M=mmol birligi –
Istalgan miqdoridagi moddaning massasi m ni topish uchun uning molekulyar massasi M va undagi modda miqdori (mollar soni) n ni ko`paytirish kerak.
Loshmidt soni.
3. Molekulyar fizikada ideallashtirilgan model-ideal gaz tushunchasidan foydalaniladi. Ideal gazda qu`yidagi shartlar bajarariladi:
1) gaz molekulalarining xususiy hajmi gaz egallab turgan idishning hajmiga nisbatan e’tiborga olmaydigan darajada kichik;
2) gaz molekulalari orasida o`zaro ta’sir kuchlari mavjud emas;
3) gaz molekulalarining o`zaro va idish devorlari bilan urilishi absolyut elastik.
Shuni ta’kidlash kerakki, real gazlar ham normal sharoitga yaqin sharoitlarda (kislorod, geliy) va yuqori harorat, past bosimda o`z xossalari bilan ideal gazlarga juda o`xshab ketadi. Bundan tashqari molekulalarning xususiy hajmlari va o`zaro ta’sirini hisobga oluvchi tuzatish kiritish bilan ideal gaz qonunlaridan real gaz qonunlarini hosil qilish mumkin.
Gaz parametrlari. Gazning holati bir-biriga bog’liq bo`lgan va holat parametrlari deyiladigan qu`yidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi: bular hajm V, bosim P va harorat T.
Betartib harakatda bo`lgan gaz molekulalari idish devorlariga uriladi va juda kichik vaqt davomida devorga ma’lum kuch bilan ta’sir ko`rsatadi. Molekulalarning betartib urilishlari natijasida birlik yuzaga ma’lum bir bosim ko`rsatiladi. Bosimni o`lchaydigan asboblarga manometrlar va barometrlar deyiladi. O`z vazifalariga qarab manometrlar turli-tuman bo`ladi.
Dalton qonuni. Ideal gaz aralashmasining bosimi aralashmaga kiruvchi gazlar partsial bosimlarining yig’indisiga teng bo`ladi, ya’ni
bu yerda - partsial bosimlar deyilib, agar har bir gazning o`zi aralashma egallagan hajmni egallaganda idish devorlariga ko`rsatishi mumkin bo`lgan bosim bilan aniqlanadi.
Jismlarning issiqlik darajasini xarakterlash uchun harorat tushunchasidan foydalaniladi. Agar qizitilgan jism qizitilmagan jismga tegizilsa ular orasida issiqlik almashuvi ro`y beradi. Energiya harorati yuqoriroq jismdan harorati pastroq jismga o`tadi. Bu jarayon jismlarning haroratlari tenglashguncha, ya’ni issiqlik muvozanati vujudga kelguncha davom etadi. Shuning uchun ham haroratga sistemaning issiqlik muvozanatini xarakterlovchi kattalik deyiladi.
Haroratni o`lchash uchun etalon sifatida gaz(vodorod) yoki suyuqliklarning (simob, spirt) issiqlikdan hajmining o`zgarishidan foydalaniladi. Harorat o`lchanadigan asbobga termometr deyiladi. Biz kundalik hayotda termometr bilan yaxshi tanishmiz. Masalan simoblik termometr yordamida - 30 dan + 800 gacha haroratni o`lchash mumkin. Haroratni o`lchashda aniqlik kiritish maqsadida harorat shkalasi kiritiladi.
1960 yilda bo`lib o`tgan o`lchovlar va tarozilar bo`yicha XI bosh konferentsiyaning qaroriga muvofiq haroratning ikkita shkalasidan foydalaniladi. Termodinamik harorat shkalasi (T) harorat kelvinlarda (K) va xalqaro amaliy harorat shkalasi (t) harorat selsiy graduslarida (0S) o`lchanadi. Termodinamik harorat va xalqaro amaliy harorat shkalalari quyidagi munosabat yordamida bog’langan.
T = 273,15 + t
Termodinamik va xalqaro amaliy harorat shkalalarida haroratning masshtab birliklariga teng, ya’ni termodinamik shkaladagi 1 K haroratlar farqi, xalqaro amaliy shkaladagi 1 haroratlar farqiga mos keladi, birligi1 K birligiga.
Xalqaro amaliy shkalada haroratni aniqlashning tayanch nuqtalari sifatida, normal atmosfera bosimida suvning muzlash va qaynash haroratlari olingan. So`ngra bu oraliq teng yuzga bo`linib harorat shkalasi hosil qilingan. Bunday shkalani birinchi bo`lib shvetsiyalik olim Selsiy (1742 yilda) taklif qilganligi uchun unga selsiy shkalasi ham deyiladi. Haroratning termodinamik shkalasi esa ingliz olimi Kelvin tomonidan taklif qilingan. Bu shkalaning boshlanish nuqtasi sifatida nol gradus Kelvin 0K= -273,150C qabul qilingan. Bu haroratda ideal gazning bosimi nolga teng bo`ladi, ya’ni molekulalari harakatdan to`xtaydi. 00K dan pastgi harorat bo`lishi mumkin emas va shu bilan birga bu haroratga yetishib ham bo`lmaydi. 00K ga abslyut nol harorat deyiladi.
Xulosalar: Molekulyar fizika – har xil agregat holatdagi moddalarning xususiyatlarini ularning molekulyar tuzilishi asosida tekshiradigan fizikaning bo’limi. Jismlarning issiqlik darajasini xarakterlash uchun harorat tushunchasidan foydalaniladi Harorat o`lchanadigan asbobga termometr deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |