O‘z ish vaqtini fotografiya qilish - ishchining ish vaqti mehnat jarayonini va ish vaqtini o‘rganish bo‘lib, ishchi o‘zini mehnat faoliyatidan tashqari bajaradigan ishlarni ma’lum vaqt birligida hisobga oladi.
Kuzatishni birdaniga o‘rganish usuli
1.bosqich - tayyorlov-bu bosqichda quyidagi ishlar bo‘ladi:
Kuzatish uchun joy tanlash (brigada, smena, ishchilar guruhi va h.k).
Kuzatishni maqsadini aniqlash (ishchilarni ish vaqtidan foydalanishni o‘rganish).
Har bir kuzatadigan obyektni guruhlarga bo‘lish va ularni jurnalga yozib qo‘yish (harflar va sifrlar orqali).
O‘rganish muddati aniqlanadi.
Kuzatish marshruti belgilanadi.
Marshrutlarga ketadigan vaqt aniqlanadi.
Smena ichida necha marta kuzatiladi?
Har bir kuzatish uchun qancha vaqt ketishi aniqlanadi.
Rasmga olish listlarini tayyorlash (1 va 2 jadvalda ko‘rsatilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |