Muskul harakatlarining tezligi va chidamlilik xususiyatlari. Harakat tezligida muskullar qisqarishinipg yashi-rin davri katta ahamiyatga ega. 7-8 yashar bolalarda oddiy harakat refleksining yashirin davri 11-12 yashar bolalardagiga nisbatan yuqori. Bola jinsiy balogatga, ya’ni 14-15 yoshga yetganda muskullar chidamliligi kamaya-di, harakat aktivligi esa 35% ortadi. Qizlar bir kecha-kunduzda o‘g‘il bolalarga qaraganda kam harakat qiladi.
Bahor, kuz oylariga qaraganda qishda aktivlik 30-45% kamayadi. Bola maktabga borganda harakat aktivligi ikki marta kamayadi. Shuning uchun ham tashkiliy ravishda bolalarni albatta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullantirish zarur. Jismoniy tarbiya darelari bir kunlik harakat aktivligini 11% qondiradi, xolos. Fizkultura minutlari 1-2 sinf o‘quvchilarida darsning 15-17 minutida, III-IX sinflarda 20 minu-tida o‘tkazilsa yaxshi bo‘ladi. Uyda dars tayyorlaganda har 30–40 minutda fizkultura qilish kerak. 1-2 sinfda uchinchi darsdan keyin harakatli o‘yinlar o‘ynagan ma’qul.
Qo‘l panjasi muskullari oyoq muskullariga qaraganda vaqtliroq rivojlanadi. 8 yoshda qo‘l panjasi muskullari juda tez harakatlarni bajara boshlaydi. Bo‘g‘imlarda muskul harakatlari tezligi 12-13 yoshdan ortadi. Muskul harakatlari tezligining ortib borishi nerv sistemasining labilligiga, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari almashinishning o‘zaro aloqadorligiga va nerv jarayonlarining harakatchanligiga bog‘liq. Tolalari uzun parallel bo‘lgan muskullar patsimon va yelpig‘ichsimon muskullarga nisbatan uyg‘unlashgan nozik harakatlar qiladi va tezroq qisqaradi. 7-8 yashar bolalarda muskullar qisqa muddat ichida nozik harakatlarni chaqqon bajara olmaydi. Chaqqonlik bolada asta-sekin hosil bo‘ladi va yosh kattalashishi bilan ortib boradi. Aniq, uyg‘unlashgan nozik harakatlar qilish ko‘nikma hosil bo‘lishiga bog‘liq. Jismoniy mashqlar harakat tezligi va chaqkrnlikni orttiruvchi omillardan hisoblanadi. Jismoniy mashq bilan shug‘ullangan odamlarda deyarli barcha guruhdagi muskullarning harakat tezligi yuqori darajada bo‘ladi. 20–30 yoshlarda muskullar qisqarishining yashirip davri juda qisqaradi. 30 yoshdan so‘ng uzayadi va harakat tezligi kamayadi.
Chapaqay bolalarda chap tomondagi muskullar tezkorligi o‘ng tomondagilarga qaraganda yuqori bo‘ladi. 7 yoshdan 16 yoshgacha harakat sur’ati 1,5 marta ortadi.
Bolalarda chaqqonlik rivojlanishining 3 bosqichi kuzatiladi. Birinchi bosqichi harakatlarning fazoda aniq bo‘lishi, ikkinchisi turli vaqtlarda bajarilgan harakatlarniig aniqligi va uchiichisi harakat davomida tasodifiy harakatlarga javob tezligi bilan ifodalanadi.
Qo‘llar harakatidagi aniqlik va chaqqonlik, qo‘llarning kichik burchak hosil qilib harakatlanishi yosh sayin ortib boradi. Chidamlilik ma’lum guruh muskullar ish qobiliyatining uzoqroq saqlanib turish, ya’ni charchashga qarshilik ko‘rsatish xususiyatidan iborat. Chidamlilik ichki organlar, ayniqsa yurak-qon tomir va nafas olish sistemalari xususiyatiga bog‘liq. Organizmning chidamliligi bajariladigan ishping tabiatiga va jadalligiga qarab o‘zgarib turadi. Ish qanchalik tez bajarilsa, chidamlilik shuncha kam bo‘ladi. Ish jadalligi ikki marta ortganda chidamlilik 100 martagacha kamayishi mumkin.
Yosh ulg‘aygan sayin chidamlilik ortib boradi, lekin u bir tekisda bo‘lmaydi. 8-10 yashar qiz va o‘g‘il bola larning chidamliligi bir xil bo‘ladi. 12-15yoshda ayniqsa o‘g‘il bolalarda ortadi. 14 yashar bolalarning chidamliligi katta odamnikiga nisbatan 70% ni, 16 yoshda 80% ni tashkil etadi.
Shunday qilib, bolalarda 8 yoshdan 11-12 yoshgacha yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va harakat sifatlari (tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik) rivojlanishda davom etadi. 12 yoshdan 16 yoshgacha tik turish va yurishni ta’miplovchi skelet muskullari ancha tez rivojlanadi. 14–16 yoshda muskullar bilan birga bo‘g‘im, bog‘lam apparati rivojlanib boradi.
Muskullarning charchashi. Charchash deb, alohida organ yoki butun organizm yohud to‘qimaning faoliyatidan so‘ng ish qobiliyatining vaqtincha pasayishiga aytiladi. Dam olishdan so‘ng charchoqlik bosiladi. Bir guruh muskullarning charchashi ergografda tekshiriladi.
Muskullar ish vaqtida yoki statik vaziyatda uzoq qisqarib turganda yoki birorta jismoniy ish bajarganda charchaydi. Muskul charchaganda uning qisqarishidagi latent davr uzayadi, kuchi susayadi, ta’sirga javob reaksiyasi tszligi pasayadi, organizmning chidamliligi kamayadi. Bola qancha yosh bo‘lsa, shuncha tez charchaydi, ayniqsa bir turli muskullar tez charchab qoladi. Bolalar harakatsiz turganda tezroq charchaydi. Mehnat qobiliyatining uzoq saqlanishida va charchoqlikning boshlanishida markaziy nerv sistemasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Adinomiya, ya’ni kamharakatlik va muskullarning kam harakatlanishi ichki organlariing rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. 6-7 yashar bolalar aniqlikni talab qiladigan va qarshilikni yengadigan harakatlar qilmaganidan charchamaganga o‘xshaydi. 7-8 yashar bolalarning mayda muskullari yetarlicha uyg‘un qisqarmaydi, aniq, mayda, nozik harakatlarni juda qiyinlik bilan bajaradi, binobarin, yozish, rasm chizishda, nina bilan ishlashda darrov charchab qoladi. Bunday bolalar katta odamga nisbatan ko‘p harakat qiladi, lekin kam energiya sarflaydi. 7-12 yashar bolalar ham harakatlari uyg‘unlashmaganidan tez charchaydi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar ko‘pi bilan 40-45 minut jismoniy mashq qilishi kerak. 11-12 yashar bolalar endi jismoniy kuch va chidamlilikni talab qiluvchi harakatlarni bajara boshlaydi. 14 yashar bolalarning nerv sistemasi va harakat apparati organlari hali yetarli rivojlanmagan bo‘ladi, shu tufayli katta odamga nisbatan 2,5 marta, 16 yashar bolalar 2 marta tez charchaydi.
Turli xil jismoniy mashg‘ulotlarii olib borishda, maktab oldi uchastkasi va ishlab chiqarish praktikasida yuqoridagilarni hisobga olish zarur. Shuning uchun bolalar gimnastika bilan shug‘ullanganda, mehnat qilganda tez-tez dam berish, ish sur’ati va turiii va bola o‘z holatini o‘zgartirib turishi kerak.
Skeletning xarakat funksiyasi muskullar qisqarishi tufayli vujudga keladi. Odam organizmida 600 yaqin muskullar bor. Skelet muskullarining qisqarishi odamning ixtiyoriga bog‘liq. Skelet muskullari qisqarganda muskullardagi retseptorlardan markazga intiluvchi impul’slar markaziy nerv sistemasiga keladi. Natijada skelet muskullarining koordinatiyalashgan xarakati vujudga keladi. Organizmdagi barcha muskullar ikki turga: silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullarga bo‘linadi.
Ko‘ndalang targ‘il qisqarishi. Skeletni qoplab turgan muskullarning ko‘ndalang targil muskullar deb ataladi. Ularga qo‘l, oyoq, gavda, nafas olish muskullari kiradi. Ular tez qisqaradi. Organizmdagi muskullarning qisqaruvchi qismi tanasi va passiv qismi – paylari bor. Skelet muskullari shakliga qarab uzun, kalta, serbar bo‘ladi. Uzun muskullar duk shaklida bo‘lib, qo‘l va oyoqda joylashgan. Skelet muskullari organizmda ma’lum shakl berib turadi.
Skelet muskullari nerv tolasidan kelayotgan qo‘zg‘alish impul’si qisqarish bilan javob beradi. Muskulga bitta qisqarish kelsa yakka qisqarish ro‘y beradi. Organizmdagi muskullarning qisqarishi yakka qisqarishlar yig‘indisidan asbob yozib olishi mumkin. Muskullarga markaziy nerv sistemasidan doimo impul’slar uzoq qisqarib turadi. Muskullar bu impul’slarga uzoq qisqarib muskulning shu tetonik qisqarish yoki tetanus deb ataladi. Tetanus ikki xil bo‘ladi: tishchali va silliq tetanus.
Muskulning ishi kilogramometrlar bilan o‘lchanadi, ya’ni yuqoriga ko‘tarilgan yuk og‘irligini, ko‘tarilish balandligi ko‘paytmasi bilan o‘lchanadi. Muskullar statik va dinamik ish bajaradi. Muskullarning uzoq vaqt qisqarmasdan tura olishi statik ish hisoblanadi. Dinamik ishda muskullar yuk ko‘taradi. Statik holatga tik turish kiradi. Muskullar statik ishda dinamik ishga nisbatan kam ish sarflaydi. Dinamik ishda ko‘p energiya sarf bo‘ladi, modda almashinuvi ortadi. Dinamik ishda muskullar kamroq charchaydi. Statak ishda muskulga qon kelishi kamayadi, ovqatlanish susayadi. Muskullarni ish qobilyatini o‘lchash uchun ergograf asbobi qo‘llaniladi. Bolaning 6-7 yoshidan boshlab muskulning kuchi orta boradi, 8-9 yoshda muskul kuchining ortishi ancha tez bo‘ladi. Muskullar ish vaqtida yoki statik hollarda uzoq muddat qisqarib turishi yoki birorta jismoniy ish bajarganda charchaydi. Bolaning yoshi qancha kichik bo‘lsa, u shuncha tez va oson charchaydi, ayniqsa, bir turli muskul faoliyatida, harakatsiz holatda kattalarga nisbatan tez charchaydi. Muskullar charchashining boshlanishida markaziy nerv sistemasining hal qiluvchi rol o‘ynashini Sechanov I.M., Pavlov., Vvedenskiy N.E. va A.A. Uxtomskiylar o‘z tekshirish ishlarida ko‘rsatib berdilar. 7-8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mayda muskullarni qisqarishining koordinatsiyasi yetarli bo‘lmaganligi sababli ular aniq, mayda va nozik harakatlarni juda qiyinlik Bilan amalga oshiradilar. Shuning uchun ular tez charchaydilar. 7-12 yoshli bolalarda harakatlarning koordinatsiyalashmaganligi tufayli tez charchash vujudga keladi. Shuning uchun jismoniy tarbiya 40-45 minutdan ortmasligi kerak. 7-8 yoshli bolalar katta odamga nisbatan ko‘p mayda harakatlarni bajaradilar, lekin kam energiya sarf qiladilar. 14 yoshli bolalarda nerv sistemasi va harakat apparati yetarli rivojlanmaganligi tufayli katta odamga nisbatan 2:5 marta, 16 yoshda 2 marta ortiq charchash vujudga keladi. Bu ma’lumotlar turli xil jismoniy mashg‘ulotlarni olib borishda, maktab oldi yer uchastkasida, ishlab chiqarishda e’tiborga olinishi kerak.
Jismoniy mexnat davrida ish xolatini, tempini, pozasini o‘zgartirish, tez-tez dam berish, ijobiy emotsional xolatini vujudga keltirish kerak. 7-8 yoshli bolalarda muskularning aniq, noziq xaraqatlarni bajarish qobilyatiga ega bo‘lgan chaqqonlik bo‘lmaydi. Bunday chaqqonlik asta – sekin paydo bo‘ladi. Jismoniy mashqlar xarakat tezligi va chaqqonlikni orttiruvchi omillardan biri hisoblanadi. 30 yoshdan so‘ng muskullar qisqarishining yashirin davri uzayadi, xarakat tezligi kamayadi. Chapaqay bolalarda chap tomondagi gruppa muskullarni maksimal chastotasi o‘ng tomondagi shunday gruppa muskullarga qaraganda yuqori bo‘ladi. 7 yoshdan 16 yoshgacha xarakat tempi 1,5 martaga ortadi. O‘smirlarda balog‘atga yetish davrida muskullarning kuchi tez ortadi. Bolaning 6-7 yoshida yozuvchi muskullar kuchi bukuvchi muskullar kuchiga nisbatan ortiq bo‘ladi. Bunga sabab o‘ng qo‘l ko‘p qon bilan ta’minlanadi. 8 – 10 yoshda o‘g‘il bolalar o‘ng qo‘lining kuchi qiz bolalardan 1-3kg. ortiq, 13 yoshda 7 kg., 16 yoshda 15 kg., 19 yoshda 17,5 kg., 22 yoshda 18 kg teng. Chidamlilik ma’lum gruppa muskullarni ish qobilyatini uzoqroq saqlash, o‘ziga xoslilik bilan xarakterlanadi. Yosh ortgan sayin dinamik ishga chidamlilik ortib boradi. Chidamlilik 12 – 15 yoshda o‘g‘il bolalarda ancha ortadi.
Tayanch xarakat apparatining gigienasi. Bolalarning o‘quv va mexnat faoliyatini tashkil etishda o‘quv va mexnat sharoitlarining gigienaga to‘g‘ri kelmasligi, sinf jixozlarining maqsadga muvofiq bo‘lmasligi, portfelini doim bir qo‘lda olib yurishi, uydagi turmushni uyushtirishda ish o‘rnining gigienik jihatdan to‘g‘ri kelmasligi, o‘rin – ko‘rpaning xaddan tashqari yumshoq va notekis bo‘lishi umurtqa pog‘onasining rivojlanish xususiyatlariga yetarlicha baho bermaslik tayanch – xarakat apparatining noto‘g‘ri o‘sib – rivojlanishiga olib keladi. Tayanch – xarakat apparatining gigienik qonunlarga rioya qilmasliq umurtqa pog‘onasining rivojlanishiga, ya’ni qad – qomatning buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad – qomat deyiladi.
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko‘krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi.
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o‘xshash ko‘tarilib turadi. Bukir holat yuzaga keladi.
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko‘krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining bel qismi normadan ko‘proq oldinga buqilishi kuzatiladi.
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda yelkalarining biri past, biri baland, ko‘kraklari ham past, baland bo‘lib, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo‘ladi. Qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko‘rinishni emas, balki ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalarda umurtqa pog‘onasining normal shakllanishi uchun quyidagi gigienik qoidalarga amal qilish kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to‘shakda uxlashga o‘rgatish, yostiq pastroq bo‘lishi kerak; bolani 6 oylik bo‘lguncha o‘tkazmaslik, 10 oylik bo‘lguncha oyog‘ida uzoq vaqt tik turg‘azmaslik kerak; kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir yuk ko‘tarmasligi, doim bir qo‘lda ish bajarmasligi kerak; O‘quvchilar bo‘ylariga mos parta, stol-stullarda o‘tirishi kerak, parta, stol-stulda o‘tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul yoki parta suyanchig‘iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib, bukilgan, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 3-5 sm. ga yaqin masofa bo‘lishi kerak.
Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og‘ir yuk ko‘targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chikadi. Yassioyoqlik natijasida oyog‘ining tovon- panja va boldir muskullarida og‘riq bo‘ladi. Yassioyoqlik tug‘ma va xayotda orttirilgan bo‘ladi. Yassioyoqlikning tug‘ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari kuyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg‘izish, uzoq vaqt tik turg‘izish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, o‘quvchilarning kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og‘ir yuk kutarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e’tibor berish kerak.
Sinf jixozlariga qo‘yiladigan gigienik talablar. Ta’lim-tarbiyaning, mehnat ta’limining samarali bo‘lishida sinf xonalari, labaratoriyaning jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo‘yi, yoshi, tana proporsiyasi, fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Sinf xonasining asosiy jihozi partadir. Parta bir yoki ikki o‘rinli bo‘lib, har birining suyanchig‘i, o‘tirg‘ichi va yozuv stoli kabi qismlari bo‘ladi. Suyanchiq bola umurtqa pog‘onasining bel egriligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig‘i gorizontal bo‘yicha kursi suyanchig‘igacha bo‘lgan masofa o‘quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm. masofa qolishi kerak. Masofa musbat, manfiy va nol bo‘lishi mumkin. Suyanchiq oralig‘i oshib ketsa, o‘quvchi bukilib o‘tiradi, kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti o‘tirg‘ichdan 3-5 sm. o‘tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15 -20° qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko‘rishni yengillashtiradi. O‘quvchilarni partaga o‘tkazishda bo‘yini parta raqamiga moslash zarur. Bo‘yi eng past bola 110 sm., novchasi 179-180sm. bo‘ladi. Barcha o‘quvchilar 7 ta bo‘y guruhiga bo‘linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha A.F.Listov bolani bo‘yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formulan tavsiya qiladi, ya’ni bola buyining oldingi raqami o‘nligidan 5 ni ayirsa, shu bola o‘tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning buyi 148 sm., 14 dan 5 ni ayirib tashlaymiz, unda 9 qoladi. Demak, 148 sm. bo‘yli bola 9 nomerli partada o‘tirishi kerak. Xozirgi vaqtda ko‘p maktablarda yangi nomerli partalar ko‘llaniladi. Bular A, B, V, G, D deb belgilanadi. Xar bir partaning suyanchig‘ida shu partada o‘tirishi mumkin bo‘lgan bolaning bo‘yi, parta nomeri yoki rangli shartli belgi ko‘yilgan bo‘ladi. Jumladan, A raqamli parta rangli belgisi sariq, B-qizil, V-ko‘k, G- yashil va D-oq rang bo‘ladi. Sinf partalari, stol, stullarni akslanish koeffitsenti 35% dan 50% gacha bo‘lgan ranglarda bo‘yash tavsiya etiladi. Parta, stol, stullar och kul rang, och yashil yoki boshqa ochroq rangga bo‘yash tavsiya etiladi. Sinf partalari 3 qator qilib, pastlari oldinga, balandlari orqaga qo‘yiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm., ichki devor bilan parta qatori orasidagi masofa 60 sm., oxirgi parta bilan devor orasidagi masofa 50 sm., oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m. qilib joylashtiriladi. O‘quvchilarni partaga o‘tkazishda bo‘yidan tashqari sog‘lig‘i, ko‘rish, va eshitish organlarining xususiyatlari ham e’tiborga olinadi. Yaqindan ko‘radigan bola, garchi bo‘yi baland bo‘lsa ham oldingi partaga o‘tkazilishi kerak. Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo‘lishi kerak. Uning o‘lchami sinf satxiga bog‘liq bo‘lib, uzunligi 175 sm. dan 300-350 sm. gacha, eni 110-120 sm. bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda sinf doskasi pol sathidan 85 sm, yuqori sinflarda 90 sm. baland o‘rnatiladi. Doska jigar rang, tuk yashil rangga bo‘yaladi. Doskada bo‘r, latta qo‘yish uchun tarnovcha bo‘lishi kerak. Doska yaxshi yoritilishi uchun tepasiga lyuminessentlampa o‘rnatiladi. O‘qituvchining ish stoli va stuli birinchi parta yoki o‘rtadagi parta oldiga ko‘yiladi.
Asosiy adabiyotlar:
1. Rajamurodov Z.T., Rajabov A.L. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. Tib. Kitob. 2010 y ( INV-U-7127 )
2. Nuriddinov.E.N. “Odam fiziologiyasi” T. “A’loqachi” 2005 y. (INV-U-6385)
3. Almatov K.T., Allamuratov.SH.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. Universitet. 2004 y. ( INV-U-6216)
4. Ahmedov.A. “Odam Anatomiyasi” T. “Iqtisod moliya” 2007 y. (INV-U-6623)
5. R.Boxodirov “Odam anatomiyasi” T. “O‘zbekiston”, 2006 y (INV-6403)
6. Sodiqov.Q., Aripova. S.X., Shaxmurova.G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. Yangi asr avlodi. 2009y. (INV-6961)
Do'stlaringiz bilan baham: |