Metallurgiya sanoati majmui
Reja:
1.Metallurgiya sanoatining Markaziy Osiyo davlatlari xo`jaligida tutgan o`rni
2.Metallurgiya sanoatini shakllantirish, joylashtirish va rivojlantirishga ta`sir ko`rsatish omillari
3.Metallurgiya sanoatining xom-ashyo , moddiy-texnika ba`zasii va muhim markazlari.
4.Markaziy Osiyo hududida metallurgiya sanoati
5.Qorametallurgiya sanoati
6.Rangdor metalurgiya sanoati.
Metallurgiya sanoati undiruvchi sanoat tarmoqlari ichida yetakchi tarmoq hisoblanadi va tarmoqlarda ishlab chiqarilgan yarim tayyor maxsulotlar boshqa tarmoqlarini rivojlantirishda hamda iqtisodiyotni yuksaltirishda muhim ahamiyatga egadir.
Markaziy Osiyoda metallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar ya`ni mineral va mehnat resurslari, tabiiy va iqtisodiy geografik sharoitlar yetarli darajada mavjud.
Markaziy Osiyo xududida sobiq Ittifoq davrida qora va ayniqsa rangli metallurgiya sanoati shakllangan edi. Qozog`iston hududida Ittifoqning 5- metallurgiya ba`zasi, O`zbekistonda urush yillarida ishga tushurilgan Bekobod metallurgiya korxonasi mavjud edi. Biroq yarim xom ashyo maxsulotlarining asosiy qismi Markazning rejasiga ko`ra ko`proq Rossiyadagi korxonalarga tayyor maxsulotlar ishlab chiqarish uchun jo`natilardi.
Metallurgiya sanoati asosan xom ashyo qazib olish, keraksiz metallarni to`plash, ularni ajratib olish va boyitish, eritish, prokatlar, quymalar tayyorlashni o`z ichiga oladi. Bu sanoat majmuasi qora va rangdor metallurgiya tarmoqlaridan iboratdir.
Markaziy Osiyoda qora metallurgiya markazi Bekobod shahri hisoblanadi va zavodning asosiy xom ashyosi Respublikamizda ham qo`shni davlatlarda yig`ilib qolgan metallarni qayta ishlashdan iborat bo`lgan. Urush yillari va undan keyingi dvrda Sobiq Ittifoqda yangi va ishlab chiqarish hajmi bo`yicha yirik qora metallurgiya markazi barpo etildi va ishlab chiqarish quvvati oshirildi hamda texnalogiyasi yangilanib, borildi.
Regionda, ayniqsa Qozog`istonning markazi Kustanay viloyatida temir rudasi, qora metallurgiya uchun kerakli marganes, xrom va boshqa rudallar Ust-Kamenogorsk, Pavlodar, Temirtauda mavjud bo`lib, arzon qo`ng`ir ko`mir Ekibastuzda, toshko`mir va kokslanuvchi ko`mir Qarag`andada qazib olingan. Shular asosida urush yillarida Markaziy Osiyo hududida dastlabki qorametallurgiya markazi Qarag`anda metallurgiya korxonasi tashkil topdi.
Qozoq magnitkasi nomini olgan to`liq sikldagi zavodda prokat, cho`yan va po`lat ishlab chiqariladi. Kustanayda Markaziy Osiyodagina emas balki MDHda ishlan chiqarish quvvati bo`yicha yirik metallurgiya ba`zasi tashkil etilgan. Sokilov-Sarbayda tog`-kon metallurgiya kombinati, Lisakovsk va Kacharskda rudani boyitish kombinatlari ishlab turibti.
Keyingi yillarda O`zbekiston hududida qorametallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun zarur bo`lgan temir va marganes rudalari, flyus materiallari va o`tga chidamli xom-ashyolar topildi. Kelajakda Respublikada to`la siklli qora metallurgiya sanoatini barpo qilish uchun asos tayyorlanayotir. Hozirgi kunda Bekobod metallurgiya zavodini ta`mirlashga katta quvvatga ega bo`lgan elektropechalardan foydalanishga, turli xilda maxsulot ishlab chiqarishga harakat qilinmoqda. chunki, Bekobod zavodi Markaziy Osiyo davlatlarida to`planib qolgan metallarning 15-20%ni ham qayta erita olmayotir.
Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida mahalliy ehtiyojni qondiish uchun qora metall Toshkentda, Andijonda , Shimkentda, Osh, Chorjo`y va boshqa shaxarlarda ishlab turibti.
Markaziy Osiyo metallurgiya sanoati majmuasida rangdor metallurgiya sanoatining salmog`I katta, rangdor metalurgiyaning xom-ashyolari regionning Turkmaniston davlatidan tashqari barcha rspublikalarda uchraydi. Markaziy Osiyoda Mendeleyev davriy sistemasining barcha elementlari mavjud bo`lib, ayniqsa rangdor metallurgiya xom-ashyosini ba`zi bir turlari va ularning zahiralari bo`yicha MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o`rinni egallaydi. Bularga oltin, mis, kumush, vol`fram, simob, surma va boshqalar misol bo`ladi.
Markaziy Osiyo davlatlari rangli va nodir metallar olishning fizik kimyoviy usullari, ularga ishlov berish va ishlab chiqarish texnalogiyasi, ularni kompleks qayta ishlash va boyitish sohasida juda boy tajribaga ega bo`lib, ularning bu boradagi ish tajribalaridan MDHdagi va boshqa xorijiy davlatlar foydalanishmoqda. Markaziy Osiyoda rangdor metallurgiyaning asosiy korxonalari Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalaridir. Surma va simob, vol`fram, polimetall rudalari qazib olish, alyuminiyning turli shakl va o`lchamdagi quymalarini ishlab chiqishda Qirg`iziston va Tojikiston Respublikalari ajralib turadi. Tojikistondagi rangdor metalurgiya korxonasi ya`ni alyuminiy zavodi Tursunzoda shaxrida 1971 yilda ishga tushurilgan.
Rangdor asl va nodir metallarni qazib olish, boyitish va eritishni oz ichiga oladigan rangdor metallurgiya uning keng tarmoqlari Ozbekistonning dunyoviy ahamiyatga ega bolgan iqtisodiy sohalaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz xududida zahira buyicha ancha istiqbolli, qazib olishning texnik iqtisodiy korsatkichlari qulay bolgan qator miss, polimetall, folfram, molebden konlari, alyuminiy va magniy xom ashyolari boshqa rangdor hamda nodir metallar topilgan.
Ozbekistonning rangdor metallurgiyasi ancha yosh ishlab chiqarish tarmoqlaridandir. Shunga qaramay uning hissasi Orta Osiyo Respublikalarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning 2.3 qismidan kopi togri keladi.
Konlarni ishga solish jarayonida Respublikamizda 1935 yillarda volfram, molebden, 1941 yilda flyuorit, 1952 yilda qorgoshin, rux, 1956 yilda esa mis qazib chiqarish va boyitish va hamda ularni konsentratlarini tayyorlash sanoati vujudga keldi. Dastlabki davrlarda Ozbekistonning rangdor metallurgiyasi rudalarni qazib chiqarish, boyitish, hamda tayyorlangan konsentrantlarni boshqa Respublikalarga tayyor mahsulot olish uchun jonatish bilan shugullangan bolsa, endilikda u mazkur sanoat hamma ishlab chiqarish bosqichlarini oz ichiga oluvchi tola siklli sanoat tarmogiga aylandi.
Bu sanoatning korxonalari Olmaliq, Mirintov (Zarafshon), Navoiy tog metallurgiya kombinatlari, Ozbekiston qiyin eriydigan va issiqqa bardoshli qotishmalar kombinati (Chirchiq) Ingichka hamda Qoytosh, kon boshqarmalari, Ozbekiston oltini kombinati va boshqalardir.
Olmaliq tog metallurgiya kombinati rangdor metallurgiyaning yirik korxonalaridan biridir. Bu kombinat mis, polimetal rudalarni qazib olish, boyitish, mis va rux eritish korxonalarini birlashtiradi.
Mis, Qalmoqqir va Sarichekuv konlaridan qazib olinadi hamda kombinat tarkibiga kiruvchi boyitish fabrikasi boyitilib, mis zavodida eritiladi. Qorgoshin kon va Oltintopgan polimetall konlaridan qazib olinadigan rudalar qorgoshin, rux boyitish fabrikasida boyitiladi. rux konsentrantlari kombinat tarkibidagi rux zavodida eritiladi. Qorgoshin konsentrantlari esa eritish uchun xozircha Respublikadan tashqariga chiqarilmoqda. Olmaliq tog metallurgiya kombinatining rux va qorgoshin sanoati bilan bogliq korxonalari tarkibiga sulfat kislotalari ishlab chiqaruvchi korxona xam kiradi.
Umuman Respublikamizda rangdor metallurgiyaning mis, rux va qorgoshin tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari juda yaxshi.
Mis sanoatining istiqboli ishlab turgan Qalmoqqir, Sarichekuv konlarida hamda shu nihoyadagi Dalneye, Baliqti kabi konlarini ishga solish bilan cheklanmaydi. Respublikaning bir qator boshqa nohiyalarida ham istiqboli mis konlari topilgan. Ulardan muhimlari Janubiy Ozbekistondagi Xandiza Charchar, Buxoro viloyatidagi Qizilqum, Fargona vodiysi va boshqa joylardagi mis konlaridir. Bu 15 dan ortiq mis konini ishga solish, mis sanoatini xom ashyo bazasini kengaytiradi, yangi boyitish fabrikalari qurish, Olmaliq tog metallurgiya kombinatidagi mis zavodini quvvatini oshirish imkonini beradi. Qalmoqqir mis konlari negizida tugal metallurgiya sikliga ega bolgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidir. Kombinatning mis majmuasiga Qalmoqqir mis koni (1954) ruda boyitish fabrikaga (1957) metallurgiya zavodi (1962) dan qurgoshin-rux kompleksi Qurgoshinkon (1950), Oltintopgan (1955), Chlata (1971), Ruda boyitish fabrikasi (1954) metallurgiya zavodi (1970) dan iborat.
Ozbekistonda mis, qorgoshin va rux sanoatining bir yerda joylashganligi muhim qulayliklar tugdiradi. Bu esa ularning chiqindilaridan xalq xojaligida foydalanish, rangdor metallurgiya konlari ortasida boglanish va ularning kime sanoati bilan koorperasiyasini amalga oshirish imkonini beradi.
Mis metallurgiya kombinati Olmaliq ammofos zavodiga sulfat kislotasi yetkazib bermoqda, kimyo sanoati korxonalarida sintetik tolalar, qishloq xojaligi uchun zaharli kimyoviy moddalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish komponentlari bilan taminlab turibdi.
Ozbekiston rangdor metallurgiyasining kata ahamiyatga ega bolgan yana bir tarmogi volfram, molebden rudalarini qazib olish, boyitish va ular asosida qiyin eriydigan va otga chidaydigan qotishmalar tayyorlash sanoatidir.
Volfram, molebden konsentratlari Chirchiqdagi Ozbekiston qiyin eriydigan va otga chidamli qotishmalar kombinatida eritiladi. Kombinat Hamdostlikdagi eng yirik kombinatlardan biri bolib, xilma-xil mahsulotlar (volfram va molibden simlari qattiq qotishmalar propan, tog jinslarini parmalaydigan asosblar) ishlab chiqariladi.
Ozbekiston rangdor metallurgiyasining eng ahamiyatli tarmoqlaridan biri oltin sanoatidir. Bu tarmoq ancha boy va nodir xususiyatlarga ega bolgan yirik oltin konlariga ega.
Orta Osiyoda xususan Ozbekiston hududidan oltin qazib olish undan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari bezaklar yasash mil.av. VI-V asrlardayoq bolganligi arxeologik topilmalardan malum. Sochma va tugma oltin konlari mavjud bolib, sochma oltin X-XI asrlarda Chotqol, Chirchiq, Norin, Koson, Suh, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganligi togrisida malumotlar bor.
Malumki, Ozbek oltini markazga olib ketilgan 30 yillarda Ozbekoltinnoyobmet tresti tashkil etildi. Osha davrda Ohangaron, Chirchiq daryo vodiylarida, Qurama toglarida oltin izlovchilar, oltinli qumni yuvish usulida olganlar. 1950 yillardan boshlab razvetka qilish kuzaytirilib, Qoraquton, Bichanzor, Pirmirob, Guzaksoy, songra Kuchbuloq, Murintov, Chormiton, Marjonbuloq, Kauldi, Qizilolmalisoy, Sarmich va boshqa konlar topildi.
1970 yil Chodak oltin koni ishga tushirildi. Osha yillari oltin qazib olish uch marta kopaydi. 1972 yil Kuchbuloq koni va Angren oltin ajratish fabrikasi quvvatlarida ishlay boshladi. 1977 yil Kauldi, 1980 yil Marjonbuloq oltin qazib olish kompleksi, 1989 yil Zarmitan va Qizilolmalisoy konlari foydalanishga topshirildi.
Mustaqillik yillarida «Ozbekiston birlashmasi negizida OzRning Qimmatbaho metallar davlat qomitasi tashkil etildi va bu qomita 1994 yil Ozbekiston uyushmasi (Ozolmosoltin) ga aylantirildi.Navoiy shahrida bolgan «Qizilqumkamyobmetalloltin konserni (1991) faoliyat korsatmoqda.
Garchi Ozbekistonda qadim-qadimdan oltin qazib chiqarilgan bolsada, uning asosiy konlari hozirgi on yilliklar davrida izlab topildi va ishga solindi. Hozirgi paytda Nurota, Chotqol toglari yon bagirlari va markaziy Qizilqumdagi Marjonbuloq, Chodak, Murintov konlaridan oltin qazib olinmoqda. Zarafshon shahrida yirik oltin tayyorlash kombinati ishlab turibdi. 1991 yildan boshlab Olmaliq tog metallurgiya kombinati tarkibida yoldosh asl metallar (oltin, kumush) ni ajratib oladigan sex ishga tushirildi. Buyuk Britaniyaning «Lonro firmasi bilan hamkorlikda markaziy Qizilqumda oltin rudalari konini ishga tushirish va oltin ajratib olish boyicha katta korxona-Amantayu Golfiluz qoshma korxonasi loyihasi amalga oshirildi. Ozbekiston oltinni sifati jihatidan yuqori bolib, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin yombilar London rangli metallar birjasining sertifikatini olgan (1994). Bu qimmatbaho resurslar endi mustaqil Ozbekistonning iqtisodiyotini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Ozbekistonda alyuminiy sanoatini rivojlantirish uchun ham zarur sharoit va zahiralar mavjuddir.
Respublikada shuningdek, surma, qalay va boshqa rangdor metall konlari ham aniqlangan.
Qozog`iston Respublikasi mis, qo`rg`oshin, rux, alyuminiy, titan, magniy, shuningdek kamyob va nodir metallar ishlab chiqishga ixtisoslsahgan bo`lib, xalqaro mehnat taqsimotida MDH davlatlari orasida yaqqol ajralib turadi. Respublika mis zaxiralari bo`yicha MDH davlatlari orasida birinchi o`rinda turadi.
Asosiy konlari Jezqazg`an, Balxash, Markaziy va Shimoliy Qozog`istonda joylashgan. Mis sanoat asosida Jezqazg`an viloyatida bo`lib, bularga asosan Balxash va Karasakpay mis eritadigan zavodlari, Jezqazg`an, Sayan rudani boyitish korxonalari kiradi. Qozog`istonning sharqiy qismida Glubokoe mis zavodi bor. Respublikada qo`rg`oshin rux kombinati Ust-Kamenogorsk shaxrida bo`lib, uning xom-ashyosi rudali Oltoydadir. Qoratav va Jung`oriya Olataudan qazib olinadigan rux xom ashyosi asosida Shimkent shaxrida qo`rg`oshin zavodi ishlab turibdi.
Xalqaro mehnat taqsimotida O`zbekiston rangdor metalurgiya sanoati bilan ajralib turadi. Respublika hududida bu sanioat uchun kerakli bo`lgan va yetarli miqdorda xom ashyo chinoncghi polimetal rudalari, mis, oltin, vol`fram, molibden va boshqa rudalar mavjud. Jumladan: oltin zaxiralari bo`yicha Respublika dunyoda 4- o`rinda, uni qazib olish bo`yicha 7- o`rinda, mis zahiralari bo`yicha 10-11 o`rinda, uran zahirasi bo`yicha, 7-8 o`rinda turadi. (Islom Karimov 1997 yil ) O`zbekistonda 40ta qimatbaho metal konlari topilgan. oltinning asosiy zahirasi Markaziy Qizilqumdadir.
Respublikada kumush konlari va Visokovolt`noye O`qjetpes, Kostmonovtchi (Navoiy viloyati) va Oqtepa (Namangan viloyati) konlaridir. O`zbekistonda rangli metallar mis, qo`rg`oshin, rux, vol`framlarning zahiralari ko`p. Mis bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi qazib olinadi. Qalmoqir konidan mis molibden rudasi qazib olinadi. Uni Olmaliq kon metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Mis Dalniy konidan olinadi. Bu kon zahirasi qazib olishning tannarxi undan boshqa foydali qazilmalarni ( kumush, oltin, molibden va boshqalar) ajratib olinishi jihatdan MDH mamlakatlari orasida tengi yo`q. Respublikada qo`rg`oshin, rux, Uchquloch (Jizzax viloyati)va Xondiza konlarida jamlangan.
O`zbekistonda rangdor metallurgiya sanoatining taraqqiyotiga juda katta etibor berilgan . U Markaziy Osiyo hududidagi sanoat tarmoqlari orasida yosh tarmoq hisoblanadi. Biroq uning hisasiga Markaziy Osiyo davlatlarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning ( 2/3) qismi to`g`ri keladi. Markazi Osiyoda umuman metallurgiya sanoati tarmoqlari bir tekisda rivojlanmagan. Asosiy markazlari Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalaridir
.Qora metallurgiya
Qora metallurgiya sanoati temir rudasi qazib olish, choyan, polat eritish, prokat va ferroqotishmalar ishlab chiqarishdan iborat.
Qora metallurgiya xalq xojaligining ozagi hisoblanadi va uning asosiy tarmoqlari bilan bog’langan. U mashinasozlikka va qurilish industriyasiga metall beradi, qazib chiqariladigan komirning katta qismini ishlatadi. Kimyo sanoatining asosiy xom ashyo manbalaridan biri hisoblanadi (koks ishlab chiqarish chiqindilaridan olinadi), qishloq xojaligiga tarkibida fosfor bolgan shlak-ogit beradi, temir yol izlari (relslar), vagonsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik uchun metall beradi.
Metallning asosiy qismi metallurgiya kombinatlarida ishlab chiqariladi. Metallurgiya sanoatida xom ashyoga ketma-ket ishlov beradigan kombinatlar kopchilikni tashkil qiladi. Bunday kombinatlarda temir rudadan domna pechlarida choyan eritib olinadi, suyuq choyan va temir-tersakdan eritish pechlarida (konverter, marten, elektr pechlarda) polat eritiladi, polatdan esa prokat (tayyor maxsulot) olinadi.
Fan-texnika taraqqiyoti metallurgiya sanoatida metall eritishning chiqindisiz texnologiyasini, metall olishning yangi, unumliroq usullarini joriy qilishga olib keldi, bu polat sifatini oshirishni va prokatning xilma-xil turlarini olishga imkon berdi. Metall olishning eng yangi usuli metallni domnadan tashqarida olishdir.
Qora metallurgiyada ishlab chiqarishning markazlashuvi tez suratlar bilan osib bormoqda. Hozirgi paytda bitta yirik domnada bir qancha zavodda eritilgan miqdorda temir eritilmoqda.
Ammo ilmiy-texnika inqilobi natijasida temir eritishning yangi usullari ixtiro qilinishi va ishlab chiqarishga joriy qilinishi munosabati bilan kichik-kichik metallurgiya zavodlari qurish keng takomillashmoqda (bu hususiyat Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlar uchun xos).
Metallurgiya kombinatlari juda kop xom ashyo va yoqilgi talab qiladi. Shuning uchun metallurgiya korxonalari xom ashyo va yoqilgi manbalariga yaqin yoki ular oraligida joylashtiriladi.
Bir tonna choyan ishlab chiqarishga sarf boladigan materiallar miqdori metallurgiyaning texnik darajasiga bogliq. Xom ashyo va yoqilgi harajatlari choyan tan narxining 80 foizini tashkil qiladi.
Kokslanuvchi komir qora metallurgiya uchun asosiy yoqilgi bolib hisoblanadi. Tarkibida karbonat kalsiy bolgan oxaktosh va dolomitlar flyus sifatida ishlatiladi. Metallni eritish paytida flyuslar metallmas jins va koks kuli bilan birgalashib domna chiqindisini hosil qiladi. Otga chidamli materiallar (shamotdan yasaladigan buyumlar) metallurgiya pechlari qurish uchun kerak boladi. Bir tonna polat eritish uchun 150 kg otga chidamli material sarf boladi. Qora metallurgiya zavodlari suvni ham kop ishlatadi. Suv metallurgiya agregatlarini sovitish, gazni tozalash va boshqalar uchun kerak boladi. Metallurgiya zavodining 1 tonna maxsuloti uchun 900 m3 suv ishlatiladi, agar aylanma suv taminotidan foydalanilsa 15 20 m3 suv sarflanadi.
Shuning uchun metallurgiya korxonalarini joylashtirishda suv, elektr energiya, tabiiy gaz bilan taminlash va tabiatni muxofaza qilish masalalari ham etiborga olinadi.
Umumiy ruda yoki yoqilgi resurslaridan foydalanuvchi va xalq xojaligining metallga bolgan asosiy extiyojini taminlovchi bir guruh metallurgiya zavodlari asosiy metallurgiya bazasi deb ataladi.
Rossiyada Ural, Markaziy Osiyo va Sibir, Ukrainada Janubiy, AQSH va Kanadada Buyuk kollar atrofi, Xitoyda Shimoli-Sharq, Germaniyada Rur metallurgiya bazalari bor.
Qora metallurgiyaning asosiy xom ashyosi bolgan temir rudasi hozirgi paytda 50 dan ortiq mamlakatda qazib olinadi, ammo asosiy qazib oluvchi davlatlar Rossiya, Braziliya, Xitoy, Avstraliya, AQSH, Kanada hisoblanadi. Eng yirik temir rudasi xavzalari ham shu mamlakatlarda joylashgan: Krivoy Rog (Ukraina), Kursk magnit anomaliyasi KMA (Rossiya), Itabira va Karajas (Braziliya), Ak-shan (Xitoy), Yuqori kol (AQSH), Labrador (Kanada). Jahonda qazib olinadigan temir rudasining 50 foizi eksport qilinadi. Boy temir rudalari tarkibida foydali metallar miqdori 50 foizdan ortiq, qambagal rudalarda esa 2550 foiz boladi.
Umuman ruda deb tarkibida hozirgi texnika imkoniyati doirasida ajratib olish iqtisodiy jixatdan foyda beradigan miqdorda foydali komponentlari (muhim elementlar yoki minerallar) bolgan tog jinslari yoki mineral agregatlarga aytiladi.
Barcha iqtisodiy nohiyalar va butun Respublika xojaligini har tomonlama majmui rivojlantirish uchun zarur moddiy negizdir. Qorametallurgiya mahsuloti xalq xojaligining barcha tarmoqlarida texnika taraqqiyotini belgilab beruvchi mashinasozlik sanoati uchun xom ashyo, uning asosiy poydevori hisoblanadi.
Orta Osiyodagi birinchi zamonaviy metallurgiya zavodi qurilishi ulgum xalq xashari yoli bilan 1942 yilda boshlangan, 1944 yilning 5 martida zavoddan dastlabki eritmasi olindi. 1945 yilning fevralida esa 2-marten pechi, 1949 yilda 3-marten pechi mahsulot bera boshladi. 1978 yil avgustda quvvati yiliga 250 ming tonna elektr bilan polat eritish (EPES) mahsulot bera boshladi.
Zavod tamgali propan mahsulotlari quvuri bilan birga 50 ga yaqin xalq istemol tovarlari ishlab chiqarilmoqda.
70-yillar ikkinchi yarmida Ozbekiston metallurgiya zavodida elektr quvvati yordamida polat eritish sexi va yangi prokat sexi ishga tushirildi. Polat eritish sexidagi texnologik jarayonlarni boshqarish avtomatlashtirilgan. Zavoda keng istemol buyumlari, (sirlangan metall idishlar va hakozo) ishlab chiqaradigan sex ham ishlaydi.
Korxona ishlab turgan barcha yillar davomida polat va prokat ishlab chiqarish uzluksiz kopayib bordi. 1946 yilda 23 ming t. Polat va 3000 t. Prokat ishlab chiqarilgan bolsa, bu korsatkichlar 1965 yilda tegishli ravishda 368 ming t. Polat va 255 ming t. Prokatni, 1990 yilda esa 1015 ming tonna pulat hamda 955 ming t. Prokatni tashkil qildi. 2005 yil 607.3 ming t. Va 562.2 ming t. Tayyor prokat ishlab chiqarildi.
Toshkentdagi «Ikkilamchi qora metall zavodida (Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida) temir-tersaklarni qayta ishlash maxsus korxonalar hamda sexlar qurildi.
Ozbekiston shaxar va qishloqlarini tola gazlashtirish va ichimlik suvi bilan taminlash rejalari Bekobod metallurgiya zavodida metall quvurlar tayyorlaydigan maxsus sexning ishga tushurilishiga olib keldi. Gaz va suv quvurlari ishlab chiqarish yanada kengaydi.
Zavodni kelajakda yanada kengaytirish va qayta tuzish jarayonida ishlab chiqariladigan prokat turlarini mahalliy extiyojlarga qarab ozgartirish moljallanadi. Bekobod zavodining quvvatini yanada oshirish davr talabidir, chunki bu korxona xozirgi vaqtda Ozbekiston Respublikalarida yigilib qolayotgan temir-tersakning choragini ham qayta eritib ulgura olmayapti.
Respublika xududida qora metallurgiyani rivojlantirish uchun zarur bolgan temir va marganes rudalari, flyus materiallari va otga chidamli xom ashyolar ham topilgan. Bu xom ashyolar asosida kelajakda tola sikli qora metallurgiya sanoatini barpo etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |