Axborot xat namunalari.
1-ilova
DARSLIKLAR BILAN ТA’MINLASH HAQIDA
«O‘qituvchi» nashriyoti o‘zbek tilida o‘quvchilar uchun quyidagi darsliklarni nashrdan chiqarganligini Sizga ma’lum qiladi:
«Jadon tarixi» – 7-sinf uchun
«Jahon tarixi» – 10-sinf uchun
«Umumiy biologiya» – 10-11-sinflar uchun.
Q. Abdullayeva. «Yozishni o‘rganamiz».
Ushbu darslik va kitoblarni yetkazib berish uchun tegishli nusxada buyurtmalar qabul qilinadi.
Ulgurji xaridorlarga darsliklarni sotib olishda chegirma (skidka) beriladi.
2-ilova
ILMIY-AMALIY SEMINAR O‘ТKAZISH HAQIDA
O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Тil va adabiyot instituti 1999-yil oktabr oyida «Hujjatlar tili va uslubi» mavzuida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Seminardan ko‘zlangan maqsad – hujjatlar tilining nazariy va amaliy tomonlariga bag‘ishlangan masalalarni muhokama qilish. Seminar hujjatshunoslarga, ish yurituvchilarga, fuqarolik holati hujjatlarini rasmiylashtiruvchilarga, shuningdek tilshunoslarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
– hujjatlar tilini tartibga solish va ish yuritish atamalarini bir xillashtirish;
–ish yuritish atamalarini tartibga solishning yangi axborot texnologiyasi sharoitidagi samaradorligi;
– hujjatlarni tasniflash va hujjatlar tizimi;
– hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishning umumiy qoidalari;
– hujjatlarning Davlat yagona nusxasini yaratish,
Sizni ilmiy-amaliy seminarda o‘z ma’ruzangiz bilan qatnashishga taklif etamiz. Ma’ruzalarni maxsus to‘plam shaklida 2000 yilda nashr qilish rejalashtirilgan.
Ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etish va ma’ruza mavzui haqida 1999.01.09 gacha quyidagi manzilga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
700170, Тoshkent shahri, Mo‘minov ko‘chasi, 9-uy,
O‘zR FA Тil va adabiyot instituti.
Ma’lumot uchun telefon: 162-64-14.
Institut direktori Т. Mirzayev
«Ma’ruza» so‘zi, odatda, ikki ma’noda ishlatiladi:
Rahbar yoki boshliqqa og‘zaki yohud yozma berilgan axborot. Masalan, «Bayram oldi topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan yoshlar tashkiloti mutasaddisining maktab direktoriga yozma ma’ruzasi» kabi.
Biror mavzu yuzasidan jamoatchilik oldida berilgan axborot.
Ikkinchi ma’noda ma’ruza omma orasida so‘zlanadigan nutqning ko‘rinishlaridan bo‘lib, turli mavzularda yoziladi; ya’ni pedagogik mavzudagi ma’ruza, adabiyotlar obzoriga bag‘ishlangan ma’ruza, ilmiy ma’ruza, hisobot ma’ruzasi kabi.
Ma’ruza ma’lum tayyorgarlikdan keyin yig‘ilgan materiallarga, dalillarga asoslangan holda yoziladi. Shunga ko‘ra, ma’ruza yozuvchi unda ma’lum maqsadni amalga oshirishni ko‘zda tutadi va rejalashtiradi.
Dalillar, manbalardan olingan parchalar ko‘zlangan maqsadni ochadigan qilib tanlanadi. Masalan, o‘qituvchi maktab yoki sinf haqida ota-onalar majlisida ma’ruza qilmog‘chi bo‘lsa, u maktab, sinf hayotini yaxshi o‘rganishi, dalillarni tahlil etib, ma’lum xulosalarga kelib qo‘yishi sinfning o‘zlashtirishi, unga sabab bo‘layotgan ijobiy yoki salbiy hodisalar, sinf o‘zlashtirishini ko‘tarish borasidagi rejalar, ilmiy faraz va vazifalar avvaldan yaxshi o‘ylab olinishi kerak. Ma’ruzada turli xil raqamlar, ularni bir-biri bilan solishtirish, o‘zlashtirilish foizlarini hisoblab chiqarish ham ko‘zda tutiladi. Ammo haddan tashqari ularga ko‘p o‘rin berish ma’ruzani zerikarli qiladi. Ma’ruza uchun kerakli dalil va materiallar tayyor bo‘lgach, endi ma’ruzaning tuzilishi ustida, fikrlarni ifodalash vositalari, ohang, mantiqiy urg‘u ustida mashq qilinadi. Bu jarayonda tinglovchilar bilan alohida bog‘lab turishning vositalari – undalma, kiritma gap, kirish so‘z, o‘rni bilan yumor, kinoya va boshqalardan foydalanish ustida o‘ylab ko‘rish ham yaxshi natija beradi.
Ma’ruzaning umumiy rejasi quyidagi qismlarni o‘z ichiga olishi zarur:
Kirish qism. U asosiy masalaga o‘tish «ko‘prigi» hisoblanadi. Unda taxminan, kundalik siyosat, ma’ruza uchun sabab bo‘lgan voqealar singari omillar ustida so‘zlanib, asta-sekin mavzuni yoritishga o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |