Reja: Maxsuldor qatlamlarni ochish



Download 322,02 Kb.
bet2/6
Sana16.04.2022
Hajmi322,02 Kb.
#557132
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5379803432842433626

Quduqlarni ōzlashtirish. Ōzlashtirish - bu oqimni yuzaga keltirish yoki quduqlarning qabul qiluvchanligini taminlashdir. Ōzlashtirish usulini tanlash quyidagilarga boĝliq: quduqdan olinadigan maxsulot turi (neft, gaz, suv); quduqning vazifasi (qazib chiqarish, haydov); ōzlashtirish ob’ektining litologik-fizik tavsifi (qumtosh, alevrolit, karbonat jinslar, ōtkazuvchanligi, darzligi, zichligi va boshq); qatlam bosimi; qatlamni ochishda foydalaniladigan yuvuvchi suyuqlikning xossalari. Neft va gaz qatlamlarini ōzlashtirish quduq tubi va qatlam bosimi orasida bosimlar farqini yuzaga keltirishga asoslangan. Agar ōzlashtirish ob’ektlari yuqori qatlam bosimiga ega bōlsa, perforatsiyadan sōng quduq tubi bosimini pasaytirish bōyicha hech qanday chora tadbirlarsiz favvoraviy oqim yuzaga keladi. Oqimni yuzaga keltirish uchun quduq tubi bosimini pasaytirish zarur. Bunga quduqdagi suyuqlikni zichligi past suyuqlik bilan almashtirib yoki aeratsiyalash yōli bilan; quduqdagi suyuqlik ustunini pasaytirish yōli bilan ; quduqqa siqilgan gaz yoki havo kompressor yordamida haydalib erishiladi.
Toĝ jinslari kuchsiz sementlangan yoki ostki suvlar mavjud bōlgan yuqori bosimli maxsuldor qatlamlarni ōzlashtirishda quduq tubi bosimi sekin pasayadigan usulni tanlash lozim. Aks holda toĝ jinslari zarrachalarini chiqishi va ostki suvlarni muddatidan oldin kōtarilishi yuzaga keladi.
Karbonat qatlamlar yoki karbonat sementli qatlamlarni ōzlashtirishda kōpincha sanoat ahamiyatidagi oqimni yuzaga keltirish uchun ularning ōtkazuvchanligini oshirish zarurati tuĝiladi. Bunga quduq tubi atrofiga kislotali yoki issiq kislotali ishlov berish bilan erishiladi.
Qovushqoqligi yuqori bulgan neftli ob’ektlarni uzlashtirishda quduq tubiga issiklik bilan ishlov berishning turli usullari kullaniladi. Suv quduqlarini uzlashtirish neft va gaz quduqlarini ōzlashtirishdan deyarli farq qilmaydi.
Quduqlarni sinashSinash - bu quduqda ōzlashtrilgan ob’ektning maxsuldorligini baholash, ya’ni quduqning debitini, qabul qiluvchanligini aniqlashdir. Quduqlarning debiti, qabul qiluvchanligi va gaz omillari imkoni boricha turli qatlam va quduq tubi bosimlarida ulchanadi. Agar quduqlar ōzlashtirish jarayonida favvoralansa shtutserning diametri hisobga olinadi. Neft (gaz) debitlari, gaz omillari, qabul qiluvchanlikni turli rejimlarda ōlchash maxsuldorlikni baholash va uning ōzgarish xarakterini aniqlash imkonini beradi. Neft va gaz debitlarini qayd qilish jarayonida qum, suv (% da), gazkondensatining miqdori aniqlanadi. Gaz quduqlari uchun kondensat miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Sinash jarayonida neft, gaz, suvning qatlam namunalarini olish va qatlam flyuidlarining asosiy fizik-kimyoviy xossalarini (harorati, zichligi, qovushqoqligi, gaz miqdori, minerallashganligi, kimyoviy tarkibi, gaz bilan tōyinish bosimi, gazdagi kondensat va suvning miqdori va boshq.) aniqlanishi zarur.
Konlarning zaxiralari va neft va gazning istiqbolli resurslari geologik qidiruv ishlari va konlarni ishlatish natijalari bōyicha hisoblanadi. Konlarning zaxiralari va neft va gazning istiqbolli resurslari haqidagi ma’lumotlardan xalq xujaligi tarmoqlarini rivojlanish va joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish, geologik qidiruv ishlarini rejalashtirishda foydalaniladi, konlar bōyicha zaxiralar haqidagi ma’lumotlar esa qazib chiqarish tashqilotlarini, neft va gazni tashish va kompleks qayta ishlash korxonalarini loyihalashda foydalaniladi.
Neft va gaz resurslarining mavjudligi umumiy geologik tuzilmalar, ilmiy izlanishlar, geologik, geofizik va geoximik tadqiqotlar natijalari asosida yirik regionlar, neftgazli xududlar, viloyatlar, tumanlar, maydonlar chegarasida taxmin qilinadi.
Konlarning zaxiralarini aniqlashda neft, gaz, kondensat va ularning tarkibidagi ajratib olish texnologik va texnik iqtisodiy hisoblashlar bilan asoslangan komponentlar (etan, propan, butan, oltingugurt, geley, metallar) alohida hisoblanadi va qayd etiladi. Neft, gaz, kondensat va ularning tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega bōlgan komponentlarning zaxiralarini hisoblash har bir uyum bōyicha alohida va butun kon bōyicha amalga oshiriladi.
Istiqbolli resurslar hisoblanadi va qayd qilinadi, bashoratlangan resurslar esa neft, gaz va kondensat bōyicha alohida baholanadi.
Neft, gaz va kondensat sifati ulardan kompleks foydalanishni ta’minlovchi davlat talablari, tarmoq standartlari va qazib chiqarish hamda qayta ishlash texnologiyasini hisobga olgan texnik sharoitlarga muvofiq baholanadi.
Neft, gaz, kondensat va ular tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega bōlgan komponentlar zaxiralari ōrganilganlik darajasiga kōra qidirilgan – A, B, S1 toifalar va birlamchi baholangan – S2 toifa turlarga bōlinadi.
Neft va gaz resurslari asoslanganlik darajasiga kōra istiqbolli – S3 toifa va bashoratlangan – D1 va D2 toifa turlarga ajratiladi.
Neft, gaz, kondensat va ular tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega bōlgan komponentlar zaxiralari xalq xōjaligi ahamiyatiga kōra alohida hisoblanadigan va qayd qilinadigan ikki guruhga bōlinadi:
Balans - hozirgi kunda ishga tushirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bōlgan konlarning zaxiralari. Balansdan tashqari – ishga tushirish hozirgi kunda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofik bōlmagan yoki texnik va texnologik nuqtai nazardan imkoni bōlmagan, lekin kelajakda balans zaxiralarga ōtkazilishi mumkin bōlgan konlarning zaxiralaridir.

Balans zaxiralar ichida olinadigan zaxiralar hisoblanadi.



Olinadigan zaxiralar – zamonaviy texnik vositalar va qazib chiqarish texnologiyasidan xarajatlarning yōl qōyilgan darajasini hisobga olgan holda oqilona foydalanilganda va atrof muxit va yer osti muxofazasi talablariga rioya qilib yer baĝridan qazib chiqariladigan balans zaxiralarning bir qismidir.
Qurikxonalar, suv havzalari, aholi punktlari, inshoatlar, qishlok xōjaligi ob’ektlari, tarixiy va madaniy yodgorliklar chegarasida joylashgan neft va gaz konlarining zaxiralari ob’ektlarni kōchirishga sarflanadigan xarajatlar yoki konlarni ishlatishning maxsus usullaridan foydalanishga sarflanadigan xarajatlarning texnik-iqtisodiy hisoblariga asoslanib balans yoki balansdan tashqari zaxiralarga kiritiladi.
Zaxiralar qanchalik ōrganilganligiga qarab quyidagi toifalarga bōlinadi:
1. A toifadagi zaxiralar. Uyum barcha loyihalash hujjatlari bōyicha tōliq burĝulab bōlingan, kon ishlash jarayonida bōlib tōliq ōrganilgan.
2. B toifadagi zaxiralar. Uyum texnologik tarx asosida burĝulab bōlingan, kon ishlash jarayonida bōlib, yitarli darajada ōrganilgan.
3. S1 toifadagi zaxiralar. Qidirish ishlari bōyicha tasdiqlangan zaxiralar. Uning neftgazliligi qidiruv quduqlari orqali tasdiqlangan bōlib, uyumning chegaralari yitarli darajada aniqlangan. Uyumga tegishli ma’lumotlar texnologik tarx tuzish uchun yitarli.
4. S2 toifadagi zaxiralar. Oraliq yoki yuqorida yotuvchi qatlamlardagi uyumlar bōlib, qidiruv quduqlari orqali aniqlangan, lekin hali sinalmagan uyumlar. Bunday uyumlar qidiruv ishlari tugallangan yoki ishlatilayotgan konlarda ham bōlishi mumkin. Umumiy holda burĝulangan quduqlarning geologik va geofizik tahlili asosida aniqlangan bōlib, texnologik tarx tuzish uchun olingan ma’lumotlar yitarli emas.
5. S3 toifadagi zaxiralar. Qidiruv ishlari tugallangan yoki ishlatilayotgan konlardagi ochilishi taxmin qilinayotgan, yaqin atrofdagi boshqa konlarda aniqlangan uyumlar. Asosiy ma’lumotlar yaqin atrofdagi xuddi shu qatlamda ochilgan uyumlarning ma’lumotlariga asoslanib olinadi.
Bulardan tashqari bashorat toifasidagi manbalar ham tasniflangan. Ular ikki toifada bōlib, quyidagilardan iborat:
1) D1 toifadagi manbalar. Ōlkaviy tuzilmalarning litologik - stratigrafik jamlamalaridagi taxminiy uyumlar. Bunday uyumlar juda katta ōlkaviy tuzilmalarda ōz tasdiĝini topgan bōladi va manbalarning miqdoriy bahosi geologik, geokimyoviy va geofizik tahlillarga asoslangan bōladi.
2) Dtoifadagi manbalar. Ōlkaviy tuzilmalarning litologik -stratigrafik jamlamalaridagi taxminiy uyumlar bōlib, juda katta ōlkaviy tuzilmalarda hali ōz tasdiĝini topmagan bōladi. bunday manbalarning miqdoriy bahosi boshqa shu kabi konlarning ma’lumotlariga qarab, taxminiy asoslanadi.
Neft va gaz konlari aniqlangan zaxiralarning miqdoriga qarab quyidagicha tasniflanadi:
- noyob konlar, neft zaxirasi 300 mln. tonnadan va gaz zaxirasi 300 mlrd. m3 dan yuqori;
-juda katta konlar, neft zaxirasi 100 dan 300 mln. tonnagacha, gaz zaxirasi 100 dan 300 mlrd. mgacha;
-katta konlar, neft zaxirasi 30 dan 100 mln. tonnagacha va gaz zaxirasi 30 dan 100 mlrd. mgacha;

-ōrtacha konlar, neft zaxirasi 3 dan 30 mln. tonnagacha va gaz zaxirasi 3 dan 30 mlrd. mgacha;


-mayda konlar, neft zaxirasi 3 mln tonnadan va gaz zaxirasi 3 mlrd.m3 dan kam bōlgan.


Download 322,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish