Reja: Muzeyning ilmiy ma'lumotnoma apparati



Download 35,79 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi35,79 Kb.
#902033
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu doc


MUZEYNING ILMIY MA'LUMOTNOMA APPARATI VA ILMIY TADQIQOTCHILIK FAOLIYATI
Reja:
1. Muzeyning ilmiy ma'lumotnoma apparati.
2. Muzeyning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish.
3. Kataloglar tizimi. Yo'lko'rsatkichlar tizimi.
4. Muzey ashyolariga ilmiy ma'lumotnoma apparati tuzish tartibi.

Muzeyning ilmiy ma’lumotnoma apparati. Ilmiy ma’lumotnoma apparati bir qator fanlar, fundamental va amaliy tadqiqotlaming tayanch asosi bo‘lib, muzeylarda yirik olimlaming fan uchun yangiliklar ochish, ilmiy ishlar olib borish jarayonlarini birlashtiradi. Muzeylar tadqiqot markazlari sifatida komplektlash, hisobga olish, o ‘z to‘plamlarini o ‘rganish, muzey kataloglarini bo‘limlarga ajratishni ishlab chiqish, saqlash sharoitini ta’minlash uchun zarur metodlardan foydalanish, ekspozitsiya va ko‘rgazmalaming ilmiy loyihasini yaratish ishlari bilan shug‘ullanadi.


Har qanday ilmiy tadqiqot ishi o ‘z predmeti va tadqiqot usullariga ega. Tadqiqot predmeti doim o ‘ziga xos (spetsifik) boiadi. Taniqli olim A.M.Razgon muzeyshunoslikning ilmiy m aium otlar tayyorlash jihatini quyidagicha ta’riflaydi: “Muzeyshunoslikda predmetlami ilmiy o ‘rganish - ijtimoiy axborot va bilim to‘planishi, saqlanishi, egallanishi, bilim, an’ana, tasavvur hamda his-hayajonni muzey ashyolari vositasida uzatish (tarqatish), muzey va muzey ishining paydo boiishi, rivojlanishi hamda ish yuritish jarayonlariga mansub obyektiv qonuniyatlar doirasidir”.
O‘z navbatida, muzey va muzey ishi ijtimoiy hodisa sifatida faqat muzeyshunoslikning emas, balki bir vaqtda falsafa, tarix, san’atshunoslik, sotsiologiyaning ham tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin. Bu xususiyat muzeyshunoslikning tarix va san’atshunoslik fanlari bilan bog‘liq rivojlanishini namoyon etib, ulaming ilmiy tadqiqot usullaridan ba’zilarini to‘liq, boshqalarini qisman foydalanishini ko‘rsatadi.
Muzey ashyolarini ilmiy tadqiq etishda arxeologiya, paleografiya, etnografiya, numizmatika, sfragistika, adabiyotshunoslik va san’atshunoslik metodlaridan foydalaniladi. Muzey ashyolarini qayta tiklash va buzilmaydigan qilib saqlash davomida tabiiy fanlar metodlaridan, masalan, rentgenografiya, spektrografiyadan foydalaniladi. Ekspozitsiya va ko‘rgazmalar tashkil etishda, turli xil madaniy-ma’rifiy faoliyatda, muzey auditoriyasini o‘rganishda pedagogika va psixologiya metodlari qoilaniladi.
Muzeyning ilmiy m a ’lumotnoma apparati quyidagi nazariyalami o‘z ichiga oladi:
1. Hujjatlashtirish nazariyasi - muzey fondlarini toldirishga, ya’ni muzeylar to‘plamiga voqelik obyektlarini tanlash metodologiyasi va metodikasiga b o g iiq masalalami tadqiq etadi.
2. Zaxira nazariyasi - bu ilmiy-fond ish usuli; u muzey buyumlarining va ulardagi axborotning qiymatini bilish, ya’ni muzey ashyolaridan foydalanish, ulami hisobga olish hamda saqlash jarayonlarini o‘rganadi.
3. Kommunikatsiya nazariyasi - muzeyni kommunikatsion institutlardan biri sifatida axborotning uzatilish xususiyatini, muzey vositalari va kommunikatsiya shakllarining tomoshabinlarga ta’siri masalalarini o‘rganadi.
Muzey manbashunosligi muzey ashyolarini manbashunoslikka xos boigan nuqtayi nazardan tadqiq etish bilan shug‘ullanadi; aniqlash, tadqiq etish va foydalanish nazariyasi va metodikasini ishlab chiqadi.
Amaliy muzeyshunoslik quyidagi uch bo’limni o‘z ichiga oladi:
1. Ilmiy metodika muzey faoliyatining barcha turlarini qamrab oladi. Umumiy va maxsus metodik tadqiqotlar mavjud. Umumiy metodika barcha muzeylar majmuasiga mansub. Bular, masalan, ekspozitsiya tuzishning metodik tamoyillari, muzey fondini saqlash va ekskursiya ishlari tamoyillaridir. Maxsus metodikalar umumiy ilmiy metodikadan kelib chiqsada, ular aniq tipdagi va yo‘nalishdagi muzeylarga mo‘ljallangan bo‘ladi.
2. Muzey ishi texnikasi muzey binolarini loyihalashtirish, har xil turdagi muzey materiallari, ko‘rgazmaga qo‘yish, axborotni tarqatish texnik vositalari, muzey ashyolarining fizik holatini tadqiq etish texnikasi, ulami buzilishidan saqlash va qayta tiklash masalalari bilan shug‘ullanadi.
3. Muzey ishini tashkil etish va muzeyning faoliyatini boshqarish menejment va marketing masalalari bilan bog‘liq.
Muzeylardagi ilmiy mа’lumotnoma apparatini tashkil etishikki yo‘nalishda olib boriladi:
Birinchi yo‘nalish - muzey to ‘plamlari va yodgorliklarni o ‘rganish (o‘tmish madaniyatining nomoddiy merosi, muhiti, ko‘chmas yodgorliklar ham shular jumlasidan). Tadqiqot ishining bu yo‘nalishi, manba materiallari bilan bog‘liq fanlarga tayanadi: tarix, etnografiya, arxeologiya, biologiya, san’atshu-
noslik va boshqa. Tadqiqotchilik faoliyati jarayonida yangi manbalar ochiladi, ulardan foydalanish va ilmiy qo‘llanilishga kiritish usuli belgilanadi, ilmiy asosda kengaytiriladi, tadqiq etiladi.
Ikkinchi yo‘nalish - muzeyshunoslik tadqiqotlari bo‘lib, barcha muzeylar uchun umumiydir hamda ma’lum ijtimoiy funksiyalarni bajaradi, bevosita muzeyshunoslik va u bilan bog‘liq fanlar (sotsiologiya, pedagogika, psixologiya) negizida rivojlanadi.
Muzeyshunoslik tadqiqotlari guruhiga quyidagilar kiradi:
• muzeylaming konsepsiyasini va alohida muzey faoliyati yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
• ekspozitsiya va ko‘rgazmalami ilmiy loyihalash;
• muzey auditoriyasini sotsiologik o‘rganish;
• madaniy-taiim faoliyati shakllari va uslublarini ishlab chiqish;
• muzey kolleksiyalarining fizikaviy saqlanishini ta’minlash muammolarini ishlab chiqish;
• muzey ishining rivojlanish tarixini bir (turli) guruh va turdagi muzeylami, hududlami, alohida muzeylami tadqiq etish;
• umumnazariy muzeyshunoslik tadqiqotlari.
Ikkinchi yo‘nalishdagi tadqiqot ishlarini samarali amalga oshirishda ilmiy jamoaning muzeyshunoslik ma’lumoti, ishchilar tomonidan muzeyshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, pedagogikadagi eng so‘nggi yutuqlarni bilishlari katta ahamiyatga ega.
Muzeylaming funksional o ‘ziga xosliklariga mos tarzda muzey faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga bo’linib, ularning har biri tarkibida tadqiqotchilik komponentlari mavjud:
- komplektlash;
- ilmiy-zaxira ishlari;
- ekspozitsion-ko‘rgazma ishi;
- madaniy-ta’lim faoliyati.
Komplektlash. Komplektlashning tadqiqotchilik aspekti, muzey to‘plamining shakllanishidagi muhim asosi hisoblanib, komplektlashga ilmiy yondashuv, kelajakda butun muzey faoliyatining rivojlanishini ta’minlaydi.
Muzey tadqiqotchilik ishining yo‘nalishlari quyidagilar:
1. Komplektlashning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish. Ushbu hujjat muzeydagi komplektlashning maqsadlari, vazifalari, yo‘nalishlari, tamoyillari, uslublari haqida tizimli tasavvurni beradi.
2. Mavjud ixtisoslikdagi muzeyning maqsad va vazifalariga mos tarzda, tabiiy, tarixiy, madaniy jarayonlami hujjatlashtirish maqsadida, fond to‘plamlariga material tanlash mezonlarini ishlab chiqadi.
Ilmiy-zaxira ishlari - muzey fondi bilan ilmiy ish olib borish, avvalo, muzey ashyolari va kolleksiyalarini o ‘rganishga, ulaming ilmiy, tarixiy, badiiy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan. Zaxiralar bilan ishlashda, muzey ashyolarini belgilangan tartibda konservatsiya qilish alohida o ‘ringa ega. Muzeylardagi xazinalar keyingi avlodga ham xizmat qilishi uchun kolleksiyalarning holati qat’iy nazorat qilinishi, o‘z vaqtida ta’mirlash ishlari bajarilishi, har kuni harorat, namlik tartibiga rioya etilishi zarur.
Muzeylaming aksariyati bir vaqtning o‘zida, muzey ashyolarini saqlash, ta’mirlash, konservatsiyalash bo‘yicha yirik tadqiqot markazlari sifatida faoliyat yuritadi.
Ilmiy-zaxira ishlari muzey to‘plamining tuzilishi va tarkibining o‘ziga xos tomonlarini aniqlaydi, ekspozitsiya hamda ko‘rgazmalarda ashyolardan foydalanish imkoniyatini hal etishga yordam beradi.
Ekspozitsiya va ко ‘rgazma ishlari. Muzey ekspozitsiyasini yaratish tadqiqotchilik, ijodiy va texnik ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, ilmiy xodimlar, rassomlar, dizaynerlar, muzey pedagoglari hamda muhandislaming birgalikda ishlashini talab etadi. Zamonaviy tasavvurga ko’ra, muzey ekspozitsiyasi - bu
ashyolaming bir maqsadga yo‘naltirilgan, ilmiy asoslangan namoyishi bo‘lib, ular kompozitsion jihatdan tashkil etiladi, sharh, izohlar bilan ta’minlanadi, texnik hamda badiiy jihozlanadi, natijada tabiiy, ijtimoiy hodisalaming o‘ziga xos xususiyatli timsolini yaratadi.
Muzey nafaqat doimiy, balki vaqtinchalik ekspozitsiyalar-ko‘chmas va sayyor ko‘rgazmalami ham tashkil etadi. Ularning vaqtinchalik tavsifi eksponatlaming tarkibida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ko‘rgazmalarda boshqa muzeydagi, shaxsiy kolleksiyalardagi, yana uzoq vaqt davomida zaxira
saqlovxonalaridan boshqa joy da saqlab bo‘lmaydigan ashyolar (akvarel, yozma manbalar, noyob buyumlar) namoyish etiladi.
Ko‘rgazmalar muzey zaxiralarining ijtimoiy ahamiyatini oshiradi, xususiy to‘plamlardagi yodgorliklami ilmiy va madaniy qo‘llanilishiga imkon beradi, muzeyning madaniy-ta’lim hamda ekspozitsion uslublarini takomillashtirish ishlarida yordam beradi, uning faoliyati doirasini kengaytiradi.
Madaniy-ta ’lim faoliyati doirasiga quyidagilar kiradi:
• muzeyning ta’lim tizimini ishlab chiqish;
• muzey auditoriyasini o‘rganish;
• auditoriya uchun uzoq va qisqa vaqtli madaniy, ta’lim dasturi va loyihalarini ishlab chiqish;
• auditoriyaning turli toifalari bilan ishlash yuzasidan uslubiy ishlami yaratish;
• madaniy-ta’lim faoliyatining turli shakllari uchun uslubiy hujjatlar tayyorlash.
Muzeyning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish. Muzey konsepsiyasi faoliyatning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha barcha funksional konsepsiyalami o‘z ichiga oladi. U, awalo, muzeyning rivojlanish istiqboli, maqsad va vazifalari tartibini asoslab berishni o ‘zida aks ettiradi.
Muzeyning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqishni direktor rahbarligida ilmiy jamoa amalga oshiradi va bunga mamlakatning ilmiy markazlari mutaxassislari ham jalb etilishi mumkin. Hujjat muzeyning Ilmiy kengashi da muhokama etiladi va ushbu muzey bo‘ysunadigan boshqamv organida tasdiqlanadi.
Ilmiy konsepsiyani ishlab chiqish uch bosqichda olib boriladi:
I bosqich — tahliliy so‘rovlarni tayyorlash:
• hududning tarixiy va tabiiy o ‘ziga xosliklarini, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanishini tahlil qilish;
• hududdagi muzey ishi holatini tahlil qilish, mavjud muzey to‘plamlari va ekspozitsiyalarda hududning zamonaviy holati, tarixi qanchalik toiaqonli aks ettirilganligini baholash;
• aholining ijtimoiy-demografik tavsifi;
• bibliografik kartotekalar tuzish.
II bosqich - muzeyning mavzuga oid konsepsiyasini ishlab chiqish bo’lib, muzey faoliyatiga bo g iiq tartibini o‘z ichiga oladi. Bu - ijodiy jarayon, fan va san’atning uyg‘unligidir. Mazkur bosqichda muzeyning rivojlanish istiqboli aniqlanadi.
III bosqich - muzey rivojlanishining bosh loyihasini tuzish bo’lib , muzey faoliyatining barcha yo‘nalishlarida muayyan g‘oyani qo’llash yuzasidan aniq tadbirlami avvaldan belgilaydi.
Ilmiy konsepsiyani ishlab chiqish mavjud muzey ishini hujjatlashtirishga tayyorgarlikni ham nazarda tutadi. Ushbu ilmiy hujjatlashtirish jarayonlari muzey hayotida muhim o ‘rin egallab, uning kelajagini belgilaydi.
Muzey xodimlari o‘zlarining tadqiqotchilik ishlari haqida vaqti-vaqti bilan ilmiy boiimlaming yigilishlarida hisobot berishadi. Tadqiqot natijalari esa, maqolalar to‘plamlari, monografiyalar, jumallar, ekspeditsiya hisobotlarida chop etiladi. Yakuniy hisobot muzeyning Ilmiy kengashida muhokama etiladi (agar muzeyda Ilmiy kengash boimasa, ishni shunga xos muammo bilan shug‘ullanadigan boshqa tashkilot yoki mutaxassisga taqrizga berish tavsiya etiladi).
Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining yozma materiallari, foto, kino, video, grafik hujjatlar, to‘plangan boshqa materiallar, muzeyning ilmiy arxivida saqlanadi. Ilmiy tadqiqot natijalaridan muzey faoliyatining barcha yo‘nalishlarida keng foydalaniladi, ular ekspozitsiya va fondlar bo‘yicha kolleksiya, ekspozitsiya va ko‘rgazma kataloglari, yo‘l ko‘rsatkichlari ko‘rinishida nashr qilinadi. Odatda, ilmiy ishni tashkil etish va uning natijalaridan muzey faoliyatining barcha yo‘nalishlarida foydalanish samaradorligini oshirish uchun ilmiy tadqiqotchilik ishi to ‘g ‘risida Nizomishlab chiqiladi.
Mazkur hujjat quyidagi bo‘limlami o‘z ichiga oladi:
• muzeyning ko‘p qirrali tadqiqotchilik faoliyatini aniqlovchi maqsad va vazifalari;
• tadqiqotchilik ishini tashkillashtirish (bu bo‘limda rahbarlik masalalari, muzeyda tadqiqotchilik ishlarini boshqarish qoidalari ifodalanadi): agar ilmiy ishlar bo‘yicha direktor muovini bo‘lsa, bu yo‘nalishdagi barcha ishlarni boshqarish va tashkil etish unga yuklanadi, muzeyning kichikligi sababli bunday lavozim bo‘lmasa, bu yo‘nalishni direktor olib boradi;
• “Nizom”ning mazmuni, muzey tadqiqot ishi rivojining ustuvor yo‘nalishini ko‘rib chiqishni o ‘zida aks ettiradi.
Muzeylarda tadqiqotchilik ishining rivojlanishida Ilmiy kengashning ahamiyati juda katta. Uning tarkibiga mutaxassislar ham muzeydan, ham boshqa ilmiy tadqiqot tashkilotlaridan kiritilishi maqsadga muvofiq.
Agar Ilmiy kengash bo‘lmasa, eng asosiy muammolami muhokama etish uchun ilmiy-uslubiy kengashlar tashkil etilib, unga chetdan mutaxassislar jalb etiladi. Kengashning ish tartibi, dasturi, tarkibi ishlab chiqiladi. Shunday qilib, muzeylaming muvaffaqiyatli ish faoliyati puxta o ‘ylangan ilmiy tadqiqotchilik ishi dasturi bilan bog‘liqdir. Muzeyning barcha faoliyati to‘g‘ridan to‘g‘ri ilmiy tadqiqotga tayanadi. Ularsiz zaxiralami sifatli komplektlash ham, saqlash jarayonini maksimal uzaytirish ham, to‘laqonli ekspozitsiya tuzish ham, madaniy-ta’lim ishini olib borish ham mumkin emas.

Download 35,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish