1 jadval
Agar Angliya mehnat birligini vino sanoatidan to‘qimachilik sanoatiga o‘tkazsa, Portugaliya esa mehnat birligini to‘qimachilik sanoatidan vino sanoatiga o‘tkazsa, vino va mato ishlab chiqarishning umumiy hajmi ko‘payadi, vaholanki bir vaqtning o‘zida har ikki iqtisodiyotda ham bir xil mehnat sarfi asosida mahsulot ishlab chiqarish yuz beradi. Biroq Angliyada mehnat birligini vino sanoatidan ko‘chirilishi ishlab chiqarish hajmini 4 litrga qisqartiradi, Portugaliyada
boshqa mehnat birligini vino sanoatida qo'llanilishi ishlab chiqarish hajmini 8 litrga ko‘paytiradi, shunday qilib umumiy holda jahon vino ishlab chiqarishi endi 4 litrga ko‘pdir. Xuddi shunday, Portugaliya mehnat birligining to‘qimachilik sanoatidan ko‘chirilishi, mato ishlab chiqarishni 1 metrga kamaytiradi, Angliya sanoatiga qo‘shilgan mehnat birligi esa mato ishlab chiqarishni 2 metrga ko‘paytiradi va shu asosda matoning umumiy ishlab chiqarilishi 1 metrga oshadi. Shunday qilib, ikki mamlakat modeli uchun sanoat taynoqlari o‘rtasida mehnatning ko'chirilishi natijasida ishlab chiqarishning umumiy hajmi ko'payadi.
Bizdagi keyingi muammo xalqaro savdo vositasida har ikkala mamlakatga foyda keltiradigan narxlami o‘matilishini aniqlash hisoblanadi. Biz narxlami barter sharoitida ko‘rib chiqamiz. Angliyada 1 metr mato 2 litr vinoga teng keladi, mato narxi vinoning narxidan ikki barobar yuqori. Inglizlar 1 metr mato uchun 2 litrdan ortiq vino olsalargina, matoni vinoga almashtirishga rozi bo‘lishadi. Portugaliyada vino va matoga mamlakat ichidagi narxlarini 8 litr vinoga 1 metr mato tashkil qiladi. Agar portugaliyaliklar 8 litr vinodan kamrog‘iga 1 metr mato oladigan bo‘lsalar, bu savdoni amalga oshirar edilar. Shu sababli biz vino va mato xalqaro narxlar ketma-ketligi mavjudligini hamda bu narxlar har ikkala mamlakatga ham naf keltirishi kerakligini hisobga olib, ushbu savdoda 7,9 litr vino 1 metr matoga va 2,1 litr vino 1 metr matoga teng narxlar oraligrida bo‘lganida foyda olish mumkin boMganligi uchun mazkur narxlami o'matdik.
QIYOSIY USTUNLIK
Smit ham, Rikardo ham mamlakatlarda mutlaq ustunlik bo‘lgan-da xalqaro ixtisoslashuv va savdoning afzalliklarini tan olishgan, lekin bir mamlakat barcha tovarlami ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka ega bo‘lsa, unda nima bo‘ladi? Kelinglar misolimizni o‘zgartiramiz, faraz qilaylik Angliyada unumdorlik uch baravarga oshdi va buning natijasida mehnat birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulotlar hajmi 16.2- jadvalda ko‘rsatilgan. Endi Angliya sanoatining ikkala tarmog‘i ham
299
Portugaliyaga ko‘ra ancha unumdor; rnos ravishda, mehnat vaqti bilan oMchanayotgan ishlab chiqarish sarflari ikkala tovar uchun ham Angliyada kam. Qiyosiy ustunlikning argumentlari 16.2- jadvaldagi ma’lumotlar savdo har ikkala mamlakat uchun ham foydali ekanligini namoyish etmoqda. Vaholanki, Angliya ikkala tovarni ishlab chiqarishda ham mutlaq ustunlikka ega, bu mutlaq ustunlik emas, balki xalqaro savdo foydali bo‘Ia olishini aniqlab beradigan o‘ta muhim hisoblangan qiyosiy ustunlikdir. Ushbu misolda Angliya mato ishlab chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega, Portugaliya bo‘lsa vino ishlab chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega. Qiyosiy ustunlik har bir iqtisodiyotda nisbiy unumdorlikni tadqiq qilish asosida aniqlanadi. Angliyaning matodagi qiyosiy ustunligini - Angliyada har bir qo‘shimcha metr matoni ishlab chiqarish 2 litr vinoning yo‘qotilishini bildiradi, xuddi shunday Portugaliyada 8 litr vinoga aynan shuncha metr matoni olish uchun xarajatlar talab qilinadi. Portugaliyaning vino ishlab chiqarishdagi qiyosiy ustunligi shunda ko'rinadiki, Portugaliyada 1/8 metr matoning yo‘qotilishi bir litr vinoni beradi, Angliya bo‘lsa bir litr vinoni ishlab chiqarish uchun 14 metr matodan voz kechishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |