IMOM AL-BUXORIY
(810-870)
Hadis ilmining rivojidagi oltin davr hisoblangan hijriy uchinchi [milodiy to`qqizinchi] asrda hadisshunoslikda kata muvaffaqiyatlar qo`lga kiritilgan .Chunonchi , butun musulmon dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to`plamining [as-sihoh as-sitta] mualliflari yashab ijod qilganlar.Yana shunisi diqqatga sazovorki ,mazkur olti muhaddisning deyarli hammasi Markaziy osiyolik bo`lib, ular; Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy,Imom Muslim ibn al-Hajjoj[206/819-261/874],Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy[209/824-279/892],Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy[202/817-275/880],ImomAhmad An-Nasoiy[215/824-273/886],Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazib ibn Mojja[209/824-273/886] kabi siymolardir.Shular ichidan‘‘Hadis ilmida amir al mo`miniyn‘‘degan sharafli nomga sazovor bo`lgan Imom al-Buxoriy alohida e`tiborga molik buyuk olimdir. Imom al-Buxoriyning ismi Muhammad, kunyasi Abu Abdulloh, laqabi ba‘zan imom al-muhadstisiyn mo‘‘mi-niyn fi-l-hadis (hadis ilmining amiri, sultoni) va nasabi Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug`iyra ibn Bardazbeh ibn Bazazbehdir. So‘nggi ikki ismi – ibn Bardazbeh ibn Bazazbehdan ko‘rinib turibdiki, imom al-Buxoriyning asl nasabi ajamlarga borib taqaladi. Bu fikr talay adabiyotlarda qayd qilingan bo‘lib, ko‘pchilik muhaddislarning ta‘kidlashlaricha, «Bardazbeh» so‘zi arabcha «zori‘» (ziroat, dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi kishi) ma‘nosini bildiradi.
Imom al-Buxoriyning otasi Ismoil edi. Uning kunyasi Abu-l-Hasan bo‘lib, o‘z davrining etuk muhaddislaridan, imom Molikning shogird va ashoblaridan biri hisoblangan, tijorat ishlari bilan ham shug`ullangan. Afsuski, hozircha uning qalamiga mansub biror asar 45
haqida aniq ma‘lumotga ega emasmiz. Biroq uni Hamad ibn Zayd, imom Molik, Abu Muoviya kabi yirik muhaddislardan hadislar rivoyat qilgani, Abdulloh ibn al-Muborakning suhbatida bo‘lib, undan ta‘lim olgani haqidagi ma‘lumotlar manbalarda keltiriladi. Uning shogirdlaridan esa iroqlik bir qancha olimlar - Ahmad ibn Hafs, Nasr ibn Husayn va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Imom al-Buxoriy «At-Tarix al-kabir» («Katta tarix») asarida otasining tarjimai holi haqida talay ma‘lumotlarberadi. Tarixchi al-Hofiz ibn Hibbon o‘zining «Kitob as-siqqot» («Buyuk insonlar haqida kitob») nomli asarida Ismoil ibn Ibrohim, ya‘ni al-Buxoriyning otasi «Hamad ibn Zayd va Molikdan hadislar rivoyat qilgan, undan esa iroqlik olimlar hadislar naql qilganlar», – deya ta‘kidlaydi.
Manbalarda zikr qilinishicha, Ismoil o‘ta taqvodor, xudojo‘y, halol bir inson bo‘lgan. Tarixchi Ahiyd ibn Hafasning yozganlari bu fikrimizga dalildir. «Abu Abdulloh (imom al-Buxoriyning otasi) bandalikni bajo keltirayotgan chog`ida uni ziyorat qilganimda, menga u: «Bor molu dunyomdan harom yo‘l bilan, shubhali, nopok yo‘l bilan topilgan bir dirhamni ham bilmayman», deb iltijo qilganida mening nafasim bo‘g`ilib, butun vujudim uning ulug`vorligidan hech narsaday tuyuldi», – deb yozadi. Mazkur kitobda, shuningdek, imom al-Bu-xoriyning otasiga xos bo‘lgan yana bir qancha asl insoniy fazilatlar va uning alohida xususiyatlari ham qayd etiladi.
Imom al-Buxoriyning onasi ham taqvodor, diyonatli va har xil karomatlar sohibasi, g`oyatda oqila, fozila ayol sifatida tanilgan edi. Ma‘lumki, imom al-Buxoriyning yoshligida ko‘zi jarohatlanib, ko‘rish qobiliyati susaygan, har qancha urinishsa ham, tabiblar uni davolay olmagandilar. Kunlardan bir kuni al-Buxoriyning onasi tushida Ibrohim (s.a.v.)ni ko‘rganda u zoti sharif bu mushfiqa onaga qarab: «Ey, volida! Sening duolaringning bardavomligidan Alloh taolo o‘g`lingga to‘liq ko‘rish qobiliyatini qaytardi», – deya xitob qilganlar. Keyin u: «Uyqumdan uyg`onsam, o‘g`lim Muhammadning ko‘z nuri to‘liq qaytib, tuzalib ketibdi», – degan rivoyat mavjuddir. Abu Ali al-G`assoniy degan olim: «Muhammad ibn Ismoilning yoshligida ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan. Uning onasi taqvodor ayol bo‘lib, tushida Ibrohim Xalilullohni ko‘rganda, u: «Ko‘p duolar qilib yig`laganingdan Alloh taborako va taolo o‘g`lingning ko‘zini qaytardi», – degan. Ona: «Ertalab uyg`onsam, Alloho‘g`limga ko‘rish qobiliyatini qaytarganini ko‘rdim», degan ma‘lumot bilan yuqoridagi rivoyatni aynan qaytaradi.
Imom al-Buxoriy ilm-fan va madaniyat ravnaqida azaldan mashhur bo‘lgan Buxoro shahrida tavallud topgan. Mana shu muhtasham shahar – Buxoroi sharifda 194 hijriy sana, shavvol oyining 13-kunida salotu-l-jum‘adan keyin (810 milodiy sana, 21 iyul) jami muhaddislarning imomi, Payg`ambar (s.a.v.)ning muborak hadislariga durdonasimon sayqal berib, ularni abadul-abad barhayot qilgan ulug` zot imom al-Buxoriy dunyoga kelgan.
Mutafakkir Abdurahmon Jomiy mashhur muhaddisning ilmiy-ijodiy salohiyatiga yuksak baho berib, «Batxa (Makka) va Yasrib (Madina)da yasalgan tanganing sayqali Buxoroda kamoliga etdi», – deb yozgan edi. Ma‘lumki, manbalarda o‘rta asrlarning bir qator donishmandlari tavallud topgan oylar va kunlar tugul, hatto, yillarida ham aniqlik bo‘lmay, xilma-xil ma‘lumotlar ko‘rsatilgan hollar bot-bot uchraydi. Imom al-Bu-xoriyning tugilgan vaqti (kuni, oyi, yili) aniq keltirilishining boisi shundaki, allomaning o‘zi yozishicha, u tug`ilgan vaqt haqida otasi o‘z qo‘li bilan yozib qo‘ygan varaq zamondoshlariga etib kelgan.
Imom al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, bolaning tarbiyasi volidasi zimmasida bo‘lgan. Birmuncha ulg`ayib aqli raso bo‘lgach, uning qalbida islomiy ilmlarga, ayniqsa, Payg`ambar (s.a.v.)ning muborak hadislarini o‘rganishga va yodlashga moyillik tobora kuchaya boradi. U dastavval Ibn al-Muborak va Vakiy‘ning hadislarga oid asarlarini yod oladi. Imom al-Buxoriyning kotibi, uning asosiy tasnifi «Sahih» asari roviylaridan biri bo‘lmish Abu Ja‘far Muhammad ibn Abu Hotam al-Varroq shunday deb yozadi: «Al-Buxoriyning «Hadislarni yod olish ilhomi menga boshlang`ich maktabda o‘qiyotganimda kelgan edi», – deganini eshitganimda, «O‘shanda necha yoshda edingiz?» – deb so‘radim. U «O‘n yoshda, balkim undan ham kichik edim», – deb javob bergandi». Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, imom al-Buxoriy juda yoshligidan boshlab hadislarni yod olib, bu mashg`ulotga alohida zavq-shavq va qiziqish bilan qaragan.
Allomaning ustozlari haqida gapiradigan bo‘lsak, u, eng avvalo, o‘sha paytda Buxoroning taniqli muhaddislaridan sanalgan ad-Doxiliydan saboq olgan. Hadislarni o‘rganish bo‘yicha ushbu olim tashkil etgan to‘garakning shuhrati keng tarqalgan bo‘lib, uning faoliyati yoyilib ulkan samaralar bergan.
Kunlardan bir kuni ad-Doxiliy o‘z odaticha talabalarga saboq berar, al-Buxoriy ham boshqa tolibi ilmlar qatori dars tinglab o‘tirgan edi. Shunda ad-Doxiliy bir hadis isnodi haqida gapirib «Sufyon Abu Zubayrdan, u Ibrohimdan», – deb zikr qildi. Shunda al-Buxoriy: «Abu Zubayr hech vaqt Ibrohimdan rivoyat qilmagan», – dedi va bu bilan u ad-Doxiliyni bu sanad xususidagi xatodan ogoh qilmoqni istadi. O‘z shogirdidan bu gapni eshitgan ad-Doxiliy esa hayratga tushib, dag`allik bilan uning so‘zini bo‘ldi. Al-Buxoriy o‘ta xotirjamlik bilan «Ustoz, agar ishonmasangiz asl man;baga qarang», – dedi. Ad-Doxiliy manbaga qarab, sho-girdi aytgan gapning to‘g`riligini e‘tirof qilib, tan oldiyu lekin o‘sha hadis sanadini qog`ozda tuzatishni paysalga soldi. Rag`bat yuzasidanmi yoki uni sinab ko‘rish uchunmi, xullas, sanadni topib tuzatish masalasini al-Buxoriyning o‘ziga tashladi. Tashqariga chiqishgach, shogirdidan «E, bola, bu yog`i endi qandoq bo‘ladi?» – deb so‘radi. Al-Buxoriy esa hech bir kuttirmay ustoziga javob qildi: «Zubayr ibn Adiy Ibrohimdan rivoyat qilgan». Shundan keyin u (ad-Doxiliy) qalam olib yozgani-ni tuzatdi va «Sen haqsan» – dedi. Al-Buxoriyning aytishicha, bu vaqtda u bor yo‘g`i o‘n bir yoshda bo‘lgan.
Manbalarda keltirilishicha, al-Buxoriyga o‘n yoshidan boshlab hadislarni yod olish ilhomi nasib etgan bo‘lsa, yoshi ulg`aygan sari bu istak tobora kuchayib, u iafaqat hadislarni shunchaki yod olish, balki yoshligi-dan boshlab hadislarni sahih (to‘g`ri, ishonchli) va g`ay-risahih (xato, noto‘g`ri)larga ajratish, ularning illatlarini aniqlash, hadis roviylari ma‘lumotlarining to‘g`riligi, ishonchli yoki ishonchsizligi, roviylarning maishiy hayoti, yashash joylari, tug`ilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan o‘zaro muloqotlari tafsilotini bilish, turli roviylar keltirgan hadislarni bir-biriga solishtirib muqoyasa qilish, ularning bir-birlari bilan o‘zaro bog`liqligi yoxud uzilishlar mavjud holatlar, hadis ilmining yana boshqa xilma-xil muammolarini chuqur tadqiq etish, hadislarni saralab jamlash va Qur‘oni karim oyatlari bilan uzviy bog`liqlikda o‘rganish kabi masalalarga qiziqdi.
Imom al-Buxoriy o‘z vatanida va xorijiy yurtlarda mingdan ortiq ustoz (shayx, mashoyix)lardan hadis rivoyat qilgani haqida manbalarda aniq ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |