Reja: Morfemika haqida ma’lumot 2



Download 43,71 Kb.
bet1/3
Sana01.12.2022
Hajmi43,71 Kb.
#876074
  1   2   3
Bog'liq
Reja Morfemika haqida ma’lumot


MAVZU:Morfema va uning turlari:o’zak morfema va affiksal morfema.Affiksal morfemalarning turlari:so’z yasovchi,shakl yasovchi
Reja:
1.Morfemika haqida ma’lumot
2.O’zak morfema va affiksal morfema
3.Affiksal morfemalarning turlari: so’z yasovchi, shakl yasovchi

So‘z yasalishining grammatika bilan boғliqligi (morfologiyada: ayniqsa, affiksatsiya yo‘li bilan yasalish; kategorial ko‘chish; sintaksisda: qo‘shma so‘z bilan so‘z birikmasi orasidagi munosabat va b.) uning tabiatidagi etakchi xususiyatlaridandir. Uzak va affikslarning analizi morfologiyada ham, so‘z yasalishida ham uchraydi, lekin bu ikki sohaning analizi-hodisaga qanday nuqtai nazardan yondashishi—har xil, shunday bo‘lsa ham, bari bir, har ikki soha uchun umumiy bo‘lgan hodisalar ham bor. SHunga ko‘ra, keyingi vaqtlarda bularni yoritishning yangi sxemalari paydo bo‘ldi: dastlab morfemalariing har ikki sohaga aloqador bo‘lgan tomonlari ayrim beriladi, bu ayrim qism morfemika deb ataladi, keyin so‘z yasalishi, undan keyin morfologiya bayon qilinadi. Bu yangi tartib ilmiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lib, praktik tomondan ham afzalliklarga ega.Morfemika so'zning ma'noli qismlari haqidagi ta'limotdir. So'zlarning grammatik tarkibi o'zak va turli morfemalardan tashkil topib gapda so'zlar turli grammatik shakllarda ham, o'zgarmagan holda ham qo'llaniladi. So'zlarning o'zgarmagan shakli asosiy, ya'ni lug'aviy ma'noli qismdir. Turli grammatik shakllar esa lug'aviy ma'noga qo'shiladigan qo'shimcha ma'nolardir. Masalan, Uyimizning so'zidagi uy so'zning ma'noli qismi -imiz—egalik ma'nosini, -ning kelishik, ma'nosini ifodalagan. Morfemika so‘zning eng kichik ma`noli qismlari haqidagi ta`-limotdir. By kichik kismlar morfemalardir. Bu morfemalar turli ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladi. Masalan, ishla so‘zadagi -la elementi hayda so‘zida -da formasida kelgan (lekin hay-hayla fe`lida yana -la tusida qo‘llangan), hozir ajralmaydigan unda so‘zida ham aslda shu -da affiksi bor (un—ovoz). Bu -la va -da ko‘rinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir ko‘rinishi esa morf sanaladi. Demak, morfema morflarning yiғindisidir. Bu turli ko‘rinishdagi qismlar, morflar, bir-biriga nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol o‘zak morfemalarda ham uchraydi: tash-qi so‘zidagi tash elementi tish tusida ham uchraydi (chiq so‘zining kelib chiqishini eslang: tishiq — chiq). YAna: yuvmoq — yumoq (u ko‘ylakni yuvgan-yugan), to‘zғi-to‘zi (-ғi va -i), qo‘zғa va to‘zғi (-ғa va ғi), to‘zidi—to‘zғidi—to‘zғoq (to‘zi va to‘z, qo‘zi va qo‘z, qazi va qaz: qaziғan—qazgan), -gancha va -guncha (Bu formalar keyinroq differentsiatsiyaga uchragan), kuchuk uvladi—Bo‘ri ulidi (uv va u, -la va -li). Anglashiladiki, morfema deganimizda (o‘zak morfema ham, affiksal morfema ham), yuqoridagi kabi yaqin — o‘xshash morflarning yiғindisini ko‘zda tutamiz, shu har xil ko‘rinishlarning umumiy atalishini anglaymiz (lekin ma`lum morfologik modelga ko‘ra regulyar takrorlanadigan variantlar morf sanalmaydi). Morfema sostaviga ko‘ra, ko‘pincha, umumlashtirib aytganda, fonemalar kompleksidan, ba`zan bir fonemadan iborat bo‘ladi (har bir konkret ko‘rinishga nisbatan aytganimizda morf fonemadan iborat bo‘ladi), bir qancha so‘zlarda takrorlanadi, (bir xil ma`noda), muntazamlik xarakteriga ega bo‘ladi. Morflarning bir morfema sanalishi (-la va -da affikslarini eslang) ularning ma`no jihatidangina emas, balki formal tomondan (material-tovush tomonidan) ham yaqin-o‘xshash bo‘lishiga asoslanadi. Masalan, islamok va iskamoq fe`llaridagi -la va -ka yasovchi affikslarining semantik funktsiyasi bir xil, lekin bular orasida material yaqinlik-o‘xshashlik yo‘q, demak, bular sinonim affikslardir.

So'zlar o'zgarmagan shaklda qo'llanib, qo'shimcha olmasa, u ma'noli qismlarga bo'linmaydi. Agar so'z tuzilishida qo'shimcha ishtirok etsa, u turli grammatik ma'nolarni ifodalaydi. So'zning ma'noli qismi ikki tarkibdan: so'z va qo'shimchalaridan tashkil topadi. So'zning o'zi ham muayyan ma'noli qismdir.

Bu qism so'zning., boshqa ma'noli qismlarga bo'linmaydigan, ushbu so'z asosida yuzaga keladigan turli shakllarning hosil bo'lishi uchun asos bo' ladigan qismidir.

So'zning eng kichik ma'noli, boshqa ma'noli qismlarga bo'linmaydigan shakli morfema deyiladi. Morfema - grekcha "shakl" demakdir. Ya'ni so'zning turli ma'noli shakllari morfema hisoblanadi. Biroq so'z shakllari ma'no va vazifa jihatidan o'zaro farqlanadi. Shunga ko'ra morfemalar ikki xil: 1) o'zak morfema, 2) affiksal morfema.




Download 43,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish