Mavzu : “Men nega farmatsevt kasbini tanladim”
Reja:
1 . “Men nega farmatsevt kasbini tanladim” .
2 . Farmatsevt bo’lish uchun nima kerak .
3 . Farmatsevt kasbining jamiyat hayotida tutgan o’rni .
1 . Men hozirda Toshkent Farmatsevtika Instituti “Farmatasiya”
fakulteti talabasiman . Menda farmatsevt bo’lish fikri
yoshligimdan bo’lmagan , lekin keyinchalik inson salomatligi
meni qiziqtira boshladi . Meni “ Inson nima uchun kasal
bo’ladi?” , “Nega ayrimlarga yaxshi ta’sir qilgan dorilar
bazilarga unchalik ta’sir qilmaydi?” , “Dunyoda bir necha
davosi yo’q deyilayotgan kasalliklarni davolash mumkinmi?” va
shu kabi savollar juda qiziqtirar edi . Shu tariqa men
Farmatsevtika sohasiga ilk qadamlarni qo’ydim . Hozirda oldin
men uchun jumboq bo’lgan savollarni ko’pchiligiga javob
topdim , lekin ayrimlari hali ham jumboqligicha qolmoqda . Bu
jumboqlarni hayot faoliyatim davomida izlap topishga harakat
qilaman .
Ko’pchilik menga : “Nega odamlarning salomatligiga qiziqsang
shifokorlik kasbini tanlamading” deb savol beradi .To’g’ri bu
narsa haqida bu kasbga kirishimdan oldin o’ylaganman .
Lekin “Shifokorlar odamlarni asosan nima bilan davolaydi?” –
dori bilan . “Dorini kim yaratadi va tarqatadi ?” – Farmatsevt
(sog’liqni saqlash xodimlari) . Men bu gapim bilan
shifokorlarning inson salomatligini saqlashda o’rinlari kam
demoqchi emasman . Faqat hammani o’z shaxsiy fikri bor , shu
fikr meni farmatsevt bo’lishimga sababchi bo’ldi.
2 . Meni Farmatsevt bo’lishimga turtki bo’lgan eng asosiy omil
, bu meni shu sohaga qiziqishim bo’ldi . Inson o’z kasbiga
qanchalik qiziqsa , u bu yo’lda uchragan qiyinchiliklarga
bardoshli bo’ladi va o’qib izlanishdan charchamaydi . Bu kasbni
tanlashimda meni qo’llab turgan ota-onam va o’z tajribalarini
men bilan bo’lishib , to’g’ri yo’lni ko’rsatayotgan
ustozlarimning ro’li katta . Farmatsevtlar retsept bo’yicha dori-
darmonlar , ularni qanday qabul qilish , odamlarga qanday ta’sir
qilishi va boshqa dorilar bilan o’zaro ta’siri haqida keng
ma’lumotga ega bo’lishi kerak . Shifokorlar kasallarga dori
yozadilar , bemorlar uni farmarsevtga olib boradilar , Farmatsevt
esa u dorini bemorlarga tarqatadi. Farmasevtlar sog’liqni saqlash
xodimlari tomonidan tavsiya etilgan dorilarni tarqatadi ,
bemorlarga kasalliklarni boshqarishda yordam berishadi ,
odamlar qanday dorilarni qabul qilishini kuzatib borishadi , shu
bilan birga ular shifokorlarga dori tanlash , dozalari va o’zaro
ta’siri haqida maslahat berishadi .
3 . Farmtsevtlar – bu dorixonalarda asosiy mas’uliyatni o’z
zimmasiga oladigan ilg’or mutaxasislar hisoblanadi . ular
sog’liqni saqlash mutaxasisi sifatida jamiyat hayotida muhim
ro’l o’ynaydi . Meni fikrimcha jamiyat hayotida insonlarning
salomat bo’lishi 1-o’rinda turadi , chunki inson kasal bo’lsa
uning ko’ziga hech narsa ko’rinmaydi . Kasal odamning faqat 1
ta istagi bo’ladi , bu sog’ayip oilasi davrasiga qaytish . Har
qanday kasallikni davosini Alloh beradi shifokor va dorilar
bunga sabachi bo’ladi . Shuning uchun farmatsevt va
shifokorlarning jamiyat hayotida o’rni juda katta.
Ayniqsa hozirgi pandemiya davrida Farmatsevt va Shifokorlarga
bo’lgan talab juda yuqori .
Bajardi : Toshkent Farmatsevtika Instituti
“Farmatsiya” fakulteti “Kasbiy ta’lim” yo’nalishi talabasi
Xalilullayev Murodilla