Ko’rsatkich
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
Tijorat banklari aktivlari (mlrd so’m)
|
3198,0
|
3918,2
|
4419,0
|
6400,0
|
6630,6
|
7208,0
|
9276,2
|
12065,0
|
Tijorat banklari yalpi kapitali hajmi (mlrd so’m)
|
602,0
|
714,7
|
791,0
|
824,0
|
930,9
|
1250,0
|
1502,6
|
2104,0
|
Faoliyat ko’rsatayotgan mini-banklar soni (birlik)
|
309
|
530
|
795
|
1122
|
1450
|
1500
|
2038
|
2161
|
Kichik tadbirkorlik sub‘ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi (mlrd so’m)
|
206,0
|
256,0
|
294,0
|
353,9
|
419,9
|
547,9
|
743,7
|
1251,0
|
Tijorat banklarda aholi omonatlari qoldig’i (mlrd so’m)
|
91,5
|
170,1
|
245,0
|
323,0
|
449,5
|
975,0
|
994,6
|
1724,0
|
O’rta va uzoq muddatli kreditlarning jami ktredit qo’yilmalaridagi ulushi (foiz)
|
74,0
|
81,0
|
81,0
|
82,8
|
81,0
|
85,0
|
86,7
|
-
|
Asosiy tayanch tushunchalar
Moliya – pul fondlarining harakati, ya‘ni ularning shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog’liq ravishda vujudga keladigan munosabatlardir.
Moliya tizimi – moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalardir.
Davlat byudjeti – davlat xarajatlari va ularni moliyaviy ta‘minlash manbalarining tartiblashtirishga rejasi.
Byudjet taqchilligi – byudjet xarajatlarining daromadlar qismidan ortiqcha bo’lishi natijasida vujudga kelgan farq..
Pul muomalasi – tovarlar aylanishiga holda notovar xarakteridagi to’lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlarning harakati.
Pul tizimi – tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan mustahkamlangan, mamlakatda pul muomalasini tashkil qilish shakli.
Inflyatsiya – qog’oz pul birligining qadrsizlanishi.
Kredit – bush turgan pul mablag’larini ssuda fondi shaklida to’rlash va ularni takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga berish.
Foiz normasi (stavkasi) – foiz yoki foizni daromadning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanishi.
Banklar – kredit munosabatlariga xizmat qilib, kredit tizimining negizini tashkil qiluvchi maxsus muassasalar.
Bank operatsiyalari – mablag’larni jalb qilish va ularni joylashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Bank foydasi – olingan va yo’langan foiz summalari o’rtasidagi farq..
Bank foyda normasi – bank sof foydasining uning o’z kapitaliga nisbatining foizdagi ifodasi.
Laffer egri chizig’i – davlat byudjeti daromadlari va soliq stavkasi o’rtasidagi bog’liqlikning tasvirlanishi.
Lizing – kreditning pulsiz shakli bo’lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to’lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat.
Faktoring – boshqa iqtisodiy sub‘ektlarning qarzdorlik bo’yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari.
Farfeyting – uzoq muddatli faktoring munosabatlari bo’lib, qarzdorlik bo’yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o’tgandan so’ng undirishi mumkin bo’ladi.
Trast – mijozlarning kapitallarini boshqarish bo’yicha operatsiyalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |