YAF=SST-TN Bunda: SST - sotishdan sof tushumi.
TN - sotilgan mahsulotning tannarxi
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan foyda tarkibiga yalpi foydadan tashqari asosiy faoliyatning boshqa daromadlari va zararlarining farqi hamda ulardan davr xarajati chiqarilib aniqlanadi, ya’ni:
AFF=YAF-DX+BD-BZ. Bunda: YAF - yalpi foyda.
DX - davr xarajati
BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
BZ - asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar.
Umumxo’jalik faoliyatidan foyda:
UF=AFF+MD-MX Bunda: MD - moliyaviy faoliyatidan olingan foyda.
MX- moliyaviy faoliyatdan xarajatlar.
Soliq to’languncha foyda:
STF=UF+FF-FZ. Bunda: FF - favqulodda vaziyatlardan foyda.
FZ - favqulodda vaziyatlardan zarar.
Sof foyda:
SF=STF-DS-BS Bunda : DS - daromad(foyda)dan to’lanadigan soliq.
BS - boshqa soliqlar va to’lovlar.
Yuqorida keltirilgan foyda ko’rsatkichlarini aniqlash bo’yicha tegishli tushunchalar va ular bo’yicha ko’rsatkichlar moliyaviy hisobotni “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot(2-shakl)”da batafsil berilgan.
Davr xarajatlarining hisobi.
Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog’liq bo’lmagan, va aksincha, vaqt bilan, xo’jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog’liq bo’lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.
Hisob varaqlar rejasiga binoan davr xarajatlarining hisobiga 9400 “Davr xarajatlari hisobi hisobvaraqalari” hisobvarag’i mo’ljallangan bo’lib, unda davr xarajatlarini hisobi quyidagilar bo’yicha olib boriladi:
9410 - sotish xarajatlari
9420 - ma’muriy boshqaruv xarajatlari
9430 - boshqa operatsion xarajatlar
9440 - keyinchalik soliq solish bazasidan chiqariladigan hisobot davri xarajatlarining hisob varaqlari(xarajatlarni turlari bo’yicha).
Sotish xarajatlariga asosan quyidagilar kiradi va ular bo’yicha quyidagi schyotlar bog’lanishidan foydalaniladi:
mahsulotni sotish bilan bog’liq transport xarajatlari - DT 9410 KT 6990, 2310
reklama va marketing xarajatlari - DT 9410 KT 6990 sotish jarayonida foydalanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi - DT 9410 KT 0210-0290
sotish jarayonida foydalanilgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi - DT 9410 KT 0510-0590
mahsulotlarni sotishda band bo’lgan xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda - DT 9410 KT 6710
hisoblangan ish haqiga nisbatan hisoblangan ijtimoiy to’lov simmasi - DT 9410 KT 6520 va boshqalar
9410 hisob varaqni yil oxirida yopilishi - DT 9910 KT 9410 Korxonalar ishini tashkil qilish, yuritish va boshqarish bilan bog’liq xarajatlar ma’muriy-boshqaruv xarajati deb atalib, ushbu xarajatlarning hisobi 9420 - “ma’muriy-boshqaruv xarajatlar” hisobvarag’ida ularni quyidagi asosiy turlari bo’yicha hisobga olinadi va ularga quyidagi schyotlar bog’lanishidan foydalaniladi:
boshqaruv xodimlariga mehnat haqi hisoblash - DT 9420 KT 6710 va unga tegishli ijtimoiy sug’urta xarajatlari - DT 9420 KT 6520
ma’muriy-boshqaruv ehtiyojlariga foydalanilgan asosiy vosita va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi - DT 9420 KT 0210 - 0299; 0510-0590 boshqaruvga tegishli ijara haqi Dt 9420 Kt 6910
ma’muriy-boshqaruv ehtiyojiga transport xizmati - DT 9420 KT 2310, 6010
boshqaruv xodimlari xizmat safari xarajatlari - DT 9420 KT 4220, 4230 xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo'lmagan mol- mulkni majburiy sug’urta qilish - DT 9420 KT 6510
hisob varaqni yil oxirida yopilish - DT 9910 KT 9420 va boshqalar
Boshqa operatsion xarajatlarning hisobiga 9430 - “Boshqa operatsion xarajatlar” hisob varag’i muljallangan bo’lib, ushbu xarajatlarni asosiylariga quyidagilar kiradi va ularga quyidagi schyotlar o’zaro bog’lanadi:
bank va auditorlik xizmatlariga to’lovlar hisoblanishiga - DT 9430 KT 6990
asosiy vosita va boshqa aktivalarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan zararga - DT 9430 KT 9210, 9220
javobgar shaxs aniqlanmagan yetishmaslik va yo’qotishlarga - DT 9430 KT 5910
shubhali qarzlarga tashkil etilgan rezervlarga - DT 9430 KT 4910 soliqlar bo’yicha jarimalarga - DT 9430 KT 6410
xodimlar uchun dam olish uylari va sanatoriyalarga yo’llanmaga pul o’tkazilganda - DT 9430 KT 5110-5530
o’tgan yillar zarari bo’yicha operatsiyalarga - DT 9430 KT 4010, 4020, 4110, 4120
xo’jalik shartnomalarini buzilishi bo’yicha jarimalarga - DT 9430 KT 6960 va boshqalar
hisob varaqni yil oxirida yopilishiga - DT 9910 KT 9930
9440 - “Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari” hisob varag’ida hisobot davrida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, ammo ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlarni rejalashtirilgan samaraga erishilgan holda, kelgusi hisobot davrida soliqqa tortiladigan bazadan kamaytiriladigan xarajatlar hisobga olinadi (masalan, qazib olinadigan sohalarda tayyorgarlik ishlarida foydalanilgan asosiy vositalar eskirishi - DT 9440 KT 0210-0290).
Hisobot davr oxirida 9440 - hisob varag’ining debetdagi summasi 9900 - “Yakuniy moliyaviy natija” hisob varag’iga o’tkaziladi va ushbu summa
012 - “Keyingi davrlarning soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan” balansdan tashqari hisob varaqga ham o’tkaziladi. 012 - hisobvaraqdagi summa bu tadbir uchun sarflangan xarajat va undan olinadigan samara muddatiga qarab, tuzilgan maxsus komissiya raschyotiga asosan hisobdan chiqarilganda yoziladi.