Muxtor Avezovning “Abay yo’li” romani
Reja:
“Abay yo’li” romani haqida
Muxtor Avezov — buyuk va ko’pqirrali shaxsdir. U — qozoq milliy adabiyotining jahon adabiyoti darajasiga ko’targan yozuvchi. Mazkur adabiyotda epik nasrga va dramaturgiyaga asos solgan, yigirmanchi asr qozoq adabiyoti va boshqa ko’pgina adabiyotlarning shakllanishi va rivojiga katta hissa qo’shgan nazariyotchi va tanqidchi. Va nihoyat, murakkab va fojialarga to’la yigirmanchi asr ziyolilar boshiga tushgan hamma kulfatlarini tatib ko’rgan bir inson edi. Bular — Muxtor Avezov shaxsining asosiy qirralari.
Muxtor Avezov o’z xalqi bilan bir qatorda dunyodagi ko’pgina madaniy xalqlarning ma’naviyatini ham to’la egallashga intilgan va shunga erishgan shaxs edi. Yozuvchi Avezovning shakllanishi uning Sharq ma’naviyati durdonalari bilan tanishuvdan, shu jumladan — Buxoro va Samarqand taratgan ma’rifat nurlaridan bahramandlikdan boshlanadi. U O’rta Osiyo xalqlari adabiyotida yigirmanchi asrda yuzaga kelgan ilk yutuqlarning ixlosmandi edi. Aveeovning, masalan, Abdulla Qodiriyga munosabati, uning O’rta Osiyo xalqlari romanchiligiii boshlab beruvchi sifatida tan olgani ham o’ta ibratli hodisadir.
Bundan yuz yil muqaddam bepoyon qozoq zaminining Chingiz tog’i etaklarida atoqli yozuvchi, alloma, zukko jamoat arbobi Muxtor og’a Avezov tavallud topdi. Chingiz tog’ vohasi Qozog’istonning Shamay (Semipalatinsk) viloyatiga qarashli tabiati go’zal, bahavo, jannatmakon bir maskandir. Buyuk Abay ham shu joyda dunyoga kelgan.
Ma’lumki, Abay — o’z zamonasining ulkan va rostgo’y kuychisi. Muxtor og’a ham davrning yetuk yozuvchisi. Har ikkalasining ham tavallud topgan joyi bilan ta’lim va tarbiya olgan muhitida qandaydir o’xshashliklar bor: Chingiz tog’ yonbag’irlari, To’biqti urug’i… Dastlab ovul maktablarida saboq olishlariyu keyinchalik Shamaydagi rus seminariyasida tahsil ko’rishlari…
Ulkan rus yozuvchisi, dramaturgi Nikolay Pogodin Og’a haqidagi bir gapida: «Avezov Qozog’iston uchun ikkinchi Abaydir…» — deganida mana shu omillarni nazarda tutgan bo’lsa ajab emas.
Ha, u kishi haqiqatan ham ulug’ yozuvchi zdi. Olmaotadagi «Jazushi» nashriyotida chop etilgan yigirma jildlik adabiy- badiiy merosining o’ziyoq u kishining qanchalik ulkan adib, sermahsul yozuvchi ekanini ko’rsatib turibdi.
Muxtor og’a haqiqatan ham zukko jamoat arbobi, alloma adib, suhbati jonon inson edi. U kishi haqida gap ketganida mening ko’z oldimga, avvalo, og’aning nuroniy siymosi keladi. Men Muxtor og’ani birinchi marta 1958 yilda Toshkentda Osiyo va Afrika yozuvchilarining konferentsiyasida ko’rganman. Bu ulkan anjumanning yuksak minbaridan u kishining sermazmun ma’ruzasini eshitganman.
Ikkinchi bor 1959 yili Moskvada o’zbek adabiyoti va san’ati o’n kunligi paytida ko’rganman. Og’a Kolonnalar zalida, dekadaning ochilish marosimida ishtirok etib, nutq so’zladi. Keyingi kunlari esa, Yozuvchilar uyushmasida o’zbek yozuvchilarining asarlari muhokamasida ishtirok etdi. U kishi bilan shundoqqina yonma-yon o’tirdik. Meni qoyil qoldirgan narsa shu bo’ldiki, Muxtor og’a o’zbek yozuvchilarining asarlarini shundoq o’zbek tilida, tarjimasiz o’qirkanlar. O’shanda u kishi o’zbek adabiyotining ulkan do’sti ekanini, yutuqlarimizdan astoydil quvonishini, nuqsonlarimizdan esa kuyunishini bahslaridan, do’stona maslahatlaridan his qilib turdim. Esimda bor, so’zga chiqqan moskvalik o’rtoqlar ba’zi asarlarimiz haqida sal biryoqlama fikrlarni aytgan edilar. Muxtor og’a esa, yozuvchilari- mizning yonini oldilar. Aniqrog’i — Pirim- qul Qodirovning «O’ch ildiz» romaniga nisbatan nasrnavis adiba Karavaeva biryoq- lamaroq fikr bildirganida, Muxtor og’a unga birinchi bo’lib e’tiroz bildirdilar va o’z e’tirozlarini ishonarli qilib, isbotlab berdilar.
Muhokama oxirida Muxtor og’a qanday yozish va kimga ergashishni bilmay yurgan ba’zi yozuvchilarimizga taassuf bildirib: «Men hayronman, ba’zi o’zbek yozuvchilari ustoz qidirib uzoqqa chopadi. Vaholanki, ustozlari o’zlarida turibdi. Bu — Abdulla Qodiriy, bu — Oybek, bu — Abdulla Qahhor. Men bu mo»tabar adiblarni ustoz deyishga or qilmagan bo’lur edim. Abdulla Qodiriy mening haqiqiy ustozim bo’ladilar», dedi.
Men Muxtor og’a nega bunday deyaptilar, deb hayron bo’ldim. Yo’q, keyinchalik bilsam, u kishi 1927—29-yillarda Toshkentimizda — O’rta Osiyo Davlat dorilfununida aspirant bo’lgan ekanlar, o’zbek tilini mukammal bilishlari, o’zbek yozuvchilarining asarlarini aslidan o’qib borishlarining sababi shundan ekan. U kishi Abdulla Qodiriyni shaxsan tanir, Oybek domla bilan jonajon do’st ekanlar. Qizig’i shundaki, Oybek domla Muxtor og’ani «muallim» deb atardi, Muxtor og’a ham o’z navbatida Oybek akani «domla» deb hurmat qilardi. Bu ikki buyuk insonning kamtarinligini ko’rib, odamning havasi kelardi.
Shundan keyin ham men Muxtor og’ani goh Toshkentda, goh Olmaotada bir necha bor ko’rib, suhbatlarida bo’ldim.
Ma’lumki, har bir xalqning o’z adabiyoti va madaniyatida faxr bilan tilga oladigan mashhur asarlari bo’ladi. Masalan, frantsuzlar «Genriada», nemislar «Messiada», inglizlar «Yo’qolgan jannat», italyanlar «Ilohiy komediya», greklar «Iliada» va «Odisseya», ruslar «Tinch Don», o’zbeklar «Xamsa»yu «O’tgan kunlar», «Navoiy» romanlari bilan faxrlansalar, shubhasiz, qozoq birodarlarimiz o’zlarining «Abay» romanlari bilan haqli ravishda g’ururlanadilar.
Tabiiyki, Muxtor og’a o’z ijodini kichik janrlardan boshlagan. U dastlab adabiyotga dramaturg sifatida kirib keldi. Og’aning o’ttizga yaqin dramasi sahnaga qo’yilgan. Ayniqsa, uning «Englik va Kebek», «Oy ila Cho’lpon», «Boyvuchcha va to’qol», «Qorako’z», «Olishuv», «Olmazorda», «Chegarada», «Abay» kabi dramalari mashhurdir. Shu bilan birga Muxtor og’a ora-chorada nasriy asarlar ham mashq qilib yurdi. Bu borada uning 20-yillarda yozgan «Bechoralar», «Dasht tasvirlari», «Dasht hikoyalari», «O’qimishli yigit», «Uylanish», «Yetim», «Zo’ravonlik», «Azador go’zal» va 1928 yili Toshkentda yozgan «Ko’kyol» hikoyalari, «Qarash-qarash voqeasi» va nihoyat 1927 yili yozgan «Zolim zamona» (qozoqchasi «Qiyli zamon») qissalari hozir ham mashhurdir.
Modomiki, biz Muxtor og’aning «Zolim zamona» qissasini tilga oldik, 6u asarning ayanchli taqdiri haqida ham bir-ikki og’iz so’z aytib o’tishni o’rinli deb bilamiz
Jahon adabiyotida eng faxrli o’rinlaridan birini egallagan «Abay» va «Abay yo’li» epopeyasini yaratish jarayoni haqida Aveeov tomonidan aytilgan ko’p fikrlar orasida bu satrlarning muallifi bilan suhbatda bildirilgan bir mulohaza ham mazmuni, ham shakli jihatidai juda maroqlidir. Muxtor Umarxonovich shunday degan edi: «Tarix go’yo katta yo’ldan o’tgan bir karvon. Bu karvon o’e yo’lidagi manzillardan birida to’xtab, gulxan yoqqan. Karvon ketgach gulxan qolgan, gulxan o’chib, kul bo’lgan. Kul sovib, uning tagidagi bittagina cho’g’ bizning kunlarimizgacha o’chmagan. Ana endi zpopeya yaratmoqchi bo’lgan adibning vazifasi kul ostidagi shu cho’g’ni topish, uni puflab, o’t yoqib, karvon shu yerda manzil topganida qanday gulxan porlagan bo’lsa, o’sha gulxanni qaytadan tiklashdir».
«Abay» va «Abay yo’li» zpopeyasida Muxtor Avezov katta iste’dod va behad g’ayrat talab ztadigan og’ir vazifani uddasidan chiqa oldi. Natijada faqat mazmuni bilangina zmas, balki o’zining zstetik jozibasi bilan har bir adabiyot muxlisini maftun ztadigan va hayratga soladigan asar maydonga keldi…
M.Avezov to’rt tomdan iborat Abay to’g’risidagi roman-epopeya yaratdi. Bu nafaqat qozoq adabiyotida, balki jahon adabiyotidagi tarixiy-biografik romanlarning eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Bu asarni yaratish jarayonida yozuvchi ko’plab tarixiy hujjatlarni ko’rib chiqdi. Abay nomi bilan bog’liq xalq orasidagi rivoyatlarni o’rgandi. Natijada dastlab “Abay” nomli pyesa yaratildi. Abay haqida ko’plab ilmiy-publisistik maqolalar e’lon qilindi. Keyinchalik “Abay” va “Abay yo’li” kabi romanlar vujudga keldi. “Abay” tarixiy-biografik romandir. Unda bir tomondan qozoq ma’rifatparvari Abayning hayoti tasvirlangan bo’lsa, ikkinchi tomondan XIX asrdagi qozoq xalqining ijtimoiy hayoti, o’sha davrdagi siyosiy tuzum, tarixiy voqyealar tasvirlangan. Asarda bir-biriga o’xshamaydigan har qaysisi alohida bir tabaqa va guruh vakili bo’lgan obrazlar berilgan. Abayning otasi Qunonboy, onasi Uljon, buvisi Zere kampir, akasi Takejon, turmush o’rtog’i Aygerim, do’sti Erbo’l, advokat Andreyev singarilarning har biri o’ziga xos xarakterlarga ega.
Muxtor og’ani eslaganda yana mening ko’z oldimga keladigan narsa — uning mashhur «Abay» va «Abay yo’li» deb atalgan romanlaridir. Asarning bosh qahramoni Abay o’z zamonasini kuylash orqali butun qozoq xalqini dunyoga tanitgan bo’lsa, Muxtor og’a ham o’z navbatida hamyurti Abayni kuylab, jahonga mashhur qildi va o’zi ham jahonga mashhur bo’lib ketganini sezmay qoldi. Bu epopeyani kim bilmaydi, kim o’qimagan deysiz?! Adibning bu asari bugungi qozoq adabiyotining chin ma’nodagi yuksak cho’qqisidir. U shunchaki Abay va Qunonboylar o’rtasidagi dov-janjallarni aks ettirgan asargina bo’lib qolmay, XIX asr qozoq zaminini, xalqini va o’sha davr ijtimoiy- siyosiy hayotidagi qarama-qarshiliklarni rostakamiga ko’rsata olgan tom ma’nodagi durdona asardir. Shuning uchun ham mashhur qozoq akademigi Qanish Satpoev bu asarni: «XIX asr qozoq dalasi va ijtimoiy hayotining qomusidir», deganida mutlaqo haq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |