Reja: Nutq sifatlari haqida ma’lumot



Download 0,89 Mb.
Sana29.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#81287
Bog'liq
ona tili


MAVZU: Nutq uslublari.

Reja:


1. Nutq sifatlari haqida ma’lumot.

2. Nutqning ifodaliligi

3. Nutqning ifodaliligini ta’minlovchi vositalar

Nutq tinglovchi yoki o’quvchiga jiddiy ta’sir qilishi uchun u ham shaklan, ham mazmunan diqqatni o’ziga jalb qil oladigan bo’lishi lozim. Ifodalilik sifatiga sohib bo’lgan nutq bunday vazifani bajarishi mumkin. Bu kommunikativ sifat til vositalarini ifoda maqsadiga to’la muvofiq tarzda tanlash asosida yuzaga keladi.

Nutqning turli uslublari bu kommunikativ sifatga turli darajada ehtiyoj sezadi. Masalan, rasmiy ish qog’ozlarida ifodalilikka nisbatan kamroq e’tibor qilinsa, ilmiy uslubda o’rni bilan bir qadar bu sifat kerak bo’ladi.

Ifodalilik, ayniqsa, badiiy nutqning zaruriy sifatlaridandir.

Tilda ifodalilikni ta’minlashga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda ko’p va xilma-xil. Bunday imkoniyat tilning barcha birliklarida mavjud. Tilning tovush qurilishi, so’z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonatsiya kabilarning har biri nutq ifodaliligining bitmas-tuganmas manbalaridir. Nutq tuzuvchibulardan yetarli xabardor bo’lsa, nutqning ifodalilik sifatini ta’minlashga qiynalmaydi.

Tilning so’z xazinasi nutqiy ifodalilikning o’ziga xos asosiy manbalaridan biridir. Ammo tilning lug’at boyligidagi so’zlar bilan frazeologik iboralar solishtirilganda, iboralarning ifodalilik nuqtayi nazaridan imkoniyati sezilarli darajada katta ekanligi yaqqol ko’rinadi.

Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan og’zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhim sanaladi. Ya’ni notiq auditoriyani hisobga olishi – ularning bilim daraja-sidan yoshigacha, hatto nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turilishi, nutqning tinglovchilar tomonidan qabul qilinishi nazorat qilib borilishi lozim bo`ladi. Malakali bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo`n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo`lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma’lumotga ega bo`lmagan auditoriya oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi. Va butun diqqat-e’tibor ifodalamoqchi bo`lgan fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazish vazifa qilib qo`yiladi.

Tinglovchining e’tiborini qozongan nutqgina ta’sirchan nutq hisoblanishi mumkin. Buning uchun, yuqorida ta’kidlanganidek, suhbat mavzusini yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq rejasi ham bo`lishi zarur. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o`zaro bog’lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini tushuntirib, shundan keyingina gapni boshlash lozim.



So`zlovchining o`z nutqiga munosabati ham muhim. Shunday bo`lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin bo`ladi. So`zlovchi va tinglovchi o`rtasida samimiyat paydo bo`ladi. Notiq fikrlarini o`zi yoki auditoriyadagi kishilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subektiv mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli chiqadi.







IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  1. Nutqning ifodalilik sifatini tasvirlang.

  2. Nutqning ifodalilik sifatiga qaysi uslubda ko’proq ehtiyoj seziladi?

  3. Qaysi nutqiy uslubda ifodalilik sifati u qadar muhim emas?

  4. Nutq ifodaliligini yuzag chiqarishda so’z va ibora ma’nodoshligi qanday ahamiyat kasb etadi?

V. Amaliy mashg’ulot. 81-mashq

Quyidagi matnni o’qib turib o’quvchilar ko’chma ma’nodagi so’zlar yordamida ifodalilikning aks etishini izohlaydilar.





82-mashq. O’quvchilar slaydda ko’rsatilgan nutqdan parchani tahlil qilib nutqiy ifodalilikni ta’minlash maqsadida qo’llangan birliklarni aniqlaydilar.


Himmatni qarang!

Tarixchilarning yozishicha, “oqposhsho” Aleksandr Ikkinchi oliy hazratlari ko’p “adolatpesha” bo’lgan ekanlar.

Chernyayev ayni saratonda Toshkentni qariyb ikki oy suvsiz qoldirib qamal qilganini, shaharga bostirib kirgach, aholini ayovsiz qirganini eshitib, podshoyi olam qattiq ranjibdilar. Shu qadar xafa bo’libdilarki, Chernyayevni kapitanlik unvonidan mahrum qilib, general unvonini beribdilar. Bandi brilliant bilan jilolangan oltin qilich hadya qilibdilar.

Bir “bechora”ni jazolash bo’lsa, shunchalik bo’ladi-da!



(O’.Hoshimov)




QILDAN QIYIQ AXTARMOQ




YETTINCHI OSMONGA CHIQMOQ



QORA TERGA TUSHMOQ

Yuqoridagi iboralar ishtirokida o’quvchilar gap tuzishadi.



  1. Darsni yakunlash va baholash.

Dars yakuniga ko’ra guruhlarning faolligiga o’rin beriladi va yaxshi faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VII. Uyga vazifa berish.

84-mashq. Tugadi – bitdi, keldi – qadam ranjida qildi kabi so’zlar ishtirokida gap tuzish.

Badiiy matndan parcha olib nutqiy ifodalilik nuqtayi nazaridan izohlab berish.
Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish