Reja: Moliya muassasalarining iqtisodiy manfaatlari, moliyaviy oqimlarga tahdidlar



Download 17,24 Kb.
Sana05.07.2022
Hajmi17,24 Kb.
#742728
Bog'liq
8 мавзу ворд


8-MAVZU. XО‘JALIK FAOLIYATINING PUL-MOLIYA SOHASIDAGI IQTISODIY XAVFSIZLIK.
Reja:
Moliya muassasalarining iqtisodiy manfaatlari, moliyaviy oqimlarga tahdidlar.
Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar.
Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash vositalari.

Moliya muassasalarining iqtisodiy manfaatlari, moliyaviy oqimlarga tahdidlar


Bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida tijorat hisobi asosida faoliyat yurituvchi moliyaviy muassasalar tizimi shakllanadi. Ular jumlasiga banklar, birjalar, sug‘urta kompaniyalari, investitsion fondlar va boshqa iqtisodiy-moliyaviy muassasalar kiradi. Moliya iqtisodiy siyosatning va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning dasturiga aylanadi. Moliyaviy muassasalarning iqtisodiy manfaatlari pul muammosining barqarorligi, milliy pul birligining qadrliligi, hisob va soliq intizomiga rioya qilish, moliyaviy operatsiyalarning daromadliligi, inflyatsiyaning qanoatlantiruvchi darajasi, investitsion talab va mijozlarning kreditlarni tо‘lash qobiliyatiga yо‘naltirligan bо‘ladi.
Davlat va xо‘jalik subyektlari pul mablag‘lari fondlarining vujudga kelishi, taqsimlanishi va ishlatilish shakllari hamda usullari tizimi moliyaviy tizimni tashkil yetadi. Ushubu tizim infrastrukturasini banklar, birjalar, kommunikatsiya vositalari, axborot-analitik va maslahat (konsalting) xizmatlari tashkil yetadi. Ular pul muomalasi, moliyaviy oqimlarni kо‘plab instrument (vosita)lardan foydalanib tartibga soladilar.
Shu boisdan moliya sohasini mustahkamlash quyidagi vazifalarda о‘z ifodasini topgan:
umumdavlat ustuvorliklaridan kelib chiqib, moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash samaradorligini oshirish;
hisob-kitob intizomini mustahkamlash va soliq tizimini takomillashtirish, soliqlar sonini kamaytirib, uning yig‘ilishini oshirish;
pul massasidan foydalanish ustidan nazorat qilishning samarali mexanizmini yaratish;
bank tizimining ishonchli amal qilishini ta’minlash.
Moliyaviy tashkilotlarning ishonchliligini ikki muhim tamoyil belgilab beradi:
oqilona yuritiluvchi moliya-kredit siyosati;
samarali xavfsizlik tizimi.
Moliya tizimi moliyaviy resurslar oqimi bilan tavsiflanadi. Bozorlardagi tovarlar va xizmatlar oqimlari pul muomalasi vositasida sodir bо‘ladi hamda moliyaviy munosabatlarning subyektlarini bir-birlari bilan bog‘laydi.
Moliyaviy oqimlar xо‘jalik subyektlari jamg‘armalarining investitsiyalarga aylanishi jarayonini ifodalaydi. Ammo kapitalning oquvchanligi oshkora, qonuniy yoki yashirin, noqonuniy shakllarda namoyon bо‘ladi. Ushbu moliyaviy oqimlar harakatida ikki xil noxush, salbiy holatlar ham sodir bо‘lishi mumkin. Bir tomondan, mamlakatda investitsiya resurslari yetishmagan bir sharoitda capital qochib, chet mamlakat iqtisodiyotni investitsiyalsh manbaiga aylanishi mumkin. Bu yesa mamlakatning ichki moliyalashtirish, investitsiyalash imkoniyatlarini zaiflashtiradi. Ikkinchi tomondan, noma’lum manbalar hisobiga capital tо‘planib, iqtisodiyotning real va xufyona sektorlarida muomalaga tortiladi. Kapital “qochishi”ning sabablari tijorat foydasi olish yemas, balki uni saqlash, undan foydalanishning ishonchli sharoitlarga yega bо‘lishiga intilishi bilan izohlanadi.
Mamlakatdan kapital qochishining oldini olish va moliyaviy muhitni sog‘lomlashtirish uchun quyidagi tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
mamlakatda investitsion muhitni yaxshilash, investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb yetishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish orqali investitsion jozibadorlikni yuksaltirish. Oqibatda, kapitalni chetga chiqarish kamayib, xorijdagi vatandoshlarimiz hisobidagi mablag‘larning yurtimizga qaytish jarayoni yuz beradi;
aholining banklarga ishonchini tiklash va mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
milliy valyutadagi jamg‘armalarning kо‘payishi hamda ularni investitsiyalarga aylanishini rag‘batlantirish tizimini yaratish;
moliyaviy oqimlarni – bojxona, valyuta, bank nazoratining shakl va vositalari, usullarini takomillashtirsh;
kapitalning eksport va importni tartibga solishning huquqiy-meyoriy bazasini takomillashtirish va kengaytirish.

2. Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdilar


Pul muomalasidagi qonunbuzarlik, jinoiy, о‘g‘rilik holatlarining vujudga kelishiga quyidagilar qulay sharoit yaratadi:
inflyatsion jarayonlarning kuchayishi;
daromadlarni deklaratsiya qilish tizimining yetarli darajada rivojlanmanligi;
xorijiy valyutalar muomalasining tartibga solinmaganligi;
bank va moliyaviy muasasalar tomonidan pul mablag‘larini huquqiy himoya qilish tizimining bо‘shligi;
hisob-kassa operatsiyalarining takomillashmaganligi hamda pul tо‘lovlari muddatlarining atayin chо‘zib yuborilishi holatlari.
Moliyaviy tovlamachilik о‘zga shaxslarning pulini о‘zlashtirish, ularni soxta firma hisobiga о‘tkazish, tо‘plangan pullarni naqd pullarga aylantirish hamda keyinchalik yashirish, tо‘lovsizlik inqirozini yuzaga keltirish namoyon bо‘ladi. Odatda, tovlamachilar tо‘lovsizlikning sabablari sifatida umumiy tanglik, inflyatsiya hamda harid qobiliyatining pasayishini bahona qilib kо‘rsatadilar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi natijasida ilgarigi kriminal, tashkiliy jinoiy guruhlar savdo sohasidan pul-kredit munosabatlari sohasiga о‘ta boshladilar. Soxta tо‘lov hujjatlari, soxta bank kafolatlaridan foydalanish orqali pul mablag‘larini о‘g‘irlash ommaviy tus oldi. Shuningdek, imtiyozli kreditlarni noqonuniy olish va maqsadsiz ishlatish, kapitalning xufyona iqtisodiyotga, xorijiy banklarga nazoratsiz oqib о‘tishi, kriminal pullarning legallashtirilishi, shuningdek, moliyaviy hujjatlar о‘tishini tezlashtirish, naqd pul va kreditlar berish bilan bog‘liq poraxо‘rlik holatlari о‘tish davrida yanada kengayib ketdi.
Tijorat banklarining axborot tizimiga kirib, pul mablag‘larini noqonuniy tarzda maxsus hisob raqamlariga kо‘chirish jinoyatchilikning yangi turlaridan biridir. Kreditlarni qasddan qaytarmaslik, ularni maxsus tashkil yetilgan tadbirkorlik subyektlari hisob raqamiga о‘tkazib, naqd pulga aylantirish yoki konvertatsiya qilib, sо‘ngra yashirinish hollari ham sо‘nggi yillarda kо‘p uchraydigan jinoiy harakatdir.
Asossiz ravishda kredit olish va uni maqsadsiz ishlatishga tijorat banklari tomonidan kredit shartnomalari tuzishda yetarli darajada nazorat yо‘qligi, qarz oluvchi hujjatlarning sinchiklab tekshirilmasligi, uning tо‘lov qobiliyatining о‘rganilmaganligi, kreditlashtiriladigan loyihalarning iqtisodiy yekspertizadan о‘tkazmasligi yoki bu ishlarni amalga oshirishda ayrim mutasaddi xodimlar tomonidan sovuqqonlik, suiste’molliklarga yо‘l qо‘yilganligi sabab bо‘ladi.ъ

3. Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash dastaklari


Iqtisodiyot normal amal qilishi uchun moliyaviy mablag‘lar uning sohalari, tarmoqlari, hududlari bо‘yicha taqsimlanadi. Bularning barchasi hujjatlar aylanmasi, hisobotlar va iqtisodiy axborotlarda qayd yetiladi hamda о‘z ifodasini topadi. Shu boisdan moliya sohasidagi xavfsizlikni ta’minlash uchun, avvalambor, moliyaviy hujjatlarning umumо‘rnatilgan huquqiy-meyoriy talablarga muvofiqligini tekshirish lozim bо‘ladi. Ushbu umumiy talablar quyidagilardan iborat:
zaruriy rekvizitlarni, ya’ni hujjatlar uchun qonun, amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq majburiy majburiy ma’lumotlar bо‘lishini belgilash;
muhr va shtamplarning aniq bо‘lishi;
hujjatlarda tuzatish, qо‘shimcha yozuvlar, xatolar, uning turli nusxalari mazmunining har xil bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaslik;
mansabdor shaxslar imzosining mosligi va boshqalar;
barcha hujjatlar sinchiklab о‘rganilishi, tahlil qilinishi, tekshirilishi lozim.
Biznes bо‘yicha hamkorlik qiluvchi xо‘jalik subyektlari, sheriklar, mijozlarni о‘rganish, ular tо‘g‘risida quyidagi ob’yektiv ma’lumolarga yega bolish lozim:
xо‘jalik subyektining rо‘yxatdan о‘tganligi, soliq va boshqa organlarda rо‘yxatga olinganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish;
tashkilotning qaysi uyushmaga, xolding kompaniyaga kirishi, shо‘ba kompaniya, shirkatga yega yoki yega yemasligi, ustav kapitali, xо‘jalik faoliyati, rekvizitlari, rahbarlari, boshqaruv tizimi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarga yega bо‘lish, ularning tо‘g‘riligini tekshirish;
tashkilot, mijozning manzilini aniqlash, agar ijarada turgan bо‘lsa, ijara haqini tо‘lagan yoki tо‘lamaganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
muassasalarning mulkdorlar-arendatorlar bilan о‘zaro munosabatini о‘rganish;
mijozning obrо‘-ye’tibor, mol-mulki holati, qarzi bor yoki yо‘qligi tо‘g‘risida ma’lumotlar tо‘plash;
majburiyatlarning ta’minlanganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirish, buxgalterlik ma’lumotlarini soliq inspeksiyasidagi ma’lumotlar bilan taqqoslash;
kafil bо‘lgan tashkilotning kreditni tо‘lash qobiliyati, bank kafolatining haqqoniyligi tо‘g‘risidagi ma’lumotga yega bо‘lish;
qarz oluvchi foydalanishi mumkin bо‘lgan hisob raqamlari, turdosh korxonalar hisob raqamlari, mijozga yaqin munosabatda bо‘lgan korxona va shaxslarni о‘rganish;
tashkilot muassasalari va rahbarlarining faoliyati, о‘zaro munosabatlarini aniqlash.
Ushbu ma’lumotlarga yega bо‘lish hamda xavfsizlikni ta’minlash uchun uning ishonchli tizimini ishlab chiqish va joriy yetish lozim bо‘ladi. Buning uchun yesa quyidagilar kо‘zda tutulishi lozim:
bank va uning har bir bо‘linma(filial)sida xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy tuzilmalarini vujudga keltirish;
axborotlarni о‘g‘irlash, yо‘q qilish maqsadida uni olishning potensial imkoniyatlarini muntazam ravishda о‘rganish va baholash;
axborotlar xavfsizligini ta’minlash bо‘yicha uslubiy, tashkiliy-meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ularning talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish chora-tadbirlarini qabul qilish;
axborotlarni himoya qilishning tashkiliy-texnik, dasturiy chora-tadbirlari, vositalarini maxsus tashkilotlar yordamida ishlab chiqib, joriy yetish;
axborotlarni himoyalash tizimini attestatsiya qilish, uning amal qilinishini muntazam nazorat qilish;
hujjatlar, blanklar, muhr, shtamplarni saqlashning himoya choralarini kо‘rish, rasmiylahshtirilmagan shartnoma loyihalari va boshqa hujjatlarning о‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash;
moliyaviy hujjatlar bо‘yicha ichki va tashqi auditorlik teshiruvlari о‘tkazish;
bank operatsiyalari bо‘yicha risklarni aniqlash va baholash.

Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari:


Moliyaviy muassalarning qanday iqtisodiy manfaatlarini bilib oldingiz?


Moliyaviy oqimlarga nisbatan qanday tahdidlarni uchratish mumkin?
Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar qanday kо‘rinishlarda namoyon bо‘ladi?
Moliya va pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning qanday vositalari mavjud?
Download 17,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish