Reja: Mehnatning inson va jamiyat faoliyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘rni



Download 22,3 Kb.
Sana08.02.2022
Hajmi22,3 Kb.
#436323
Bog'liq
2.Mehnat iqtisodiyotning predmeti va uslubiyati.


Mehnat iqtisodiyotning predmeti va uslubiyati.
Reja:
1. Mehnatning inson va jamiyat faoliyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘rni
2. Mehnat iqtisodiyoti predmetining shakllanishi va rivojlanishi
3. Mehnat turlari va ularning xususiyatlari

1. Mehnatning inson va jamiyat faoliyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘rni


Bir qarashdan, mehnat tushunchasi nimani anglatadigan savolning javobi ayondek, chunki har birimiz bu tushunchaga har kuni duch kelamiz. Biroq iqtisodiy adabiyotlarda mehnat tushunchasining aniq va bir xil ma’nodagi to‘liq ta’rifini topish ancha mushkul vazifadir.
Kundalik so‘zlashuvimizda «mehnat» so‘zi bir necha ma’noga ega bo‘lib, bu ma’nolar,birinchidan, ishlab chiqarish qurollari yordamida kishilarning hayoti uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga qaratilgan insonning maqsadga muvofiq faoliyati sifatida, ikkinchidan, ish va mashg‘ulot sifatida, uchinchidan, nimagadir erishishga qaratilgan kuch-harakat sifatida, to‘rtinchidan insonning faoliyati, ish natijasi sifatida izohlanilishi mumkin. SHo‘rolar davrida «mehnat» tushunchasiga insonning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatdagi narsalarni shaklan o‘zgartirish va moslashtirish tushuniladi, deb talqin qilinar edi.
Mehnat - insonning muayyan ehtiyojlarini qondira oladigan va o‘ziga kerak bo‘ladigan moddiy yoki ma’naviy ne’matlardan iborat buyum, tovar, xizmat, fan, madaniyat, san’at asarlari va hokazolarni ishlab chiqarish bo‘yicha ongli, maqsadli va taqiqlanmagan faoliyati.
Har qanday mehnat jarayoni bir qancha shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini 17 azarda tutadi. Ushbu shart-sharoitlar guruhiga mehnat predmetlari va vositalari, mehnat predmetiga ta’sir etuvchi usullar, mehnatni tashkil etish va mehnatning o‘zi kiradi:
mehnat predmeti - inson uchun foydali bo‘lgan xossalarni baxsh etish maqsadidagi mehnat majmuasi qaratilgan, tabiat buyumi yoki oldindanoq mehnat ta’siri tufayli yuzaga kelgan buyum yoxud xizmatlar ko‘rsatish ob’ekti;
mehnat vositalari - xodim mehnat predmetiga ta’sir etishda foydalanadigan va uning mehnat qilishi uchun zarur bo‘ladigan jamiki narsalardir. Mehnat vositalari jumlasiga mehnat qurollarini tashkil etuvchi asbob-uskuna, dastgoh, mashina, mexanizm, apparatlar va boshqa texnologik uskunalar hamda mehnat jarayonining amalga oshirilishida foydalaniladigan bino va inshootlar kiradi;
mehnat predmetiga ta’sir etish usuli - inson faoliyatining sobit qadamligi u yoki bu ishni bajarish uchun bilim va mahorat bo‘lishini nazarda tutadi. Harakatlarni qat’iylik va izchillik bilan bajarish, mehnat predmetiga o‘zgartirishlar kiritish yoki unga yangi xususiyatlar kasb etish, yangi shakl berish va o‘zaro joylashishga o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zlab ta’sir etish usullari yig‘indisi mehnat faoliyati texnologiyasining mazmunini tashkil etadi;
mehnatni tashkil etish - muayyan tarzda mehnat jarayonini tuzish va amalga oshirish tartibi bilan bog‘liq bo‘lib, u xodimning mehnat predmeti va qurollari bilan o‘zaro ta’sir tizimidan kelib chiqadi;
mehnatning o‘zi esa insonning mehnat predmetiga u yoki bu ehtiyojlarni qondiradigan xususiyatlarini kasb etish uchun unga zarur vositalar hamda texnologiyalardan foydalangan holda insonning tashkilotchiligiga tayangan ongli ta’sir etish jarayonidan tashkil topadi.
Masalan, metall yog‘och, teri, gazlama va boshqalardan birorta buyum ishlab chiqarishda metall yog‘och, teri, gazlama va boshqalar mehnat predmeti sifatida, ularni qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan asbob-uskunalar, bino va inshootlar mehnat vositalari sifatida namoyon bo‘ladi. Buyumni tayyorlash jarayoni ishlab chiqarish operatsiyalari izchilligini va mehnat predmetiga ishlov berish usullarini bilishni talab qiladi va bu o‘z navbatida ishlab chiqarish texnologiyasining vazifasi hisoblanadi. Ishni bevosita bajaradiganlar o‘z ish joylarini tashkil etish va bir-birlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibini puxta ishlab chiqqan holda o‘z mehnatlarini tashkil etishlari kerak.
To‘g‘ri, qaysidir mehnat jarayoni yuqorida aytilgan standart elementlarning barchasiga ham ega bo‘lavermasligi mumkin. Masalan, kishi kulolchilik
korxonasida bir siqim loydan choynak yasasa, u mehnat qurollaridan, o‘z barmoqlaridan foydalanadi. Lekin yasalgan choynakni xumdonda toblab pishirsa, xumdon mehnat vositasi bo‘ladi. Kuy chalayotgan sozanda uchun musiqa asbobi 18 mehnat quroli, nota qog‘ozi esa mehnat predmeti bo‘ladi. Pedagog uchun uning o‘quvchilari mehnat predmeti hisoblanadi, bunda u mehnat qurollaridan bevosita foydalanmasligi mumkin. Lekin mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida u ma’ruza matni tuzadi, turli ko‘rgazmali materiallar tayyorlaydi va bu bilan mehnat vositalarini yaratadi.
Insonning butun hayoti ish faoliyati va faoliyatsizlik, ya’ni harakatsizlik deb atalmish passiv dam olish, kasallik vaqti, uxlash payti va hokazolardan tashkil topgan davrlaridan tarkib topadi. Faoliyat kishilarning hayot tarzi shakllaridan biri bo‘lib, u shunday jarayonki, unda kishilarning jismoniy va aqliy kuchlari qaysidir ehtiyojlarni qondirish uchun ishga solinadi. «Faoliyat» tushunchasi «mehnat» tushunchasidan kengroq tushunchadir. Mehnat - faoliyatning bir turidir, lekin har qanday faoliyat ham mehnat bo‘lavermaydi.
Uchinchidan, faoliyatni mehnat va nomehnat qismga ajratish mumkin. Mehnatni nomehnat faoliyatdan ajratadigan asosiy mezonlar:
Taqiqlanmagan munosabatlar;
aniq maqsadga yo‘naltirilganlik;
ne’matlarni yaratish, ya’ni bunyodkorlik bilan bog‘langanlik;
boshqalarga keraklikdan iborat bo‘ladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan to‘rt qoidani ko‘rib chiqar ekanmiz, ularni bir-biridan farqlash lozim.
«Mehnat» va «ish» tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi. Ijtimoiy-iqtisodiy turmushda mehnat tushunchasi bilan bir qatorda ish tushunchasidan ham keng foydalaniladi. Ammo «mehnat» va «ish» tushunchalari bir xil yoki teng ma’noli mazmunga ega emas. Insonning jamiyat hayotidagi yaratuvchilik roli, ijtimoiy natijalarga daxldorligi tufayli mehnat tabiatan ijtimoiy mehnatdir. Zero, aniq mehnat faoliyati ayni paytda shunday faoliyat hamki, uning davomida kishilar bir-birlari bilan muayyan aloqa va munosabatlarga kirishadi. SHu bois mehnat faqat insonning aqliy fiziologik va ijtimoiy foydali faoliyatidir. «Ish» esa jismoniy ma’noga ega bo‘lgan tushuncha bo‘lib, uni inson ham, mashina ham, hayvon ham bajarishi mumkin. Mehnat ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ish esa natural birliklar - kilogramm, metr, dona va shu kabi natural ko‘rsatkichlarda o‘lchanadi.
«Ish» mehnat mahsuli bo‘lib, u inson faoliyatida «Mehnat» bilan tenglashgan jarayondir.
Ko‘pincha bunday farqlash mehnat muammolari turli jihatlarni o‘zida mujassam etib, yaxlit bir butunlik yoki juda o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘lishi tufayli shartlidir.
Mehnat masalalariga oid iqtisodiy adabiyotlarda ba’zan «mehnat substansiyasi» degan tushunchani uchratish mumkin. Umuman «substansiya» 19 atamasi, birinchidan, mohiyatni, negizini anglatsa, ikkinchidan, u hech nimaga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil tushunchani anglatadi. XX asrning 20-yillaridayoq mehnat substansiyasi haqida gapirilganda, - mehnat jarayonida insonning miyasi, asablari, mushaklari, sezgi a’zolari, qoni va quvvatining sarflanishi ekanligi ta’kidlangan edi. Ba’zi zamonaviy mualliflar mehnat substansiyasi - mehnat jarayonida inson organizmi muayyan maqsadga muvofiq tarzda sarflaydigan kuch- quvvat, mehnat substansiyasini inson a’zolarining sarflanishi deb talqin qilish ilmiy jihatdan behudadir va iqtisodchilarning bunday tasavvurlardan allaqachon voz kechishlari darkor, deb hisoblamoqdalar. Kuch-quvvat, albatta, insonning a’zolari orqali ma’lum vaqt davomida sarflansada, uni mehnat substansiyasi deb atashga asos etarlicha bo‘la olmaydi. Binobarin, befoyda sarflangan kuch-quvvat mehnat hisoblanmaydi, albatta.
2. Mehnat iqtisodiyoti predmetining shakllanishi
va rivojlanishi
Umumlashtirib aytganda, mehnat kishining mavjud tabiiy, moddiy yoki intellektual resurslarni shaxsiy yoki ijtimoiy iste’mol uchun kerakli mahsulotga aylantirishdagi ob’ektiv faoliyati deb ta’riflash mumkin. Biz mehnat mahsulini tovar sifatida tilga olar ekanmiz, uning g‘oyat xilma-xil shakllarini - qishloqxo‘jaligi, sanoat, qurilish sohasidagi tayyor mahsulotni, shuningdek, turli-tuman ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ishlari va xizmatlarni nazarda tutamiz. Mehnat mahsuli jismoniy, natural shakldan tashqari uni sotish natijasida olingan daromad yoki pul shaklida ham ifodalanishi mumkin.
SHunday qilib, «mehnat iqtisodiyoti» tushunchasi nimadan iborat degan savoliga javob berish uchun eng kamida ikki atamadan iborat so‘z birikmasi, ya’ni biz tekshirib chiqayotgan tadqiqot predmeti - «iqtisodiyot» va «mehnat» tushunchalarini bilib olish kerak bo‘ladi. Bularsiz «mehnat iqtisodiyoti» tushunchasining o‘zi ham bo‘lmas edi.
Avvalo, «iqtisodiyot» tushunchasini bilib olaylik. Ma’lum bo‘lishicha, u ham birinchi qarashda oddiy tuyulgandek bo‘lsa-da, ammo bu tushuncha ancha murakkab masala ekanligini ta’kidlash joiz. Iqtisodiyot sohasida yozilgan adabiyotlarni qarab chiqadigan bo‘lsak, bu tushunchaning mohiyati to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha tarqoq holda berilganligi ma’lum bo‘ladi. Ba’zan mamlakat, mintaqa iqtisodiyoti juda tor ma’noda tushuniladi, qandaydir ayrim sohalar yoki xo‘jalik yuritish tarmoqlari, bir-biridan ajralgan jarayonlar va hodisalardan iborat deb hisoblanadi. Iqtisodiyotga bunday nazariy yondashuvni inkor etib bo‘lmaydi. Biroq uning metodologik jihatdan to‘g‘riligini bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ham asos yo‘q, chunki u amaliy sohadagi muammolarga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotni takomillashtirish va rivojlantirishga doir tadbirlar haqiqatda iqtisodiyotga emas, balki faqat uning ayrim tarkibiy qismlariga qaratiladi. Darvoqe, bundan mamlakat va mintaqaviy darajadagi iqtisodiy hokimiyat tuzilmalarining, avvalo, iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi vazirliklarning cheklangan faoliyati strategiyasi va taktikasi, ularning ishidagi ustuvor yo‘nalishlarni tanlashdagi sub’ektivizm kelib chiqadi. Iqtisodiyot - juda keng va murakkab tushuncha bo‘lib, xo‘jalik yuritishning jadal ijtimoiy tashkiliy tizimi tushuniladi, u ijtimoiy foydali moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni ta’minlaydi.
SHunday qilib, iqtisodiyot bilan chinakamiga shug‘ullanish, shu jumladan iqtisodiy dasturlar ishlab chiqish, uni amalda tartibga solish - ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarini tahlil qilish va ularni takomillashtirish hamda rivojlantirish sohasidagi mexanizmlarni taklif etish demakdir. Bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyot va u haqidagi ilm inson farovonligiga, mamlakatga va jamiyatga to‘laqonli hayot tarzini ta’minlashga xizmat qilishi kerak. SHuning uchun ularni kengroq o‘rganadilar, u bilan shug‘ullanadilar, uning samaradorligi uchun qayg‘uradilar.
Iqtisodiyot, eng avvalo, inson faoliyati bo‘lib, uning tabiatga ta’siri natijasida moddiy ne’matlar va xizmatlarning yaratilish jarayonidir. Demak, har qanday ongli faoliyat insonga tegishli bo‘lganligi uchun u inson mehnatining negizidir.
«Mehnat» kategoriyasini tushunishga kelganda, bu erda hamma narsa osonroqdir, chunki olimlar va amaliyotchilar orasida bu xususda allaqachonlardan buyon ziddiyatlar va jiddiy bahsli muammolar yo‘q desa ham bo‘ladi. SHu sababli faqat ayrim ma’lum fundamental nazariy qoidalarni eslatib o‘tmoqchimiz.
Ta’kidlab o‘tganimizdek, mehnat - kishilarningongli, maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati jarayonidan iborat bo‘lib, ular bu faoliyat yordamida tabiat buyumlarining shaklini o‘zgartiradilar va ularni o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtiradilar. Mehnat jarayoni uch asosiy jihatni: kishining maqsadga muvofiq faoliyatini, ya’ni mehnatning o‘zini; mehnatga qaratilgan mehnat buyumini; mehnat vositalarini qamrab oladi. Inson mehnat vositalari yordamida mehnat buyumiga ta’sir qiladi. Biroq mehnat faoliyatining asosiy sharti ish kuchining mavjudligidir. SHu sababli muayyan shartlilik bilan ish kuchi iqtisodiyotini mehnat iqtisodiyoti asosi deb hisoblash mumkin.
“Iqtisodiyot” hamda “mehnat” tushunchalarining mazmuni tarkibiy qismlarini birlashtirib, quyidagi ta’rifni berish mumkin. Mehnat iqtisodiyoti - jadalijtimoiy tashkil etilgan tizim bo‘lib, unda ish kuchini takror ishlab chiqarish jarayoni - uniishlab chiqarish (xodimlarni tayyorlash, o‘qitish, malakasini oshirish va hokazo), taqsimlash, ayirboshlash va foydalanish sodir bo‘ladi, shuningdek xodim bilan mehnat vositalari va buyumlarining o‘zaro ta’sir ko‘rsatish shart- sharoitlari va jarayoni ta’min etiladi.
Mehnat iqtisodiyoti fan sifatida ishchi kuchini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish, unumli mehnat qilish va uni muhofaza etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash jarayonida qaror topadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni o‘rganadigan ijtimoiy-iqtisodiy fandir.
3. Mehnat iqtisodiyotining bo‘limlariva muammolari
Mehnat iqtisodiyoti uch darajali bo‘limni, ya’ni: mehnat mikroiqtisodiyoti, mehnat mezoiqtisodiyoti va mehnat makroiqtisodiyotini ajratishga asoslanadi.
Hal qilinadigan muammolar doirasi mushtarak bo‘lgani holda har bir daraja bo‘yicha uning uchun asosiy bo‘lgan muammolar hamda axborot almashinish va yondash darajalar bilan muvofiqlashtirish zarur bo‘lgan muammolar ajratiladi. CHunonchi, mehnat mikroiqtisodiyotining predmeti xodimlarning mehnat va ijodiy imkoniyatini rivojlantirishdan, ulardan foydalanishdan, xodimlar bilan ishlash, mehnatni tashkil etish, normallashtirish va rag‘batlantirish shakllarini yaxshilash tizimlarini qo‘llanishi asosida mehnatning samaradorligi va daromadliligini oshirish muammolarini qat’iyan, muayyan hal qilishdan iboratdir.
Mehnat mezoiqtisodiyotining predmeti mehnat bozorlari iqtisodiyoti muammolari va boshqa ijtimoiy muammolarni hududlar bo‘yicha viloyat va tumanlar doirasida hal etishdan iboratdir. Mehnat makroiqtisodiyotining predmeti hududlarda iqtisodiyotni rivojlantirishning mehnat va ijtimoiy xususiyatlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va uni boshqarishdan iborat.
Mehnat mikroiqtisodiyoti muammolari, mikroiqtisodiyot sohasi alohida iqtisodiy sub’ektlar faoliyati bilan bog‘liqligi jihatidan ajralib turadi. Bu sub’ektlar jumlasiga iste’molchilar, ishchilar, xizmatchilar, xususiy tadbirkorlar va kichik korxona egalari, sarmoya soluvchilar, firmalar - aslini olganda iqtisodiyotning faoliyatida muhim rol o‘ynaydigan har qanday individum, jismoniy shaxs yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ekt kiradi.
Mehnat iqtisodiyotining «Mikroiqtisodiyot darajasi quyi bosqichda iqtisodiy qarorlar qanday va nima sababdan qabul qilinishini tushuntirib beradi.Masalan, u iste’molchilar tovar xarid qilish haqidagi qarorni qanday qabul qilishlarini va narx- navo hamda ular oladigan daromadlarning o‘zgarishi tovarni tanlashlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini; firmalar ishchilar sonini qanday rejalashtirishini hamda ishchilar qaerda va qancha ishlashlari kerakligini qanday hal qilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyotning yana bir muhim jihati shuki, iqtisodiyot sub’ektlari ancha yirik tuzilmalar - sanoat tarmoqlarida bozorlar vujudga kelishi jarayonida o‘zaro hamkorlik qiladi.
Mikroiqtisodiyot ayrim firma va iste’molchilar faoliyatini o‘rganib, sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday ishlashi va rivojlanishini, hukumat siyosati va boshqa mamlakatlardagi iqtisodiy shart-sharoitlar ular faoliyatiga qay tarzda ta’sir ko‘rsatishini ochib beradi. Bundan farqli o‘laroq, mehnat iqtisodiyotining makroiqtisodiyot darajasi umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar,jumladan, mamlakatda mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari, foiz hisob-stavkalari, ishsizlik va inflyasiya bilan bog‘liqdir. Lekin mehnat iqtisodiyotining makroiqtisodiyot bilan mikroiqtisodiyot darajalari o‘rtasidagi farq keyingi yillarda tobora yo‘qolib bormoqda. Buning sababi shundaki, makroiqtisodiyot ham umumiy bozorlar, masalan, tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va qimmatli qog‘ozlar bozorlarini tahlil qiladi. Umumiy bozorlar qanday ish olib borishini tushunish uchun, avvalo, ushbu bozorlar ishida qatnashadigan firmalar, iste’molchilar, ishchilar, sarmoya soluvchilar xulq-atvorini o‘rganish kerak. SHunday qilib, makroiqtisodiyot darajasida faoliyat yuritadigan mehnat iqtisodchilari va mutaxassislari borgan sari ko‘proq mikroiqtisodiy asoslash bilan shug‘ullanmoqdalar, makroiqtisodiyotning o‘zi esa amalda mikroiqtisodiy tahlilning davomidir».
Agar mehnat iqtisodiyotida mikroiqtisodiyotning yuqoridagi talqinini faqat sanoatga emas, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ham tatbiq etadigan bo‘lsak, u amalda tarmoqlarda mehnat mikroiqtisodiyot fanini ajratib chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Buning ustiga xo‘jalik yuritishning ana shu bosqichida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishiga hamma hollarda bevosita yoki bilvosita ishlab chiqarish sub’ektlari bilan iste’mol sub’ektlari o‘rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlari sabab bo‘ladi.
Mehnat mikroiqtisodiyoti iqtisodiy davrning hamma bosqichlarini qamrab olib, korporatsiyalar, firmalar va mustaqil korxonalar siyosatini belgilash, xodimlar ijodiy imkoniyatini ustun darajada rivojlantirish va undan foydalanishni rag‘batlantirish, xodimlarning samarali mehnat faoliyatini tashkil etish, doimo yuqori ijtimoiy va iqtisodiy natijalarga erishish maqsadida oraliq mahsulot hamda xizmatlarni etkazib beruvchilar bilan o‘zaro foydali aloqalarni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Download 22,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish