi. Urg‘u (’) belgisi so‘z bo‘g‘inlaridan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilish uchun unli harf ustiga qo‘yiladi. Yozuvda harflar bilan birga tinish belgilaming ham roli katta. Tinish belgilari yordamida fikr yozuvda aniq, ravshan va tushunarli qilib beriladi. Og‘zaki nutq orqali berilgan fikrni to‘liq ifodalash uchun xizmat qiladigan ohang va pauzalari yozuvda tinish belgilari orqali ifoda etiladi. Tutuq belgisi (’) ham grafik vositalardan biri sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) so‘zda unli tovushdan keyin kelib, uning cho‘ziq aytilishini (a’lo, e ’tibor, istemol); 2) so‘zda undoshdan keyin kelib, oldingi bo‘g‘in bilan keyingi bo‘g‘inning ajratib aytilishini bildiradi; 3) so‘z ma’nolarini farqlab beradi (ta na - malomat, tana - organizm); 4) s va h tovushlarini sh tovushidan farqlaydi: Is ’hoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |