Aylanish spektrlari. Aylanish spektrini o‘rganishning muhim ahamiyati tajribada topilgan molekulaning aylanish doimiysidan uning formasi va o‘lchamlari aniqlanadi. Masalan, ikki atomli molekula uchun aylanish doimiysidan yuqori aniqlik bilan yadrolar orasidagi masofalar topiladi. Simmetrik uch atomli molekulalarda tajribada aniqlangan A, B, C aylanish doimiylari yordamida yadrolar orasidagi masofalar va bog‘- lanishlar orasidagi burchaklar aniqlanadi. Masalan, CO2 molekulasida A, B, C lardan Ja, Jb, Js lar hisoblanib, ulardan r = CO 1,432 Å va a = ° OCO 119 32¢ teng ekanligi hisoblab topilgan.
Aylanma energiya darajalarini molekulaning aylanish harakatini kvantlash, uni ma'lum inersiya momentlariga ega qattiq jism sifatida ko'rib chiqish orqali topish mumkin (Inersiya momentiga ko’ra). Ikki atomli yoki chiziqli ko'p atomli molekulaning eng oddiy holatida uning aylanish
_________energiyasi
qayerda I molekula o'qiga perpendikulyar bo'lgan o'qqa nisbatan molekulaning inersiya momenti va M- impulsning aylanish momenti. Kvantlash qoidalariga ko'ra,
aylanma kvant soni qayerda J= 0, 1, 2, ...,
Tebranish spektrlari.
Tebranishdagi o‘tishlar aylanishdagi o’tishlarga ko‘ra ko'proq energiya talab etadi. Shuning uchun ham tebranish spektrlari qisqa to‘lqinli yaqin infraqizil ( (2,5:50)mkm yoki (0,004:2)sm) sohaga joylashadi. Ikkita tebranish holati orasidagi o‘tishlar bir necha aylanishdagi o‘tishlarni o‘z ichiga olganligi uchun spektr chiziqlar shaklida emas, balki yo‘lak shaklida bo‘ladi. Bu tebranish spektrlarining o ‘z mohiyati bilan tebranma-aylanma spektrlar ekanligini ko‘rsatadi.
Haqiqatda esa molekulaning tebranishi angarmonik bo‘lganligi, ya’ni energiya egrisi paraboladan farq qilganligi uchun J kvant soni orta borishi bilan tebranma energetik sathlar bir-biriga yaqinlashib boradi va ular orasida o‘tishlar 2n, 3n lar ham kuzatiladi.
HCl molekulasida J=0,1,2,3 sathlardagi o‘tishlar.
Ikki atomli molekulalarning tebranma-aylanma spektrini qarab chiqamiz.Bunday spektrga infraqizil sohada barcha har xil atomdan tashkil topgan C∞ⱱsimmetriyadagi molekulalar ega bo‘ladi. Kombinatsion sochilish spektrida barcha C∞ⱱva D∞ⱱ simmetriyadagi molekulalar ega bo‘ladi. Tebranma sathlar orasidagi o‘tishlar bir vaqtda aylanish energiyasining o‘zgarishi bilan kuzatiladi.Aylanish energiyasining qiymati tebranish energiyasining qiymatidan kam bo‘lganligidan tebranish spektrining polosasi aylanma strukturaga ega bo‘ladi, ya’ni agar spektral asbob molekulaning tebranma spektrini kichik dispersiya bilan (kichik ajrata olish qobiliyati bilan) yozganda keng bitta polosa kuzatiladigan bo‘lsa, katta dispersiya bilan yozganda, ya’ni ajrata olish qobiliyati yuqori bo‘lganda shu bitta polosa alohida chiziqlarga ajraladi
Do'stlaringiz bilan baham: |