Reja: Mazkur fanning predmet iva ob‘ekti, nazariy manbalari va tarkibiy tuzilishi



Download 22,53 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2021
Hajmi22,53 Kb.
#71467
  1   2
Bog'liq
2 5384541438899914582


O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Reja:

1. Mazkur fanning predmet iva ob‘ekti, nazariy manbalari va tarkibiy tuzilishi.

2. Fanning asosiy tushunchalari va uning qonunlari. Fanning jamiyatshunoslik fanlari tizimidagi o’rni.

3. Mazkur kursning maqsadi, vazifalari va o’rganishning ahamiyati.

O’zbek xalqi xotirasida XX asrning so’nggi o’n yilligidagi shonli tarixiy voqealar abadiy muhrlanib qoladi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi mustaqillik-o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi qo’lga kiritildi. O’zbekiston mustaqillikka erishdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a‘zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub o’zgarish va islohotlar amalga oshirila boshladi.

U o’zining mantiqiy tuzilishiga hamda ilmiy tahlil usullari va vositalariga ko’ra mustahkam nazariy manbaga asoslanadi. Bu o’rinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning kirish qismidan olingan qo’yidagi qoidalarni keltirish o’rinlidir: “Bosh Assambleya inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha halqlar va davlatlar tomonidan bajarishga intilishi zarur bo’lgan vazifa sifatida e‘lon qiladi. Bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyat hamisha ana shu deklaratsiyani nazarda tutib, ma‘rifat va ilm yo’li bilan uni hurmat qilishiga intilishlari kerak”. (Mejdunarodnay bill o pravax cheloveka. T. Adolat, 1992 yil, 9-bet). O’tgan yillar davomida ushbu hujjat jahon jamoatchiligi o’rtasida tan olindi, uning asosida demokratik davlatlarning konstitutsiyalari ishlab chiqildi. Demak, mazkur deklaratsiya va konstitutsiyalar demokratik odil davlat va fuqarolik jamiyati qurishning muhim mezoni va fan uning nazariy asosi bo’lib xizmat qiladi, deyishimiz mumkin.

Respublikamizda ijtimoiy hayot bir tizimdan, ya‘ni ma‘muriy bo’yruqbozlik tizimidan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati tizimi tomon o’tayotgan hozirgi kunda uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ma‘naviy asoslarini to’laligicha o’rganuvchi ijtimoiy-siyosiy fanlar yo’q edi. Mazkur vazifani amalga oshirish borasida mustaqillik yillarida “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani yaratildi. Uning mazmun mohiyati Prezident I. Karimov tomonidan “O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda” asarida asoslab berilgan. Bu g’oya yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan yaxlit va izchil ta‘limotni xalqimiz, shu jumladan yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish to’g’risidagi bilimlar tizimidan iborat.

Bu fanimiz mustaqillik yillarida shakllangan o’quv fanidir. Bu fanimizning ahamiyati, avvalo Prezidentimiz ta‘kidlagan ta‘limotning tarixiy manbalari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy va diniy ildizlari, asosiy tamoyillari, nazariya sifatida namoyon bo’lishi, o’ziga xos shakllanish qonuniyatlari va xususiyatlarini bosqichma-bosqich o’rganishni nazarda tutadi.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani, birinchi galda xalqimiz ma‘naviyati, milliy va umumbashariy qadriyatlar, mustaqil davlat barpo etish yo’lidagi boy tajribalarimizga asoslanadi va ulardan oziqlanadi.

O’zbekiston ijtimoiy hayotining barcha sohalari fanning ob‘ektidir.

O’rganadigan fanimiz jahon tsivilizatsiyasining tarixiy tajribalariga asoslangan holda Respublikamizning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, Odil, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning nazariy masalalarini yaxlit tarzda tadqiq etadi uni amaliyotchilar uchun dastur sifatida taklif etish bilan shug’ullanadi. Shuningdek, mazkur fan jamiyatda ro’y beradigan voqealar va xodisalar, ular o’rtasidagi muhim aloqalarni aniq hayot bilan chambarchas holda aks etdiradi.

Ikkinchidan, bu fan inson manfaati, erkinligi va qadr-qimmatiga xizmat qiluvchi g’oyalarni o’zbek xalqi manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiquvchi qo’lay usul va yo’nalishlarni tadqiq etadi. Uchinchidan, eng muhimi, istiqlol tufayli odamlarning tafakkuri va hayotga munosabati o’zgarib bormoqda, ularning davlatimiz buyuk kelajagiga bo’lgan qat‘iy ishonchi kuchaymoqda.

O’rganadigan fanimizning maqsadi bilan bir qatorda vazifalari ham mavjud. Bu vazifalar qo’yidagilardan iborat: Birinchidan, biz barpo etayotgan jamiyatning moddiy-iqtisodiy negizini ko’pmulkchilikka tayangan, ijtimoiy yo’naltirilgan, ichki muvozanatga erishgan bozor munosabatlari tashkil etadi. Ikkinchidan, biz quradigan jamiyat siyosiy tuzumiga ko’ra ko’p partiyaviylikka, fikrlar xilma-xilligiga tayangan, qonunning hamma uchun bir xilda ekani va ustuvorligi ta‘minlangan demokratik, huquqiy davlat bo’ladi. Uchinchidan, ijtimoiy munosabatlar xarakteriga, davlat va ijtimoiy institutlar, jamoat tashkilotlarining o’zaro ta‘siriga ko’ra fuqarolik jamiyati quriladi. Unda barcha ijtimoiy guruhlar, qatlamlar o’rtasida ijtimoiy hamkorlik, barcha millatlar va elatlar o’rtasidagi ijtimoiy hamkorlik, tinch-totuvlik, umummilliy mushtaraklik yanada mustahkamlanadi. To’rtinchidan, ma‘naviy xususiyatlariga ko’ra, bu jamiyat o’zida barcha yangiliklarga, yutuqlarga ochiq, millatchilik va nomukammallik to’yg’ularidan xoli, erkin fikrlovchi fuqarolarning erkin jamiyati bo’ladi. Beshinchidan, demak biz bozor iqtisodiyotiga qonun ustuvorligiga ijtimoiy hamkorlikka asoslangan demokratik fuqaroviy jamiyat barpo etmoqdamiz.

Aynan ana shunday rivojlanish respublikamizning munosib turmush kechirishlari uchun kafolat bo’ladi, milliy-an‘analar va madaniyatning yuksalishini, ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarning tiklanishini ta‘minlaydi.

O’zbekiston Prezidenti iborasi bilan aytganda, qat‘iyat va shiddat bilan XXy asrga intilmoqda. U yangi asr, yangi ming yillik ostonasida mudrab yo hayot surib turganicha yo’q. Aksincha, u intilayapti, harakat qilayapti, kurashayapti. O’z taqdirini, buyuk kelajagini yaratish yo’lida zaxmat chekayapti. Quvonchli, huzurbaxsh va yoqimli iztiroblar og’ushida yashayapti (Qarang: O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda. T. 2000 yil, 42-bet).

SHunga ko’ra fanning nazariy va metodologik asoslariga yangicha, zamonaviy fikrlash talablari taqozosi bilan yondoshish zarur. Bu umuminsoniy qadriyatlarning bir bo’lagi – milliylik sinfiylikdan va shovinistik baynalminallikdan ustun qo’yishdir.

Ikkinchi savol: Boshqa ijtimoiy fanlar singari “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining nazariy asosi va manbalari mavjud. Bunda birinchi navbatda 1948 yil 10 dekabrda BMT tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini” kiritish mumkin. Chunki deklaratsiya inson huquqlari hurmat qiladigan dunyoni bunyod etish hamda inson huquqlarini qonun izmi bilan himoya etilishini e‘tiborga oladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaror va qonunlari ham nazariy asos bo’lib xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari I. Karimovning “O’zbekistonni o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”, “O’zbekiston buyuk kelajak sari”, “Yo’limiz-mustaqil davlatchilik va taraqqiyot yo’li”, “O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz”, kabi bir qator fundamental va ustuvor asarlari, ma‘ruzalari, nutqlari, muxbirlarning savollariga bergan javoblari, farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bu fanni o’rganishning asosiy manbasi bo’lib xizmat qiladi.

Respublikamiz kuni kecha poydevorini qo’ygan endigina qad rostlayotgan tasodifiy davlat emas, aksincha, ildizlari asrlar qa‘riga yetgan, jahon davlatchiligi tarixini boyitgan, dunyoda esa adolatli, inson manfaatlari himoya qilingan davlatchilik an‘analarini va maktabini yaratgan mamlakat ekanligini namoyon etmoqda.

Biz o’zimizning taraqqiyot yo’limizni 1992 yil dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiya asosida belgilab oldik. Maqsadimiz demokratik adolatli fuqarolik jamiyatini qurish. Bu borada demokratik jarayonlarning xalqaro miqyosda e‘tirof etilgan tamoyillari, Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o’ziga xos an‘analari hisobga olinadi. Bu o’zidan o’zi vujudga kelmaydi. Bu tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib, ter to’kib, hayotning achchiq-chuchugini obdon tortib, og’ir sinov va kurashlar evaziga erishish mumkin.

Respublikamiz tanlab olgan yo’l eng xolisona va maqbul yo’l bo’lib, u mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlarini va sharoitlarining har tomonlama hisobga olishga asoslangan.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar tanlab olingan yo’limizning to’g’ri va hayotiy ekanligini isbotlab turibdi. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va ilmiy asoslab berilgan besh qoida (tamoyil) tanlagan yo’limizni to’g’ri ekanligini isbotlab bermoqda.

Bu tamoyillar qo’yidagilardan iborat.

Birinchidan, iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak, ham ichki, ham tashqi iqtisodiyot siyosatni va munosabatlarni mafkuradan xoli etishni ta‘minlash zarur.

Ikkinchidan, davlat asosiy islohotchi bo’lishi kerak.

Uchinchidan, qonunning ustunligi.

To’rtinchidan, fuqarolarning nufuzini e‘tiborga olib, o’tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”ga yo’l qo’ymay, yangi evolyutsion yo’l bilan, puxta o’ylab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

“O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani mana shu muhim tamoyil va xulosalarga tayangan holda, uning ahamiyatini O’zbekiston timsolida tushuntirishga va ko’rsatishga intiladi. O’rganiladigan fanimizning xususiyati ham shundan iboratki, u sinfiylik va partiyaviylik g’oyalaridan mutlaqo xoli bo’lib, unda iqtisodni mafkuradan ustun qo’yish, insoniylik, milliy istiqlol va tiklanish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik g’oyalari muhim o’rin egallaydi.

Albatta, biz juda muhim tarixiy davrni boshdan kechirayapmiz. O’tmish davrining har bir kuni mazmuni o’tmishimizning yillariga teng kelmoqda. Ijtimoiy siyosiy jarayonlar oqimi nihoyatda tez. Bu jarayonlar qalbimiz, ongimiz va shuurimiz orqali o’tib, butun tafakkurimizda tuntarish yasamoqda. Milliy istiqlol mafkurasi, mustaqillik g’oyalari buni shaxs sifatida, inson va odam sifatida tobora shakllantirmoqda. Shu jihatdan olganda, o’tmish davrining muhim xususiyatlari o’rganayotgan fanimizda yaqqol va aniq shaklda o’zining mujassam ifodasini topadi.

O’zbekistonning milliy mustaqilligini mustahkamlash uchun milliy munosabatlarni uyg’unlashtirishning ko’p qirrali va katta ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega ekanligini nazarda tutib, yurtboshimiz o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” risolasida shunday deb yozadi: “Vatanparvarlik, fuqarolar yakdilligi – yosh va mustaqil O’zbekiston davlati barpo etilayotgan negizdir. Ayni shu narsa jamiyatni qayta o’zgartirish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengib o’tishga, hamjihatlik va hamkorlika erishishda yordam beradi” (1-kitob, 84-85 betlar). Agar, ushbu muammolarni hal etish, o’zaro maqbul va manfaatli yo’llar bilan amalga oshirilmasa, aksincha sinfiy manfaatlar nuqtai-nazaridan hal qilinsa, umumbashariy halokat muqarrardir. Uni bartaraf etish sinfiy va guruhiy manfaatlarni ustun qo’yishni inkor etadi. Shunga ko’ra, fanimizning nazariy va metodologik asoslariga yangicha, zamonaviy yondashish zarur. Chunki bu muammolarni hal etmay turib yangi, demokratik jamiyat qurish juda ham qiyin bo’ladi.

Uchinchi savol: Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda shuni alohida ta‘kidlash kerakki, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimida muhim o’rin tutadi hamda uzviy aloqada ish olib boradi.

Avvalam bor siyosiy fanlar to’g’risida. Siyosiy fanlarga Politologiya, siyosiy falsafa, siyosiy iqtisod, xalqaro munosabatlarning siyosiy nazariyasi, geosiyosat, siyosiy tarix, siyosiy etika va siyosiy antrologiya va boshqalar kiradi. Bu fanlar ijtimoiy hayotda ro’y beradigan jarayon, voqea va hodisalarning ayrim tomonlarini alohida o’rganishga e‘tirof beradilar. Masalan, politologiya fani jamiyatning siyosiy tizimi, siyosat, siyosiy jarayonlar va siyosiy hokimiyat, uning asosiy tarkibiy qimslari, davlat hokimiyati, siyosiy partiyalar, siyosiy tashkilotlar va harakatlar bilan o’zaro munosabatda bo’lgan turli ijtimoiy o’rni va roli, hokimiyatga munosabat, uni saqlab turish mexanzmi va vositalari, jarayonlari hamda amaliyotni o’rgansa, Sotsiologiya esa, jamiyatdagi kishilar o’rtasidagi ko’p qirrali o’zaro munosabatlarni o’rganadi. Antropologiya odamlarning paydo bo’lishi, kishi organizmining evolyutsiyasi va undagi jismoniy o’zgarishlarning qonuniyatlari, shuningdek irqlarning vujudga kelishi va gegrafik tarqalishini o’rganadi.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining o’ziga xos tomoni shundaki, u jamiyatni yaxlit, bir butun ijtimoiy jarayon sifatida o’rganadi, hamda hozirgi davrga mos ravishda tadqiq etadi. Ikkinchidan, o’rganadigan fanimiz komil tarbiyalashda oliy ta‘lim muassasalarida o’qitiladigan “ma‘naviyat asoslari”, “etika”, “estetika”, “milliy istiqlol g’oyasi” fanlari bilan uzviy aloqada ish olib boradi.

Bu esa o’z navbatida, yangi jamiyat qurish jarayonida g’oyaviy-mafkuraviy sohadagi dolzarb vazifalar, ularni amalga oshirish imkoniyatlari va ushbu jarayondagi har bir yoshning mas‘uliyatini anglashga yordam beradi.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani, boshqa ijtimoiy fanlar kabi, jamiyatimizda tarixiy xotirani shakllantirishga yordam beradi. Kelajak sari olg’a, intilish, taraqqiyot va yuksalishning ta‘minlanishi uchun respublikamizda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarning nazariy asoslarini, amaliy uslublarini davlatimizning boy tarix meroslariga amal qilgan holda o’zlashtirish g’oyat muhimdir. Chunki qadimgi Sug’diyona va Xorazm davlatchiligidan tortib, Samoniylar, Xorazmshohlar, Temur va Temuriylar davlatida inson huquqlari yuksak darajada e‘zozlangan. Bu davlatlarning boshqaruvida inson huquqlariga, ijtimoiy adolatga, qonun ustuvorligiga qat‘iy amal qilingan. Masalan, “Temur tuzuklari”da qonun oldida boy ham, kambag’al ham, oddiy fuqaro ham teng deb kafolatlangan. Yoki bo’lmasa, Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida adolatli jamiyatga erishish yo’llari, fozil shahar hokimining fazilatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish bilan bog’liq bo’lgan g’oyalari bugungi kunda ham milliy kadrlar tayyorlash dasturini amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. Alisher Navoiy siyosiy g’oyalarini “Saddi Iskandariy” dostonida asoslab bergan va unda ijtimoiy adolatli tuzum g’oyasini adolatli shoh timsolida bayon qilgan. Bunday misollarni juda ham ko’p keltirish mumkin. Umuman mazkur davrlarda yaratilgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy va huquqiy g’oyalar o’z mazmuniga ko’ra demokratik jamiyatning mohiyatini ifoda etgan.

Darhaqiqat, dunyo yangi yuz yillik va yangi ming yillik ostonasida turibdi. Ana shunday bir paytda jahon mehvarida o’zligini ko’rsatayotgan O’zbekiston yangi asrdagi va yangi ming yillikdagi rejalarini tuzib olmoqda. Prezidentimiz I. Karimov o’zining “O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda” degan risolasida ana shu rejalar to’g’risida fikr yuritib, oltita eng muhim ustuvor yo’nalishni sanab beradi. Birinchi ustuvor yo’nalish – mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish. Shu yo’l bilan o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarishga, o’z huquqlarini himoya qilishga qodir bo’lgan ongli va irodali fuqarolar jamiyatini vujudga keltirish. Bu yo’nalish orqali fuqarolarni yaqin o’tmishdan qolgan boqimandalik, fikr tanballigi, g’oyaviy e‘tiqodsizlik, ijtimoiy faoliyatdabo’shanglik illatlaridan qutqarish.

Ikkinchi ustuvor yo’nalish – jamiyat ma‘naviyatini yuksaltirish. Bu deganimiz ma‘naviy jihatdan yetuk shaxs imon-irodasi mustahkam, e‘tiqodi yuksak, vijdon amri bilan yashaydigan shaxsdir. U har qanday islohotlarga qodir bo’ladi, har qanday muammo va qiyinchiliklarni yenga biladigan komil inson bo’ladi.

Uchinchi ustuvor yo’nalish – kadrlar masalasi. Kadrlar masalasining nihoyatda dolzarbligiga e‘tiborni qaratib yurtboshimiz I. Karimov shunday degan edi: “Ishimizga ikki yo’nalish, barobar baqamti borishi kerak. Birinchisi, yangi davlat, yangi turmush shakli, andozasini yaratish bo’lsa, ikkinchisi, ana shunga munosib maqsadni to’g’ri anglaydigan, ishni uddalaydigan odamlarni tanlash, joy-joyiga qo’yishdan iborat. Biz yangi tuzum, yangi davlat shaklini tuzayapmiz, ammo unga jon kirgizadigan odamlar kadrlar kerak” (xalq so’zi, 20 fevral, 1993 yil).

To’rtinchi ustuvor yo’nalish – xalq turmush darajasini izchil va barqaror o’sishi.

Beshinchi ustuvor yo’nalish – iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta‘minlash. Ayni paytda mamlakatimizda bir necha o’n minglab qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish texnologiyasi butunlay o’zgarib bormoqda.

Oltinchi ustuvor yo’nalish – jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz va davlatimiz hududiy yaxlitligini ta‘minlashdir. Bu bevosita 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashayotgan mamlakatda fuqarolarning teng huquqligini ta‘minlash, ularda jamiyat va mamlakat taqdiri uchun daxldorlik tuyg’usini shakllantirish bilan bog’liq.

Bas shunday ekan, jahon hamjamiyatining mustaqil a‘zosi va tarkibiy qismi bo’lgan O’zbekistonni, milliy davlatchilik an‘analarimizni asrab-avaylash, mamlakatimiz sarhadlari yaxlitligi va xavfsizligini ta‘minlash hamda fuqarolarimizda yot va begona g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida birlashtirish ishiga safarbar etish bu fanimizning asosiy maqsad va vazifasidir.

O’rganadigan fanimizning ahamiyati, ijtimoiy fanlar orasidagi o’rni, ular bilan aloqasi, tarbiyaviy funktsiyalari yuqorida sanab ko’rsatilgan vazifani samarali amalga oshirish bilan belgilanadi. Bu esa shu sohada mehnat qilayotgan har bir olim, mutaxassis va o’qituvchidan yuksak mas‘uliyat, faol va omilkor bo’lishni talab qiladi.

Takrorlash uchun savollar:

1. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani

nimani o’rganadi?

2. Fanning nazariy asoslari va manbalarini nima tashkil qiladi?

3. O’rganadigan fanimiz boshqa siyosiy fanlardan nima bilan farq qiladi?

Adabiyotlar ro’yxati:




Download 22,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish