II sinf – Minglar sinfi
|
I sinf – Birlar sinfi
|
Yuz
minglar
|
O`n
minglar
|
Bir
minglar
|
Yuzlar
|
O`nlar
|
Birlar
|
|
|
|
|
|
|
1 - rasm
O`quvchilar xona va sinflar jadvalini chizish bilan birga sinflarning o`xshashligi va farqini yaxshi anglab yetadilar.
3. 753 sonida hammasi bo`lib nechta o`nlik bor? degan savolga o`quvchilar taxminan bunday javob berishadi: I xonada o`nlik yo`q, II xonada 5 ta o`nlik bor, III xonada 70 ta o`nlik bor, hammasi bo`lib 70+5=75 ta o`nlik bor. O`qituvchi o`quvchilarga hamma mulohalarni o`tkazmasdan sonda nechta o`nlik borligini aniqlash qanday bajarilishini tushuntiradi. Shu maqsadda berilgan sonning I xona birligini ifodalovchi raqam berkitiladi va hosil bo`lgan son o`qiladi: 75. Bu usulda o`quvchilar o`zlari ham sonda hammasi bo`lib nechta o`nlik, yuzlik, minglik borligini osongina aniqlab oladilar.
4. Ko`p xonali sonlar odatda turli sinf sonlardan tuzilgan. Sonda shu tarkibiy qismlarni ajrata olish ko`p xonali sonlarni o`qish va yozishda asos deb hisoblanadi. Shuning uchun ko`p xonali sonlarni xona qo`shiluvchilari yig`indisi bilan almashtirishga doir mashqlar bilan bir qatorda o`quvchilar sonni turli sinf sonlari yig`indisi (41305=41000+305) bilan almashtirishga o`rgatish muhimdir. Ko`p xonali sonlar sinflar bo`yicha o`qiladi va yoziladi. O`qishda sinflarni bir-biridan chiziqcha yoki yoy bilan ajratish, yozishda esa sinflarni nuqtalar bilan belgilash kerak. 235.347.
O`quvchilarni sonlarni yozishga mashq qildira borib, son bilan raqamning farqini ta'kidlab o`tish zarur: raqamlar yordamida sonlar yoziladi; sonlar bir-biridan raqamlarning soni bo`yicha farq qiladi. Raqamlar o`z o`rin qiymatiga ega bo`lishi bilan birga sonning yozuvdagi o`rniga qarab ham qiymatga ega bo`lgani uchun ayni bir raqamni takrorlash bilan 1,2,3,… xonali sonlarni yozish mumkin.
Nomerlashni o`rganish davomida sonlarni yozish uchun nechta raqam ishlatilishini, bir xil raqamlar nimani bildirishini, yozuvdagi 0 raqami nimani bildi-rishini so`rash kerak. So`ngra sonlarni taqqoslashga doir mashqlar bajarish foydali:
a) 30007 va 300004, b) 7004 va 5030, v) 8007 va 8070. Sonlarni taqqoslashdan oldin sonlarning har biri nechta sondan iborat ekanini aniqlash kerak. Masalan: a) da 1 –son 5 xonali 2 –son esa 6 xonali deb, 30007 < 300004 xulosa qilamiz. Agar sonlar xonalarining soni bir xil bo`lsa, tahlilni yuqori xonadan boshlanadi. Masalan: b) da 1-sonda 7 ming, 2-sonda 5 ming bor, shuning uchuni 7004> 5030 deb xulosa qilamiz.
Tajribalarning ko`rsatishga, o`quvchilarga u yoki bu xona birliklari qatnashmagan sonlarni yozish ayniqsa, qiyinlik qiladi. Masalan: “II sinfning 16 birligi va I sinfning 14 birligidan tashkil topgan sonni yozing” topshirig`iga o`quvchilar 16 14 deb yozishi mumkin. O`quvchilarning bu xatoga yo`l qo`yish sababi nima?
Bolalar ko`p xonali sonlarni sinflar bo`yicha ko`rgazmali ravishda og`zaki noto`g`ri qabul qilishlari ehtimol. Bunday xatoga yo`l quymaslik uchun o`quvchilarni eng oldin o`zlariga yuqori xona o`ngdan nechanchi o`rinda turishini belgilab olishlarini, sondagi raqamlar sonini fikrlab aniqlab olishga o`rgatish kerak.
Ko`p xonali sonlarni o`qish va yozish ko`nikmalarini shaklantirishda mashqlar turlarini quyidagi ketma-ketlikda bajarish mumkin.
1) Sonlarni taqqoslang: 8242…..8422, 3030…..3003.
2) Sonlarni ortib borish tartibida yozing:
3904, 52765, 52675, 60050, 3704, 60200.
3) Minglar sinfining tagiga chizing. 456703, 103976
4) Sonlarning qo`shnilarini ko`rsating. …4000…, …7999…, 100000…..
5) 6, 3, 0, 5 raqamlaridan foydalanib, beshta to`rt xonali son yozing. Ularni kamayib borish tartibida joylashtiring.
5. Nomerlashni o`rganish jarayonida o`quvchilar sonni 10, 100, 1000 marta orttirish va kamaytirish bilan ham tanishadilar. Songa bitta, ikkita, uchta… nolni qo`shib yozing (olib tashlash) bilan sonning yozuvdagi har bir raqamning qiymati uni chapga (o`ngga) surish bilan mos ravishda 10, 100, 1000… marta ortishini (kamayishini), sonning o`z esa shuncha marta ortishi yoki kamayishini bilib oladilar. Masalan: 700 ni 10 marta orttiring, 480 ni 1000 marta kattalashtiring. 38600 ni 100 marta kamaytiring.
Bu mashqlarni bajarishda o`quvchilar sonlarning yozilishida raqamlarning o`rin qiymati printsipini bilganliklariga asoslanadilar.
6. Raqamning sonning yozuvdagi o`rniga ko`ra qiymatini tushunish sonning o`ng tomoniga nollarni qo`shib (olib) yozish yo`li bilan sonni 10, 100, 1000 marta orttirish yoki kamaytirishga asoslangan. O`ng tomondan songa bitta nol qo`shib yozish bilan berilgan sonda 10 marta katta songa ega bo`lamiz; shunga o`xshash, sonning o`ng tomonidan 2 ta nolni olib tashlash bilan berilgan sondan 100 marta kichik songa ega bo`lamiz, chunki har bir raqam ikki o`rin o`ngga suriladi va mos ravishda o`zi ilgari anglatgan xona sonidan 100 marta kichik xona sonini anglatadi.
7. Million ichida sonlarning natural ketma-ketligi qahida to`g`ri tasavvurlarni shakllantirish maqsadida bittalab, yuztalab, mingtalab qo`shishga doir, berilgan songa nisbatan undan bevosita oldin va keyin keluvchi sonlarni aniqlashga doir, 1 ko`rinishdagi misollar, eng katta va eng kichik ko`p xonali sonlarni aniqlashga doir mashqlar bajarish kerak.
Bunday tashqari sonlarning natural qatori haqidagi bilimlarni umumlashtirish maqsadga muvofiqdir. O`quvchi dastlab sonlarning bu qatorini yozib va uning davomini nuqtalar bilan belgilab (1,2, 3, 4….), o`qituvchi rahbarligida sanashda qo`llaniladigan sonlar qatori birdan boshlanishini undagi, har bir navbatdagi son o`zidan oldin keluvchi sondan bitta ortiq ekanini; berilgan ixtiyoriy sondan keyin keluvchi sonni hosil qilish uchun unga birni qo`shish kerakligshini, hosil bo`lgan songa yana birni qo`shish mumkinligini aniqlaydi. Demak, sonlarning bu qatorida oxirgi eng katta sonni aytish mumkin emas. Sonlar qatori cheksizdir.
8. Nomerlash bo`yicha, bilimlarni mustahkamlashga ismli sonlarni almashtirishga, bir nomda ifodalangan miqdorlar birliklarini boshqa nom bilan almashtirishga doir mashqlar yordam beradi. Dastlab bu topshiriqda nomerlash asosida bajariladi, so`ngra almashtirish usullari qoida sifatida umumlashtiriladi. Ismli sonlarni almashtirish abstrakt sonlar ustida tegishli amallarni bajarishga keltiriladi: Masalan, 6300 sm da necha metr borligini aniqlash uchun har bir 100 sm bir metrni tashkil etishini eslanadi va nechta yuz borligi (63) topiladi, 63 metr bo`ladi. 14 so`mni tiyinlarda ifodalash uchun 1 so`m=100 tiyinni eslanadi, demak 14 so`m 14 ta 100 tiyinga yoki 1400 tiyinga teng ekanligi aniqlanadi.
Keyinchalik murakkab hollar qaraladi. Masalan, 1845 sm = m sm – sodda ismli sonni murakkab ismli songa almashtirish va aksincha murakkab ismli sonni sodda ismli son bilan almashtirish – 20 kg 500 g= g,
94 so`m 07 tiyin = tiyin… hosil bo`lgan son bilan berilgan sonni taqqoslab o`quvchilar quyidagi xulosaga keldilar: sonning hammasida nechta yuzlik borligini bilish uchun birlik va o`nliklarni tashlab yuborib, qolgan sonni o`qish kerak degan qoidadan foydalansa bo`ladi.
Masalan; 1) 20kg 500g necha grammga teng bo`ladi deylik, 1kg =1000g bo`lgani uchun bu sonda 20 ta 1000 g va 500 g, ya'ni 20500 g bor.
2) 1845 sm = m sm ni qaraylik, 1 m =100 sm bo`lgani uchun bu sonda nechta yuzlik bo`lsa, shuncha metr bo`ladi, 100 dan kam son esa necha sm bo`lishini ko`rsatadi. 1845 sm =18 m 45 sm.
Ko`p xonali sonlarni o`rganishda o`quvchilarda vatanparvarlik va o`z vataniga iftixor ruhini tarbiyalash maqsadida, bilim va mehnat faoliyatiga qiziqish uyg`otish maqsadida matnli masalalarda atrof-turmushdan olingan, har xil materiallardan demokratik jamiyat qurilishi amaliyotida foydalanish kerak.
Ko`p xonali sonlarni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilim va malakalarni egallashlari lozim.
1. Millionlar sinfi ichida natural qator sonlarining nomlarini o`zlashtirib olishlari, ularning qanday hosil bo`lishini tushunishlari, ularning o`nli tarkibini bilishlari.
2. Sinflarning nomlarini va har bir sinf ichidagi xonalarni bilish.
3. Millionlar sinfi ichida har qanday sonni o`qish, yozish va taqqoslashni bilish.
4. Sonni xona qo`shiluvchilari yig`indisi bilan almashtirish, berilgan sondagi birlik, o`nlik, yuzlik va h.k. Umumiy sonini topa olishlari, sonlarni 10, 100, 1000 marta kattalashtira va kamaytira olishlari, bir nomda ifodalangan miqdorlarni boshqa nom bilan almashtira olishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |