Reja: Mehribonim onam



Download 10,12 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi10,12 Kb.
#747168
Bog'liq
Bayon 2



Dunyoda tengsizim onam
Reja:
1. Mehribonim onam.
2. Onam mening bu dunyodagi jannatimdir.
3. Dunyolar sendan kechsa ham onang sendan kechmas.
Ona. Tunlari bedor bo'lib allalar aytgan zot. Ona bu - bemor bo‘lsangiz sizga parvona , kechga qolsangiz yo'lingizga intizor bo‘lgan, zafar quchsangiz sizdan ko'proq suyungan zot. Onalarning mehri quyosh taftidanda iliq va hech qachon o‘zgarmasdir. Bu dunyoda bizning sodiq do'stimiz ham bu bizning onamizdir. Onalarimiz biz uchun hattoki jonlarini ham ayamaydilar. Onalarimiz biz uchun hayot sinovlarida qalqon bo'lishadi. Muvaffaqiyatsizlikka uchrasak bizga dalda beradigan ham o'z onalarimizdir. Bu dunyoda onalar uchun farzandini baxtiyor ko'rishdan, uning yutuqlarini ko'rishdan, ular bilan birga quvonishdanda ulug‘ baxt yo‘q menimcha. Tabiiyki, bu dunyoda hamma o'z onasini yaxshi ko'radi, hurmat qiladi. Lekin, men onamni boshqacha yaxshi ko'raman, boshqacha hurmat qilaman. Onam meni hali gapira olmasimdan ham nima deyotganimni tushunib olganlar. Menga ilk qadamlarni tashlashni o‘rgatganlar. Balki, o'sha qadamlarni tashlashni o'rgatmaganlarida men bugungi qadamlarimni tashlay olmasmidim. Mening bugungi yutuqlarim sababchisi bu - mening onamdir. Onam menga yiqilgan yerimda qayta turishni, qiyinchiliklarni sabr bilan yengishni o‘rgatdilar. Hayot sinovlaridan tolgan vaqtim o‘zimni onam quchog'iga otaman. Meni har qanday holimda ham tushuna olgan yagona zot onamdir. Ularga bor dardlarimni aytsam biror marta mendan bezor bo'lmaydilar. Doim jon quloqlari bilan meni tinglab, menga to'g'ri yo'lni ko'rsatadilar. Men hozir ulardan uzoqdaman lekin mening qalbim onamning qalblari bilan uyg'un. Men nima xohlayotganimni, nima meni bezovta qilayotganini, nimadan xavotirdaman hammasini aytmasam ham seza oladilar. Hattoki, ulardan olisda bo‘lsam ham. Shunda men onalar qalbi doim farzandlari bilan birga ekanligini anglayman. Men bu dunyoda hammadan ko‘p onamni yaxshi ko'raman. Xursandchiligimni ham birinchi ularga aytgim keladi. Lekin men ularga hammadan ko'proq ozor beraman. Doim ularni xafa qilib qo'yaman. Lekin shunda ham onamning menga bo'lgan mehrlari kamaymaydi. Meni yaxshi ko'rishda davom etaveradilar. Men yaxshi farzand emasman, ammo mening onam dunyodagi eng yaxshi ona. Men onamga yetarli vaqt ajrata olmayapman. O‘qish deb, ish deb yugurgan u , onamga yetarli vaqt ajrata olmayman. Kunda bir bora telefon qilib qo'ysak, onalarimiz g‘oyat xursand bo‘lishadi. Lekin biz shu uchun ham vaqt topa olmaymiz ba'zida. Men ham ba'zan onamga bir kunda bir bora telefon ham qila olmayman. Ammo onam bundan ham xafa bo'lmaydilar. Mening onam go'yoki yerdagi farishta. Men qorong‘ulikdan qo'rqsam, onam nurga aylanib, meni o'sha zulmatdan qutqaradi. Onamning mehrini ta'riflashim uchun so‘zlar ojizlik qiladi. So‘zim yakunida shuni aytmoqchimanki, onalarimizni asrashimiz kerak, ular uchun vaqt ajratishimiz, kunda bir bora bo‘lsa ham hol so'rab qo'yishimiz lozim. Men sizni hammadan ko'proq yaxshi ko‘raman onajonim.

Guliston davlat universiteti


Pedagogika fakulteti
BT va STI yo‘nalishi lll bosqich
45-19_guruh talabasi
Uralova Adashoy



Download 10,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish