Bor (B). Adabiyotlardan ma’lumki, yengil mexanik tarkibli chimpodzol, chim-gleyeli, botqoqlangan tuproqlarda bor juda kam bo’ladi. Tundra tuproqlarining tarkibida 1—2 mg/kg, chim podzol tuproqlarda 2 —5 mg/kg bor uchraydi. Agar noqoratuproq zonada 1 kg tuproqdagi horning miqdori 0,2—0,5 mg dan ko’p bo’lsa, borli mikroo’g’itlar solish tavsiya etilmaydi. Ammo bu ko’rsatkich qora tuproqlar uchun 0,3—0,65 ni, O’rta Osiyoning bo’z tuproqlari uchun 0,45—2,0 mg/kg ni tashkil etadi. Bori kam bo’lgan bu xil tuproqlarda uni o’g’it sifatida solish har gektar yer hisobiga zig’ir tolasini 2—3 s, qand lavlagisini 45 s ga oshirib, bir yo’la keyingi ekinning ildiz mevasidagi shakarning miqdorini ham 0,3—2,1% ga oshishiga sababchi bo’ladi. Borli o’g’itlar qo’llash natijasida zig’ir va paxtadan gektariga qo’shimcha 2—3 s hosil olish mumkin. Tuproq tarkibida bo’r miqdori 30 mg/kg dan oshib ketsa, o’simliklarda zaharlanish alomatlari paydo bo’ladi: poyaning pastki qismidagi barglar sarg’ayadi, kuyadi, to’kiladi. Borning serobligi chorva mollari salomatligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Misga torfli tuproqlar, Boltiq bo’yining chim-karbonatli tuproqlari, botqoq va botqoqlangan tuproqlari, qum va qumoq tuproqlari juda kambag’al bo’ladi. Nordon tuproqlarni ohaklash o’simliklarga tuproqdan misning kelib tushishini kamaytiradi. Ohak misning adsorbenti sifatida ta’sir etadi hamda ishqorlash yo’li bilan kompleks birikma hosil bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Xuddi shu vaqtda o’simlik misga nisbatan tanqislikni sezadi, tuproqda esa mis miqdorining kamligi kuzatiladi. Noqoratuproq zonada misning miqdori har kg tuproq hisobiga 1,5—3,0 mg dan, qora tuprqlarda 2,0—5,0 mg dan, O’rta Osiyoning bo’z tuproqlarida 1,5—4,0 mg dan kam bo’lgan hollarda o’simliklarning misga bo’lgan ehtiyoji kuchayadi.
Marganes (Mn). Tuproqda marganesning miqdori bir muncha yuqori bo’lishiga (sariq tuproqlarda 1% gacha va undan ziyod, chim podzol tuproqlarda va qora tuproqlarda 0,1—0,2%) qaramay, bu elementning ko’p qismi tuproqda qiyin eriydigan oksid va gidrooksidlar tarzida bo’ladi. Neytral reaksiya atrofida (pH 6 dan 8 gacha) o’simliklar unga nisbatan tanqislik sezishi mumkin, chunki bu muhitda marganes qiyin eriydigan birikma shaklida bo’ladi. Marganesning miqdori noqoratuproq zonada 1 kg tuproqda 25—55 mg, qora tuproqda 40—60 va bo’z tuproqda 10—50 mg bo’lganda yaxshi samara beradi. Tuproqda marganes kam bo’lgan hollarda (yoki umuman boTmaganda) oziqlanish balansidagi elementlarning nisbati buziladi, chunki u kalsiy singari tashqi muhitdan ionlarni tanlab singdirilishida o’zini antogonist sifatida namoyon qiladi. Marganes reutilizatsiya jarayonini tartibga solib turuvchi element sifatida ham muhim o’rin tutadi. U o’simlik hujayralarining suv tutish qobiliyatini oshiradi va hosil elementlarining ko’proq saqlanishiga yordam beradi. Tuproqda marganes miqdori 1% gacha yetadi, lekin uning asosiy qismi o’simliklar tomonidan qiyin o’zlashtiriladigan shakldadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |