ma’nosida guyo farq yo’qdek. Biroq birinchi gapda shaxsning butun gavdasi, ust - boshi ko’zda
tutilsa, ikkinchi gapda yuzi ko’zda tutiladi. Demak, yuz va bashara so’zlari o’zaro sinonim bo’lsa
- da, ular anglatayotgan tushunchalar bir - biridan farq qiladi.
Tilning so’z boyligini, uning sinonimlar, antonimlar, omonimlar sistemasini, har bir
so’zning o’ziga xos ma’no va
grammatik xususiyatlarini, ularning o’zaro munosabatlarini yaxshi
bilish - nutqning tozaligi, ta’sirchanligi, ifodalilshi, qisqaligi kabi ko’pgina boshqa aloqaviy
sifatlarni ham ta’minlaydi.
Demak, tilning lug’at tarkibini yaxshi bilmasdan turib, boy nutqga erishib bo’lmaydi. Nutq
madaniyati ilmiy tarmoq sifatida lug’atshunoslik (leksikografiya) bilan uzviy aloqadorligipi
ko’rsatadi. SHu o’rinda S.Akobirovning quyidagi fikri juda ahamiyatlidir: «Fikrni qisqa, aniq va
to’g’ri ifodalash uchun muvofiq so’z topish kerak bo’lgan xollarda ham lug’atlardan
foydalaniladi».
Nutq madaniyati sohasining tekshirish ob’ekti nutqning aloqaviy sifatlari yig’indisi va
tizimini, ularni ta’minlovchi
shart - sharoitlar, shu sifatlarning takomillashuvi, rivoji yoki
qoloqlashishi, pasayishi kabilarni o’z ichiga olsa; uslubiyat sohasining ob’ekti til va nutq
uslublarini o’rganshidir.
Modomiki, uslubiyat nutq uslublarini ham o’rganar ekan, xuddi shu
holatda nutq madaniyati bilan uning munosabati vujudga keladi. CHunki nutq madaniyati haqidagi
ta’limot o’z-o’zidan til uslublarini batafsil aks ettirish, har bir uslubning o’ziga xos tomonlarga
ega ekanligining imkoniyatlarining yoritilishiga ehtiyoj sezadi. CHunki nutqning aloqaviy
sifatlari, odatda har bir uslub doirasida o’zgarishi, biri bir uslubda yaxshiroq namoyon bo’lgani
holda, ikkinchisi boshqa bir uslubda sustroq namoyon bo’ladi. Masalan,
publitistik uslubda
aniqlik, to’g’rilik birinchi o’ringa chiqsa va yaxshiroq namoyon bo’lsa, badiiy uslubda ifodalilik,
tasviriylik, obrazlilik, mantiqlilik kabi sifatlar birinchi o’ringa chiqadi. Badiiy uslubda badiiy
tasvir vositalaridan keng foydalaniladi. SHuning uchun ham ba’zan, badiiy uslubda eskirgan va
lahjaviy so’zlardan ham foydalaniladi, ba’zan so’z shakllarining o’zgartirilishiga
ham ruhsat
etiladi. Nutq madaniyati haqidagi ta’limot nutq uslublarining nutq aloqaviy sifatlariga ba’zan
ijodiy, ba’zan salbiy ta’sir qilishi bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ham o’rganadi. CHunki kishilar
har qanday sharoitda va o’z faoliyatlarining hamma sohalarida bir-birlari bilan aloqada bular
ekanlar, ularning har biri o’z tilidagi lug’aviy grammatik va boshqa vositalarni tanlab ishlatishga
harakat qiladi.
Ko’rinadiki, uslubiyat va nutq madaniyati bir - birini tamomila inkor etmaydi aksincha, bir
- birini to’ldiradi, alohida - alohida soha bo’lishlariga qaramay, bir - biri uchun xizmat qiladi.
Nutq madaniyati ilmiy soha sifatida mantiqshunoslik va ruhshunoslik fanlari bilan
chambarchas aloqada bo’ladi. Ma’lumki, mantiqiy tushunchalar va hukmlar bilan ish yuritadi.
Madomiki, tushunchalar so’z bilan; fikrlar, hukmlar gap bilan ifodalanar ekan, ana shu so’zlar va
gaplar bilan ular ifodalagan tushunchalar va hukmlarning bir - biriga mos kelgan -kelmaganligi,
ular o’rtasida zidlikning bor - yo’qligi muhimdir.
Ma’lumki, so’zlar ko’p ma’noli bo’ladi va ular bir necha tushunchani ifodalashi mumkin:
oyoq - odamning oyog’i, stulning oyog’i, mashinaning oyog’i kabi. SHuningdek, so’z o’zgarmay
qolgani holda tushuncha o’zgarib ketishi mumkin: domla tushunchasi o’zgargan, so’z o’sha -
o’sha.
Xuddi shuningdek, har bir hukm albatta ma’lum
bir gap orqali ifodalansa-da, ba’zan gap
bilan hukm bir-biriga mos kelmay qolishi ham mumkin. Masalan, farzandni kim sevmaydi,
deysiz? gapi so’roq gap, inkor shaklida, biroq undan tasdiq hukmi anglashiladi. Ritorik so’roq
gaplar ana shunday xususiyatlarga egadir. Bir hukm ba’zan bir necha gap orqali ham ifodalanishi
mumkin. Buning natijasida sintaktik sinonimiya vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: