Reja: Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi


“O’zbek modeli”ning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi



Download 1,45 Mb.
bet4/4
Sana21.01.2022
Hajmi1,45 Mb.
#398018
1   2   3   4
Bog'liq
5.1. Taqdimot

“O’zbek modeli”ning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi.
  • maishiy elektronika, qurilish materiallari sanoati singari jahon, mintaqaviy hamda ichki bozorlarda talab katta bo’lgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi-yangi korxonalar barpo etildi.
  • “O’zbek modeli”ning eng muhim xususiyati, bu – chetdan qarz olish siyosatining chuqur o’ylanganida, mamlakatimizni tashqi omillarga bog’lab qo’yishi mumkin bo’lgan qisqa muddatli asoratga soluvchi kreditlardan voz kechishda namoyon bo’lmoqda.
  • “Biz O’zbekistonda investitsiya siyosatini olib borishda ba’zilarga o’xshab oson yo’lni qidirmadik. Chetdan qarz olishda yetti o’lchab, bir kesdik, ichki bozorni turli-tuman mollar bilan to’ldirishga zo’r berib, olingan sarmoyalarni, valyuta mablag’larini ayrim davlatlarga o’xshab qisqa muddatda yeb bitirmadik.
  • Biz, aksincha, eng og’ir, eng qiyin, lekin kelajagi bor yo’lni tanladik. Investitsiyalarni avvalam bor, iqtisodiyotimizni tubdan o’zgartirishga, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi-yangi zamonaviy sanoat korxonalarini barpo etishga sarfladik. Va bugun ana shunday uzoqni ko’zlagan ishlarimiz qanday samara berayotganini hammamiz ko’rib turibmiz”. I. Karimov.
  • Buning isbotini mamlakatimizning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 15 foizidan oshmasligi, ichki qarzimiz umuman yo’qligida, eksport hajmi, oltin-valyuta zaxiralarimiz barqaror sur’atlar bilan oshib borayotganida ko’rish mumkin. Dunyoda global iqtisodiy inqiroz hali-beri davom etayotganiga qaramasdan jahonning sanoqli davlatlari qatorida O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik o’sishi keyingi o’n yilda 8% dan yuqori bo’lib kelmoqda.
  • Mamlakatda to’liq chet el kapitali hisobiga tashkil etilayotgan hamda qo’shma korxonalar sonining muttasil ortib borayotganligi sarmoyadorlar uchun qulay muhit yaratilgani bilan bog’liqdir. Buni mustaqillik yillarida iqtisodiyotimizga 190 milliard AQSH dollari hajmidagi investitsiyalar, jumladan 65 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoyalar jalb etilgani misolida ko’rish mumkin.
  • O’zbekiston sarmoyalar kiritish uchun jozibador davlat ekanligini AQSH, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Ispaniya, Shveytsariya, Singapur kabi 90 dan ziyod davlatlarning xorijiy investorlari ishtirokida tashkil etilgan dunyoga mashhur “JM”, “MAN”, “Klass”, “Isuzu”, “Lotti kemikal”, “Koraz”, “Deu tekstil”, “Yang von”, “Nestle”, “Nobel” kabi 4 mingdan ziyod qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatayotgaligi ham tasdiqlaydi.
  • Bugun “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig’i ostidagi telekommunikatsiya uskunalari, kompyuter texnikasi va mobil telefonlar, keng turdagi maishiy elektronika va boshqa turli mahsulotlar nafaqat mahalliy, balki ko’pgina chet el savdo do’konlari peshtaxtalarida ham uchratasiz. 2015 yilning birinchi yarmida 493 yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilindi. Qiymati 64 million dollardan ziyod 168 turdagi yangi tovarlar jahon bozoriga chiqarildi.
  • Mamlakatimizda tadbirkorlik sohasi milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, muammolarni hal etishda katta rol o’ynayotganini aytish o’rinlidir. Ayni paytda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56% dan ortiqni tashkil etayapti. Sanoat ishlab chiqarishining 31,1% shu sohaga to’g’ri kelmoqda.
  • Bugungi kunda jami ish bilan band aholining 75-77% tadbirkorlik sohasiga to’g’ri kelayotgani bu respublikamiz taraqqiyotida muhim o’rin tutayotganini bildiradi. Mustaqillik yillarida aholi daromadlari ulushi 10,6% dan 52% ga o’sdi. Bu MDH mamlakatlari orasida eng yuqori ko’rsatkich hisoblanadi.
  • Odamlarning daromadlari ortishi bilan oilalarning moddiy ahvoli ham sifat jihatdan o’zgarib bormoqda. Oilalarning 94% dan ortig’i xolodilniklar, 84% dan ziyodi turli oshxona elektr jihozlariga, 63% dan ziyodi kir yuvish mashinalari, yarmidan ko’prog’i kompyuter, changyutgich va boshqa maishiy jihozlarga ega.
  • Mamlakatimizda uy-joylar qurilishi ko’lami yil sayin ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida uy-joy fondining umumiy maydoni 1,9 barobarga oshdi.
  • 2009 yildan boshlab 159 ta qishloq tumanida salkam 45 mingdan ziyod ko’rkam, barcha qulayliklarga ega bo’lgan namunaviy uy-joylar qurilib qishloq aholisiga topshirildi.
  • Bunga qo’shimcha qilib mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyotining 5,5 martadan ziyodga o’sganini, aholining real daromadlari hajmi jon boshiga 9 martaga ko’payganini faxrlanish bilan aytish mumkin. Bugun jahon hamjamiyati bizga hayrat va havas bilan boqayotgani bejiz emas. Jahon iqtisodiy forumi tomonidan e’lon qilimgan reytingda iqtisodiyoti eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar orasida mamlakatimiz 5-o’rinni egallagani, shuningdek, BMT ko’magida AQSHning Kolumbiya universiteti tomonidan tashkil etilgan tadqiqotlar asosida e’lon qilingan “Butunjahon baxt indeksi”da Vatanimiz 158 mamlakat orasida 44-o’rinni, MDH davlatlari orasida 1-o’rinni egallagani buning tasdig’idir.
  • Mamlakatimizda istiqbolda bajarilishi ko’zda tutilgan rejalar yanada ulug’vordir. Xususan, 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya qilishni ta’minlash dasturi bo’yicha umumiy qiymati 40 milliard 809 million dollarlik 846 ta investitsiyaviy loyihani amalga oshirish belgilangan.
  • Bu kabi ulkan rejalarni izchil hayotga tatbiq etish 2015-2019-yillarda YaIMni yiliga o’rtacha kamida 8% ga, sanoat ishlab chiqarishini 9% ga oshirish belgilangan. Belgilangan mo’ljallar puxtaligi eng nufuzli xalqaro ekspertlar tomonidan ham tasdiqlanmoqda.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish