Reja Model va Modellashtirish tushunchasi Modellashtirish bosqichlari Model turlari



Download 374,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana27.09.2022
Hajmi374,47 Kb.
#850437
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Model va Modellashtirish tushunchasi



 
1- Ma’ruza:
Model tushunchasi. Modellarning turlari: matematik model, 
iqtisodiy model, fizik model, modellashtirish tushunchasi. Axborotli va 
matematik modellar.
 
Reja 
 
1. Model va Modellashtirish tushunchasi
2. Modellashtirish bosqichlari 
3. Model turlari. 
 
Tayanch iboralar

Model va Modellashtirish, Modellarni qurish usullari,
Modellashtirish bosqichlari, Modellashtirishda turli yondashuvlar ziddiyatsizligi,
Model turlari, Matematik Modellar, fizik va fizik-kimyoviy Modellar, biologik va 
ijtimoiy-iqtisodiy Modellar. 
 
1. Model va Modellashtirish tushunchasi.
Zamonaviy 
fanning 
Matematik 
Modellashtirish 
usullari 
keng 
qo‘llanilmaydigan sohalarini ko‘rsatish qiyin. Bu uslubiyatning mohiyati byerilgan 
ob'yektni (hodisa, jarayon, hodisa va jarayonlar sistyemasini) uning “obrazi”- 
Matematik Modeli bilan almashtirish va kyeyinchalik bu Modelni ma'lum 
Matematik usullar va kompyutyerda amalga oshiriluvchi hisoblash- mantiqiy 
algoritmlar yordamida tadqiq qilishdan iborat. Bilishning bu “uchinchi myetodi”, 
loyihalash, konstruksiyalash usuli ham nazariya, ham tajribaning ko‘pgina 
afzalliklarini o‘zida jam etgan. Byevosita ob'yekt (hodisa, jarayon) bilan emas, 
balki uning Modeli bilan ishlash mumkin bo‘lgan barcha vaziyatlarda uning 
xossalarini va o‘zini tutishini nisbatan tyez va katta xarajatlarsiz tadqiq qilish 
imkonini byeradi (nazariyaning ustunligi). Shu bilan birga zamonaviy hisoblash 
myetodlari va tyexnik vositalariga tayangan holda hisoblash (kompyutyerli, 
simulyasion, imitasion) tajribalari (ob'yekt Modeli ustida) o‘tkazish ob'yektni 
nazariy yondoshuvda imkoni bo‘lmagan (tajribaning ustunligi) darajada to‘la 
o‘rganish imkonini byeradi. Matematik Modellashtirish uslubiyati jadal rivojlanib, 
yanada yangi sohalarni - tyexnik sistyemalarni ishlab chiqish va ularni 


boshqarishdan tortib to murakkab iqtisodiy va sosiologik jarayonlarni tahlil 
qilinishigacha qamrab olmoqda. 
Matematik 
Modellashtirish 
elementlari 
aniq fanlar paydo bo‘la 
boshlagandanoq qo‘llanila boshlangan va shuning uchun ayrim hisoblash 
myetodlari Nyuton, Eylyer kabi fan namoyondalari nomi bilan ataladi, “algoritm” 
so‘zi esa o‘rta asrlarda yashab o‘tgan yurtdoshimiz Muso al-Xorazmiy nomi bilan 
bog‘liq. Bu uslubiyatning ikkinchi marotaba “qayta tug‘ilishi” o‘tgan XX asrning 
40-yillari oxiri 50-yillari boshiga to‘g‘ri kyeladi. Bunga kamida ikkita muhim 
sababni ko‘rsatish mumkin. Bulardan birinchisi tadqiqotchilarni og‘ir hisob-kitob 
ishlaridan ozod qilgan EHMning (kompyutyerlarning) paydo bo‘lishi hisoblanadi. 
Ikkinchisi esa, o‘sha paytdagi ikki xil ijtimoiy tuzumning milliy dasturlari 
doirasida yadro-rakyeta qalqoni yaratish va kosmosni tadqiq qilish vazifalaridan 
kyelib chiqqan edi. Matematik Modellashtirish bu vazifani uddaladi: yadro 
portlashlari, rakyeta va yerning sun'iy yo‘ldoshlarining uchirilishi Matematik 
Modellar yordamida EHMda amalga oshirildi va so‘ngra amaliyotga tatbiq etildi. 
Bu muvaffaqiyatlar Matematik Modellashtirish uslubiyatining bo‘lg‘usi yutuqlarini 
aniqlab byerdi. Bularsiz hyech bir mamlakatda biron bir yirik ko‘lamli 
tyexnologik, ekologik, iqtisodiy yoki ijtimoiy-siyosiy loyihalar amalga oshmasligi 
ayon bo‘la boshladi. 
Hozirda Matematik Modellashtirish o‘zining uchinchi prinsipal muhim 
bosqichiga qadam qo‘ygan holda, 
axborot jamiyati
strukturasiga kirib bormoqda. 
Axborotni qayta ishlash, uzatish va saqlash vositalarining jadal rivojlanishi 
insoniyat faoliyati turli sohalarining o‘zaro jipslashishining jahon an'analariga 
javob byermoqda. Axborot “ryesurslari” ga ega bo‘lmasdan turib xalqaro jamiyat 
oldida turgan, mudom kuchayib borayotgan muammolarni hal etish haqida o‘ylab 
ham bo‘lmaydi. Biroq axborotga ega bo‘lishning o‘zi analiz (tahlil) va prognoz 
(bashorat) qilish, qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish uchun 
yetarli emas. Buning uchun axborot “xom-ashyo” sini tayyor mahsulotga, ya'ni 
aniq fanga aylantirishning ishonchli usul va vositalarini yaratish kerak bo‘ladi. 


Matematik Modellashtirish uslubiyati tarixining xulosasiga ko‘ra, u axborot 
tyexnologiyalarining butun jamiyatni axborotlashtirish jarayonining 
intyellyektual 
yadrosi
bo‘lishi mumkin va shart. 
Zamonaviy fanlar tomonidan o‘rganilayotgan tyexnik, iqtisodiy, ijtimoiy va 
boshqa sistyemalarni odatdagi nazariy myetodlar bilan to‘la va aniq o‘rganish 
mumkin bo‘lmay qoldi. Ular ustida byevosita tajriba o‘tkazish qimmat, xavfli, 
uzoq vaqt talab qilishi yoki umuman ilojsiz bo‘lishi mumkin. Shuning uchun 
Matematik 
(kengroq 
ma'noda 
axborot) 
Modellashtirish
ilmiy-tyexnik 
taraqqiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Model
(lot. “Modulus” – o‘lchov, mye'yor) – biror ob'yekt yoki ob'yektlar 
tizimining obrazi yoki namunasidir. 
Masalan, yerning Modeli–globus, osmon va undagi yulduzlar Modeli–
planyetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining Modeli dyeyish 
mumkin. 
Insoniyatni farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni 
oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kyelgan. Shuning uchun ham 
insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o‘rganishi tabiiy holdir. 
Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni 
qiziqtirgan xossalarinigina o‘rganadilar. Masalan, gyeologlar yerning rivojlanish 
tarixini, ya'ni qachon, qayerda va qanday hayvonlar yashaganlari, o‘simliklar 
o‘sganligi, iqlim qanday o‘zgarganligini o‘rganadi. Bu ularga foydali qazilma 
konlarini topishlarida yordam byeradi. Lyekin ular yerda kishilik jamiyatining 
rivojlanish tarixini o‘rganishmaydi – bu bilan tarixchilar shug‘ullanadi. 
Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan 
ma'lumotlar olish mumkin. Lyekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini 
aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit 
byermaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning Modeli yaratiladi. 
Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur. 
Modelning taqribiylik xaraktyeri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi 
mumkin. Masalan, tajriba o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning 
aniqligi olinayotgan natijaning aniqligiga ta'sir etadi. 

Download 374,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish