Mavzu : Power point dasturida makrokomandalar
Kirish;
1.Power point dasturi haqida tushuncha;
2.Taqdimotlar yaratish;
3.Animatsion effektlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Reja:
MS Power Point - matn, rasm, chizma, grafika, animatsiya, ovoz, video va boshqa elamentlardan tashkil topgan slaydlarni yaratish uchun moʻljallangan dasturdir.
Slayd - ma’lum bir oʻlchamlarga ega boʻlgan koʻrgazmali varaq hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. Slaydlar
ketma-ketligidan iborat tayyor koʻrgazmani kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Koʻrgazmani tashkil qilish – slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
Kirish
Prezentatsiya (Taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun tashkil etilgan fayl.
MS Power Point dasturini ishga tushirish. Ish stolidagi quyidagi buyruqlami bajarish orqali dastur ishga tushiriladi: «Пуск» — « Все Программы » — «MS Power Point»
Har bir foydalanuvchi dasturda ish olib borishi uchun keltirilgan dizayndagi shablonlardan birini oʻz maqsadiga ko’ra tanlab oladi.Odatda boʻsh taqdimot sahifasi tanlanadi
Taqdimotlar yaratish
Yangi taqdimotni yaratishda MS Power Point
dasturining asosiy oynasidagi Bosh (Gorizontal) menyuning «Файл» —«Создать» (Fayl— Yaratish) buyruqlari ketma-ket bajariladi. Bu buyruqlar bajarilgandan so’ng oynadan «Пустая презентация» (Bo’sh prezentatsiya) bandi tanlanadi
Animatsion effektlar
Animatsiya — bu, ob’yektlar manbalarining oʻzaro joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt boʻyicha oʻzgarishiga ega boʻlgan vazifa yoki topshiriqdir. Hozirgi paytda kompyuterli grafika vositalarini qoʻllashning ushbu sohasi kuchli rivojlanishni boshdan kechirmoqda. Animatsion grafika oʻzida rang, tasvir va illyustrativ grafika (mashinaviy tasvirlar, illyustrativ matnlar, chizmalar, eskizlar va boshqalar) bilan ishlay olish imkoniyatiga ega.
«Анимация» menyusidan <<Добавить анимацию>> buyruqlari tanlanadi. Biror animatsiya turi tanlangandan soʻng matn yoki shakl nomerlanadi va shu animatsiya effekti asosida harakatlanadi
Ushbu vositalar panelidagi asosiy elementlar bilan tanishib chiqamiz.
1.Sarlavha animatsiyasi. Bunda animatsiya nomi yoziladi.
2.Slayd matnlarining animatsiyasi. Matn yozilgan barcha slaydlani ekranda namoyish etadi.
3.Kirish effekti. Bu piktogrammaga sichqoncha koʻrsatkichi keltirib bosilgandan soʻng, namoyish ekranida belgilarning chiqish tezliklari hosil bo’ladi.
Ya’ni, belgilarning ketma-ket tartibda chiqishi ta’minlanadi.
4.Kamera effekti. Namoyish slaydining tasvirini ta’minlaydi.
5.Portlash effekti. Bunda slaydga yozilgan axborotlarning ekranda bir marta hosil boʻlib, yoʻqolish holati ta’minlanadi.
6.Lazerli effekt. Slayddagi yozuvlarning uchish tezligini va turli tomonlardan uchib tushish parametrlarini oʻzgartirish piktogrammasidir.
7.Yozuv mashinkasi animatsiyasi. Bunda kiritilgan belgilar endi yozilayotgan yozuv mashinkasidagi kabi hosil boʻladi.
8.Otib tushirish effekti. Bunda yaratilgan slayddagi belgilar biror tugma bosilmaguncha yashirinib turadi.
9.Animatsiyalarni sozlash. Bu piktogramma animatsiyalar parametrlarini oʻzgartirish uchun xizmat qiladi.
Xulosa
MS Power Point - matn, rasm, chizma, grafika, animatsiya, ovoz, video va boshqa elamentlardan tashkil topgan slaydlarni yaratish uchun moʻljallangan dastur.Unda har xil prezentatsiya(taqdimot) tayyorlash mumkin.Taqdimotda rasmlar,jadvallar,matnlar kiritish ,turli xil animatsiyalar joylash mumkin.
Foydalanilgan Adabiyotlar
1. S.S.Gʻulomov, B.A.Begalov. Informatika va axborot texnologiyaiari. Fan nashriyoti. T.2010. 685 b.
2. Z.S.Abdullayev, S.S.Mirzayev, G.Shodmonova, N.B.Shamsiddinov.
Informatika va axborot texnologiyaiari. A.Navoiy kutubxonasi nashriyoti. T. 2012 y. 442 b.
3.G.Shodmonova, S.S.Mirzayev. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Oʻquv qoʻllanma. T.2018 y. 119 b.
4.N.X. Shoaxmedova, L.T. Ibragimova, Sh.T. Ermatov. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar. Oʻquv-uslubiy majmua. 168 b.
5.G.Shodmonova. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar. Oʻquv qoʻllanma. Musiqa nashriyoti. 2007 y. 177 b.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |