Reja: Muzeyning ilmiy ma'lumotnoma apparati



Download 35,79 Kb.
bet2/3
Sana24.01.2023
Hajmi35,79 Kb.
#902033
1   2   3
Bog'liq
3-mavzu doc

Kataloglar tizimi. Muzey ilmiy tadqiqotlari, ilm-fan uchun ham yangidan yangi manbalami ochib .berishga ko‘maklashadi. Hozirda fond ishi yuzasidan muzey ilmiy tadqiqotlarining eng dolzarb masalalaridan biri - elektron kataloglar mа’lumotlar bazasini yaratishdir.
O‘zbekistonda muzey ishini axborotlashtirish, mustaqillik yillarida shakllana boshladi. Har bir muzey o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda, yangi kataloglashtirish loyihalarini ishlab chiqmoqda. Odatda, ekspozitsiyaga chegaralangan ashyolar majmuasi qo‘yilib, qolgan qismi esa fondlarda saqlanishi kuzatilar edi. Muzey ashyolarini to‘laligicha raqamli ko‘rinishga o‘tkazish, ularni diqqat bilan kuzatish va fondlarning saqlov rejimini o‘rganish borasida yengilliklar yaratadi. Bu muammolar borasida bir qancha yechimlar ishlab chiqilgan. Bular orasida eng ko‘p qo‘llaniladigan uslub kompakt disk va Internet saytlarida elektron katalog nashrlarni joriy etish hisoblanadi.
Elektron katalog nashrlar kitob nashrlaridan farqli tarzda chegaralanmagan matn, illyustrativ material va bir qancha xorijiy tillarni umumlashtirgan ma’lumotlar taqdim etib, muzeylar qanday qiziqarli katalog to‘plamlariga ega ekanligi haqida axborot beradi. Umuman, davlat katalogi deyilganda, Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyosi va muzey kolleksiyasi to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan, hisobga olish hujjati tushuniladi. Davlat katalogi O ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan yuritilib, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hisoblanadi. Milliy muzey fondi katalogi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari mulkdoriga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi. Davlat katalogi elektron va bosma ma’lumotlar bazasi ko‘rinishida shakllantiriladi. Madaniyat vazirligi mutaxassislari tomonidan “SKM-MUZEY” va “SKM-GID” dasturlari ishlab chiqildi. Dastlab mutaxassislar tomonidan xorijiy hamda MDH muzeylari tomonidan ishlab chiqilgan (KAMIS, Muzeolog) elektron katalog dasturlari o‘rganib chiqilganda, ushbu dasturlar orqali yagona
elektron baza yaratishning imkoniyati yo‘qligi ma’lum bo’ldi.
Bu jihatdan “SKM-MUZEY” dasturi mukammal ishlab chiqilgan bo’lib, hatto Rossiyaning yirik muzeylari xodimlarida ham katta qiziqish uyg‘otdi.
Dastur o‘zbek va rus tillardagi interfeysga ega. Dastur interfeysi quyidagi 9 bo’limdan iborat:
arxeologiya fondi;
• numizmatika fondi;
• etnografiya va amaliy san’at fondi;
• qurol-aslaha fondi;
• tasviriy san’at fondi;
hujjatlar, kitoblar fondi;
• kino-, fotohujjatlar, slaydlar, negativlar fondi;
• tabiiy-ilmiy ashyolar fondi;
• texnika va transport fondi.
Ushbu dastur turli yo‘nalishdagi muzey xodimlari faoliyatini avtomatlashtirish orqali quyidagi vazifalami hal etadi:
• dastlabki ro‘yxatga olish va atributsiya ishlari;
• ilmiy inventardan o‘tkazish;
• kartoteka bo‘yicha ashyo kartochkasini yuritish;
• ko‘rgazma va ekspozitsiyalami tayyorlash;
• ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.
Dastuming maqsadi:
kirim kitobini yuritish;
• tasvir va matnni o‘z ichiga olgan muzey kolleksiyalari
to‘g‘risidagi maiumotlar bazasini yuritish;
turli belgilar, m aium bir parametrlar orqali tez qidiruv va tanlashni ta’minlash;
• muzey ashyolari va kolleksiyalarining ilmiy tavsif kartochkalarini tayyorlash;
• hisobot va boshqa foydali ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
Mazkur dastur Milliy muzey fondining yagona elektron katalogi bo'lib, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha turdagi muzeylarda saqlanayotgan har bir muzey ashyosi va muzey kolleksiyasi to‘g ‘risida asosiy ma’lumotlar kiritiladi.
“SKM-MUZEY” katalog dasturining asosiy vazifasi respublikadagi barcha muzeylar fondidagi eksponatlar harakatini nazoratga olish, mahalliy va xorijiy ko‘rgazmalami o ‘tkazish jarayonini yengillashtirish hamda “SKM-GID” dasturi orqali sensorli kiosklar yordamida, fond zaxiralaridagi eksponatlar
haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berishdan iborat.
Davlat katalogini yaratish jarayoni mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan muzeylarga toifa berish, muzeylarda saqlanayotgan ashyolar va kolleksiyalami qayta ro‘yxatdan o ‘tkazish hamda muzey xodimlarining malakasini oshirish tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.

Download 35,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish