TALIM TO'G'RISIDAGI QONUN KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI PEDAGOGIKA TA'LIM MUASSASALARI OLDIDA TURGAN VAZIFALAR Reja 1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar. 2. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimining tubdan isloh qilinishi. 3. Ta`lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo`nalishlari. 4. Ta`lim to`g`risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi oslohotlar. Ta`lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. 5. Ta`lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o`rni,pedagogika ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalar
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagiyangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng qo`lashda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdan iborat hisoblanadi.
Shu sababli bitiruv malakaviy ishini keng o`rganish yoritish dolzarb ahamiyatga ega mavzulardan biri hisoblanadi. Maqsad va vazifasi. O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimidagi islohotlarni hayotga joriy qilinishini o`rganish va tahlil qilishdan iborat. Respublikamiz mustaqil, suveren davlat sifatida tobora rivojlanib bormoqda. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohada tarixan qisqa vaqt ichida qanday yutuqlarga erishganimizni jahon jamoatchiligi ko`rib, kuzatib turibdi. Erishilgan yutuqlar haqida jahonning eng nufuzli iqtisodchilari, siyosatchilar ko`pdan-ko`p ijobiy fikrlar aytmoqdalar, yutuqlarimizni bir necha o`n yilliklarga, hatto asrlarga qiyoslamoqdalar. Rsepublikamiz ta`limida ro`y berayotgan o`zgarishlarni baholash, qiyoslahs uchun bizga sobiq Ittifoq-eski mustabid tuzumdan qanday ta`limiy meros qolganini yana bir bor esga olish lozim, deb o`ylayman. Zotan, qiyoslash, nisbatlar qo`lamini hisobga olish pedagogikada muhim ahamiyatga ega.

Do'stlaringiz bilan baham: |