Yoki matritsa ko‘rinishida X=AX+Y (3)
(3)ga X ga nisbatan yechayotganda, X=(I-A)*Y (4)
(4) formula Y yakuniy iste‘molning vektor ahamiyatining berilgan prognozi va (I-A) matritsaning tuzilmaviy koeffitsentlari asosida yakuniy hamda oraliq iste‘molni ta‘minlash zarur bo‘lgan yalpi ishlab chiqarish hajmmini topish imkonini beradi.
Ekonometrik modellar orasida 2 xil turini ajratish mumkin: oddiy va qo‘shma tenglamalar tizimi bilan. Birinchilar umummilliy va mintaqaviy o‘zgaruvchilarni bog’lovchi regressiv tenglamalardan tashkil topadi.
Qo‘shma tenglamalar tizimga ega bo‘lgan modellarda ichki o‘zgaruvchili modellar va alohida tenglamalar orasidagi prinsipial aloqalar hisobga olingan. Mintaqaviy tahlilning ko‘rib chiqilgan modellari mintaqaning iqtisodiy o‘sishini prognozlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular aynan iqtisodiy o‘sish muammolari va imkoniyatlari nuqtai nazaridan mintaqaviy qarorlar bahosini beradi.
Ammo mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarning ko‘p rejali bahosini tuzilishi, qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish jarayonida qatnashuvchilar manfaatlarining kelishuvi nuqtai nazaridan ularni baholash zarurligini va imkoniyatlarini, bu qarorlarning mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik holatlarga ta‘sirini ko‘zda tutadi.
Amaliyotda bunday kelishuvni faqatgina mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy tizimining faoliyatini amalga oshiruvchi modullar tizimi ta‘minlashi mumkin. Bunday tizimlarni ishlab chiqish bizning mamlakatimiz va xorijda ham olib borilmoqda.
5. Yalpi mintaqaviy mahsulot o’sish sur’atlarini prognozlash.
Yalpi mintaqaviy mahsulot (YaMM) ni hisoblashning ikki xil usuli mavjud: inersion(ekstropolyatsiya) va mobilizatsion.(;jadval-1 qarang).
O‘zbekiston Respublikasining hududlar bo‘yicha uzoq muddatli ishlab chiqarish(2020 yilgacha).
Ekstropolyatsiyaning inersion turi.
1-turi. Ekstropolyatsiya- usuliga asoslangant holda hududlar iqtisodiyotini real sektorida asosiy ko‘rsatkichlarni o‘sishni asosida YaMM ni o‘sishidir. YaMM ning bir qancha kamchiliklari mavjud, bularga misol qilib iqtisodiyotni real sektorida to‘lanmaslikni o‘sishi, hududlar aholisini to‘lov qobiliyatini o‘sishida real o‘zgarishlarni yo‘qligi hisoblanadi.
Bundan tashqari, YaMM ni o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi nechta faktorlar mavjud:
-Demografik holat;
-Suv resurslarini defitsiti, sugoriladigan yerlarning hosildorligini pasayishi, alohida hududlarda ekologik muammolarni mavjudligi;
-Iqtisodiyotni hom ashyoga asoslanganligi va alohida hududlarga yetarlicha ko‘p mahsulotni import qilish;
-Xududlarda bank sektori va fond bozorlarining yetarlicha rivojlanmaganligi;
Investitsion resurslarni chegaralanganligi yoki past darajasi YaMM o‘sishiga ko‘rsatadi. Makroiqtisodiyotni boshqarish tizimini hozirgi holati va institutsional va strukturaviy reformalarning sekin o‘sishi iqtisodiyotni tez o‘sishini ta‘minlay olmaydi.
YaMM bu turi chet el va mahalliy investitsiyasi ko‘p bo‘lgan hududlarda juda ko‘p imkoniyatlar yaratadi. Milliy investirlarga mahalliy bozorlarni investitsiyalarni o‘sishini jalb qilish turi yordamida rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish hududlar aholisini yashash sharoitini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiyotga kuchlarni jalb qilish ssenariysini bajarilishi quyidagilarni ko‘zda tutadi: -iqtisodiyotni hududiy ratsional strukturasini shakllantirishni;
-hududlarni rivojlanish jarayoniga davlatni to‘g’ridan-to‘g’ri aralashuvini chegaralanganligini:
-hududlarda texnik va texnologik asossida iqtisodiyotni modernizatsiyalashmavjud mineral hom-ashyo resurslaridan foydalanib hududlarni tabiiy iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishni;
-pul-kredit siyosati va investitsiyalarini taqsimlanish sohasida hududlardagi tengsizlikni oldini olish:
-hududlardagi material va moliyaviy resurslarga yetib borishni kengayishi; -hududlarda o‘rta va kichik biznesni rivojlantirish va shuningdek, chet el investitsiyasiga asoslangan korxonalarni kengaytirish;
-mahalliy hom ashyodan foydalangan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish:
c O‘zbekiston mintaqalardagi iqtisodiy krizis sharoitlarida ishlab chiqarish jarayonining amalga oshirilishi tobora yomonlashib borardi va quyidagilarda namayon bo‘lardi:
federatsiya sub‘etlarining nafaqat resurs balki tovar bozorlarini o‘z ichiga oluvchi mintaqaviy xo‘jaliklarning ahamiyatli mexanizatsiyasi bo‘lib o‘tardi.
O‘zbekistonga kiruvchi mintaqalarining sanoat va ijtimoiy rivojlanish templarining differensiatsiyasi oshib borardi.
Bu holatlarning asosiy iqtisodiy sabablari davlat tomonidan o‘tkazilayotgan makroiqtisodiy siyosat bilan belgilangan. Ayniqsa, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida O‘zbekistonda mahsulotga ixtisoslashgan mintaqalarning quyidagi turlarini ajratish mumkin:
1) Yoqilg’i-energetik kompleks – I tur. 2) Metallurgiya kompleksi – II tur.
Ximik-o‘rmon kompleks – III tur.
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash – IV tur.
Qurilish materiallari, shisha sanoatlari – V tur.
Yengil sanoat – VI tur.
Oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati – VII tur.
Tashqi savdo bo‘yicha davlat monopoliyasidan voz kechish
O‘zbekistonning tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan mintaqalari bilan uzoq xorij mamlakatlarining o‘zaro almashinuvining kuchayishiga ko‘maklashdi. Bunga oxirgi yillarda yoqilg’i-energetika va xom ashyo kompleksini qo‘llab-quvvatlanishini ta‘minlovchi davlat iqtisodiy siyosatning umumiy yo‘naltirilganligi ham ko‘maklashdi.
Yakuniy iste‘molni qondiruvchi mashinasozlik va ishlab chiqarish (elektroenergiya va yoqilg’i iste‘molidan tashqari) deyarli davlat yordamisiz qoldi va faqat o‘z imkoniyatlariga va mintaqa imkoniyatlariga tayanishi mumkin edi. Aynan IV va V tur mintaqalarida (mashinasozlik, yengil sanoat) ishlab chiqarish keskin pasaydi. Buning sabablari: kooperatsion aloqalarning uzilishi mudofaa sanoati konversiyasining samarasiz o‘tkazilishi bo‘ldi.
Tashqi savdo faoliyatining liberallashtirilishi va O‘zbekiston eksportining xom-ashyoga yo‘naltirilganligi shuni aniqlab berdiki, umumiy pasayish miqyosida tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan hududlar eng katta yashab qolish potensialiga ega.
O‘tkazilgan tasniflarga mos holda ularga uch guruh mintaqalar kiradi. Bu mintaqalarda yonilg’i-energetika, metallurgiya va kimyo-o‘rmon komplekslari ustun turadi.
Alohida olingan mintaqalar rivojlanishining prognoz baholari, ularda iqtisodiy o‘sishning mintaqaviy multiplikatori va ulardan amaliyotda samarali foydalanish imkoniyatlarini aniqlab berish bilan bog’liq. Shunday qilib asosan, xom-ashyoli yoki agrar mintaqalari uchun o‘sish multiplikatori qayta ishlovchi, to‘ldiruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning hamda infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishidan tashkil topadi.
Asosan VPK korxonalariga ega bo‘lgan mintaqalar o‘sishiga impulsni konversiya berishi kerak, shu jarayonda mintaqa masshtabida progressiv tuzilmaviy o‘zgarishlarni ta‘minlovchi xarbiy va fuqaro sanoatlari o‘rtasidan texnologik aloqalar o‘rnatiladi.
Har holda mintaqalarning rivojlanishi ma‘lum strukturaviy qayta o‘zgarishlar va iqtisodiyotdagi siljishlar bilan bog’liq.